Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/41
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#142782
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41
мулокот маданияти

4.9. Notiqlik mahorati psixologiyasi 
Rahbarning topshiriq berishining (ko'rsatma ) ikkita mustaqil omili mavjud. 
Birinchisi — topshiriq berish mazmuni. Ikkinchisi — uning psixologik shakli. Bu 
shakllar bir-biri bilan bog'liq emas. Topshiriq berish mazmuni shaxs sifatida tan 
olmaslik va shaxs sifatida tan olish, tasdiq, so'roq, direktiv shakllarda bo'ladi. 
Ko'rsatma berish mazmunining dasturini xodimning harakatlari belgilaydi (qayerga 
borishi, nimanidir qilishi). Rahbarning ko'rsatma berishining psixologik shakli 
motivatsiya darajasini, munosabatni aniqlab beradi. Rahbar barcha «oltin 


95 
70 
so'zlarni», «munosabatlar oynasini», «ismini aytishni», «shaxsini tan olmaslikni», 
«faqat savol!» kabi usullarni qo'llasa ham xodim bu topshiriqlar o'zida qiziqish 
uyg'otmasa natija past bo'ladi. 
Ritorika — ishontirish usullari haqidagi, xatti-harakat va idrok qilishning 
boshlang'ich qoliplari haqidagi fan bo'lib, uning predmeti ishonarli nutqning qoida 
va usullaridir. Bu Arastu davridan buyon mavjud. Keyinchalik esa bu chiroyli 
so'zlashning ilmiy-falsafiy yo'nalishiga aylanib bordi. Ritorika hozirgacha san'atni 
ham fanni ham qiziqtirib keladi. Agar ritorika psixologiyasiga kommunikativ 
ishonch-ning qonuniyatlariga bag'ishlangan tadqiqotlar haqidagi ilmiy yo'nalish 
sifatida qaraladigan bo'lsa, ta'kidlash kerakki, har qanday kasbda inson omilida 
ishontirish fenomeni muhimdir. Rahbarning xodimga, o'qituvchining o'quvchiga, 
shifokorning bemorga, sotuvchining xari-dorga, avtoinspektorning haydovchiga 
ko'rsatadigan ta'siri uchun ishonchli harakat kerak. Ishonchli kommunikatsiya 
muammosini hal qilmay turib, jamiyatda demokratiyani shakllantirib bo'lmaydi. 
Buning uchun jamiyatning barcha fuqarolari yakdillik bilan harakat qilishlari 
lozim. Hozir esa empirik psixologiya to'plagan nazariy bilimlardan foydalanib, ish 
uchun, kishilar uchun psixologik yo'qotishlarning oldini olish kerak. Chunki har 
qanday kasbda kishilarga ta'sir qilish uchun ishonch fenomeni muhim. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə