Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi


 Og'zaki ko'rsatmalar berishni shakllantirishnlng psixologik



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/41
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#142782
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41
мулокот маданияти

4.8. Og'zaki ko'rsatmalar berishni shakllantirishnlng psixologik 
qoidalari 
Avvalgi bobda biz attraksiyani (o'ziga jalb qila olish) shakllantirishning 
psixologik usullari haqida fikr yuritdik. Ayrim rahbarlar «Men istayman», «Menga 
kerak» kabi iboralarni ko'p ishlatadilar. Lekin xodim buni rahbar umumiy 
jamoaning ishi uchun gapirayotganini to'g'ri tushunishi kerak. 
Shaxs sifatida tan olmaslik yo'nalishi bo'yicha quyida o'ng va chap jadvalda 
rahbarning xodimlarga beradigan og'zaki ko'rsatmalari aks etgan: 
8-jadval 
Umumiy talablar
Aniq talablar 
Payshanba kuni 
bo'limingizning hisobotini 
bering, menga u 
boshqarmaga berish uchun 
Hisobotni payshanbaga 
tayyorlab bersangiz, u 
bizning hisobotimiz 
uchun kerakboiadi. 


95 
68 
kerak 
Sizning hozir boshqarmaga 
borib, buyurtmalar uchun 
shartnoma tuzib 
kelishingizni 
istayman.Tushunarlimi? 
Hozir boshqarmaga borib 
kelishingizga to'g'ri 
keladi. Chunki 
chorakoxiridaqiynalib 
qolamiz. Sizga 
tushuntiroldimmi? 
Siz normal xodimga 
o'xshab ishlashingiz kerak. 
Sizning fokuslaringiz 
menga kerakmas! 
Endi siz boshqalarga 
o'xshab yaxshi 
ishlashingiz kerak.Bu 
faqat sizning ishingiz 
emas, balki bizning ham 
ishimiz. 
Hisobotni 
tayyorlayotganda yaxshilab 
o'ylab ko'rishingiz kerak 
deb hisoblayman... 
Hisobotingiz haqida biroz 
o'ylashingizga to'g'ri 
keladi. Chunki bu mening 
qiziqishim emas, butun 
jamoamizning ishidir. 
O'ng tomondagi jadvalga asosan xodimlar bu ko'rsatmalar rahbarning shaxsiy 
talabi emas, balki umumiy talablar ekanligini bilib oladilar. 
Xodim ishiga sidqidildan yondashsa, ishini sevsa, u jon-dili bilan ishlaydi. 
Rahbarning rasman beradigan og'zaki ko'rsatmalari uni tashvishga solmaydi. 
Ammo rahbar «men istayman», «menga shu kerak» kabi iboralarni kamroq 
ishlatishi lozim. Shundagina xodim bilan nizoga kam boradi. Unga nisbatan 
simpatiya tezroq rivojlanadi. Shkalaning o'ng tomonida turgan xodimlar sizni 
qo'llab-quvvatlab ishlayveradi. Ammo chap tomondagi xodimlar bilan ehtiyot 
bo'lib muloqotda bo'lish lozim. Shunday qoidaga rioya qiling: xodimlarga og'zaki 
ko'rsatma berayotganingizda «men», «menga» degan so'zlarni ishlatmang. «Men
 


95 
69 
o'ylaymanki,» «meni to'g'ri tushunishingizni istayman» kabi so'zlarni ishlatish 
mumkin. Bularda umumiy qarash mavjud. 
«Faqat savol!» usuli bo'yicha, faraz qilaylik, sizni rahbar qabuliga chaqirib: 
«Ertaga siz bir joyga borishingiz kerak» desa sizda qanday taassurot qoladi. Yoki 
«siz bilan maslahat qilmoqchi edim, bizda noqulay vaziyat tug'ilib qoldi, bizga 
sizning yordamingiz kerak bo'lib qoldi», deb aytsa qanday taassurot qoladi. Albatta 
ikkinchi holatda siz rahbarning taklifiga rozi bo'lasiz. Chunki sizda rahbar avval 
ijobiy his-tuyg'ularni vujudga keltirib olmoqda. Ko'rsatma bergandan ko'ra 
maslahat so'raganligi xodimga ijobiy emotsiyani keltirib chiqaradi. Quyidagi uch 
xil shakldagi ko'rsatmaga e'tibor bering: 
1. 
«Dilbar Jo'rayevna! Mana bu ishni ertagayoq bajarishingizni 
talab qilaman!» 
2. «Dilbar Jo'rayevna! Iltimos, ertaga mana bu ishni qilib bering...» 
3. 
«Dilbar Jo'rayevna! Mana shu ishni ertaga bajarib bera olasizmi?» 
Yuqoridagi ikkala ko'rsatma berilsa, xodimda qarshi fikr tug'ilishi 
mumkin. Lekin uchinchi ko'rsatmada xodimda bunday qarshi fikr tug'ilmaydi. 
Chunki uchinchi ko'rsatmada o'zaro hurmat saqlanib qolgan. Rahbar xodimga 
nisbatan hurmat tuyg'usini yo'qotmasa, u rahbarning topshirig'ini bajaradi. 
Ko'rsatmani so'roq shaklida berilsa xodim rahbarning topshirig'ini qaytara olmaydi. 
Har bir rahbar xodimlarning psixologik xususiyatlariga, qiziqishlariga qarab 
og'zaki ko'rsatmalar berishi lozim. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə