|
Ahorat p m 4 2021 issn 2181-6833#4, 2021
PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL8.Жумаев Улуғбек Сатторович compressed (1)#4, 2021
PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL
106
ega vazifalardan hisoblanadi. Bugungi globallashuv sharoitida inson ongi va qalbi uchun turli usul va
vositalar yordamida keskin olib borilayotgan kurashlar davom etmoqda. Mazkur harakatlar bevosita
yoshlarga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularda milliy an’ana
va qadriyatlarimizga, mamlakatimizda olib borilayotgan
siyosatga nisbatan salbiy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgandir. Bu muayyan ommaviy axborot
vositalari, ommaviy san’at va madaniyat yordamida kerakli bo‘lgan g’oyalarni shakllantirish, yo‘l
-
yo‘
riqlar
berish orqali amalga oshirilm
oqda. Natijani jamiyatning diniy, madaniy, ijtimoiy, ma’naviy sohalarida
namoyon bo‘layotgan ekspansiya holatlarida ham kuzatish mumkin. Ayni holatlarning o‘z navbatida fojiali
xarakterga ega bo‘lgan, quyidagi oqibatlarg
a olib kelishi ehtimoli bor:
- yoshlar ijtimoiy aloqalar doirasining torayishi;
-
qadriyatlar mazmunining o‘zgarishi;
yoshlarning faqat bugungi kun uchun yashab, istiqbolni o‘ylamasligi;
“Men” siymosining deformatsiyalashuvi;
- psixologik tushkunlikning yuzaga kelishi (ichki
beqarorlik, ichki ziddiyat, ijtimoiy qo‘rquv, salbiy
xarakter xislatlarining aksentuasiyalashuvi);
-
o‘z o‘rnini oila, ish, o‘quv jamoasidan o‘zga joylardan topishga intilish.
Umumjahon muammolaridan biri hisoblangan yoshlarning destrukt
iv guruhlar ta’siri
ga tushishini
tadqiq qilish borasida ko‘plab xorijiy va hamdo‘stlik mamlakatlarida va, shu jumladan, respublikamizda bir
qator ilmiy izlanishlar olib borilgan bo‘lib, ularda mazkur muammoning kelib chiqishiga ta’sir etuvchi
ijtimoiy-psixologik omillar, statistik, demografik, huquqiy va hududiy xususiyatlar har tomonlama ilmiy
tahlil qilishga harakat qilinadi.
Xorij va sobiq ittifoqda bir qator soha mutaxassislari yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatchilik,
giyohvandlik va alkogolizm kabi illatlarning
kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi ijtimoiy
-psixologik omillar va
ularning oldini olish, shaxsda antimanipulyativ, assertiv xulqni shakllantirish borasida ilmiy tadqiqot
ishlarini olib bordilar.
E.Bern, D.Karnegi, E.Shostrom, A.Maslou, P.M.Granovskaya, F.V.Bassin, A.I.Kochetov,
I.A.Nevskiy, Z.A.Astemirov, V.N.Myasishev, K.E.Igoshev, L.M.Zyubin, A.Buryak, Y.N.Volkov,
Y.V.Zaika, B.T.Kondrashchenko, L.I.Dolgova, G.G.Bochkareva, E.B.Melnikova kabi bir
qator olimlar o‘z
tadqiqotlarida destruktiv guruhlar faoliyati natijasida yuzaga kelayotgan ijtimoiy-psixologik muammolarni
tadqiq etishga harakat qilganlar. V.P.Sheynov, V.B.Shapar, I.Vagin, N.N.Kozlov, L.Mixaylov, V.Solomin,
G.M.Andreyeva,
L.I.Bojovich,
I.P.Bashkatov,
B.T.Kondrashchenko,
A.N.Leontev,
N.D.Levitov,
G’
.B.Shoumarov, E.
G’
oziyev, V.M.Karimova, N.S.Safayev, B.M.Umarov, R.S.Samarov, Z.T.Nishonova,
N.A.So
g’inov, T.Malikova, A.X.Yugay, S.M.To‘ychiyeva kabi Rossiya va O‘zbekiston psixolog
olimlarin
ing ta’kidlashlaricha, shaxs ongi, xulqi h
amda faoliyati mazmunini ularni qurshab olgan muhit
belgilaydi. Ularning fikriga ko‘ra, kishi ongi, xulqi, xarakteri mikro va makro muhitdagi faoliyati orqali
boshqariladi. Ijtimoiy muhitdagi noso
g’
lomlik esa kishi ongi va xulqida turli o
g’
ishlarni keltirib chiqaradi.
Shaxsni manipulyativ tarzda boshqarishda avvalo, ong faoliyatining o‘rnini, mexanizm va qonuniyatlarini
nazariy va amaliy talqin qilib, so‘ng antimanipulyativ xulqni shakllantirish zarurdir. Bu yo‘nali
shda olib
boriladigan ilmiy tadqiqot ishlarida quyidagi vazifalarni amalga oshirishga ahamiyat berilishi maqsadga
muvofiq:
•
yoshlarning ta’lim
-
tarbiyasi jarayonini turli mezonlar asosida o‘rganish, destruktiv guruhlar bilan
aloqalarining vujudga kelishi sabablarini aniqlash;
•
destruktiv guruhlarning
qanday paydo bo‘lishi, faoliyat doirasining kengayishini, o‘z tarkibiga
yoshlarni jalb qilish usul va vositalarini o‘rganish;
•
yoshlarni destruktiv
g’oyalar va guruhlar ta’siridan saqlashning psixologik uslublarini
aniqlash,
amaliyotchi psixolog va pedagoglar uchun ishlanmalar yaratish;
•
yoshlarning turli ta’sirlarga berilmasligi yuzasidan mafkuraviy himoya, immunitet tizimini yaratish,
assertiv xulq-atvorni shakllantirishning psixologik modelini ishlab chiqish;
•
ta’lim muassasalarining ma’naviy
-
ma’rifiy ishl
a
r bo‘yicha mas’ul xodimlari, huquq
-tartibot idoralari
va mahalla faollarini mazkur masalalar yuzasidan xabardorlik, savodxonlik darajasini oshirish va ulardan
ekspertlar tanlash;
•
destruktiv
g’oyalar ta’siriga tush
gan yoshlarning hududiy, demografik, statistik, yosh va jinsiy
xususiyatlarini o‘rganish;
•
yoshlarning destruktiv
g’oyalar ta’siriga tushishi sabab va motivlarini o‘rganish;
•
destruktiv
g’oyalar ta’siriga tushgan yoshlar shaxsining individual
-psixologik xususiyatlarini tahlil
qilish va ularning tipologik tavsifnomasini tuzish;
•
jins xususiyatlari bilan bo
g’liq ravishda yoshlik davridagi psixologik himoya ko‘rinishlarining o‘ziga
xos jihatlarini tahlil qilish;
|
|
|