95
74
samaralidir. Nizolar bir qancha belgilariga ko'ra tasniflanadi: 1. Natijasiga ko'ra:
konstruktiv — munosabatlarning yaxshilanishi, muammoning ikkala tomon uchun
ijobiy hal etilishiga olib keladi.
Destruktiv — munosabatlarning
yomonlashuviga, muanimoning hal etilmasligiga
olib keladi.
2.
Davom etish vaqtiga ko'ra: uzoq muddatli — ro'yobga chiqish bosqichi
cho'zilib ketgan nizo, qisqa muddatli — ro'yobga chiqish bosqichi uzoq davom
etmaydigan nizo.
3.
Keskinlik darajasiga ko'ra: norozilik, kelisha olmaslik, qarama-qarshilik,
dushmanlik.
4.Faoliyat sohasiga ko'ra: boshqarish sohasidagi, ishlab chiqarish sohasidagi.
Psixologlar muloqotdagi nizolarning oldini olish uchun quyidagi
qoidalarga
amal qilish lozimligini uqtirib o'tadilar:
•
tanqid va ayblovni ko'p ishlatmaslik, ko'p noliyvermaslik;
•
fikrni qisqaroq gaplarda ifodalash;
• e'tiborli tinglovchi bo'lish — suhbatdosh fikrini bo'lmaslik, suhbatdoshga o'z
fikrini
bildirishi uchun vaqt berish, unga bo'lgan qiziqishni ko'rsatish, suhbatdosh
nutqining xususiyatlariga kamroq e'tibor berish, suhbatni monopollashtirib
yubormaslik, suhbat vaziyatidan chalg'imaslik;
•
ovozning imkon qadar samimiy jaranglashini ta'minlash;
•
suhbatdoshning noverbal signallarini diqqat bilan kuzatish;
•
qat'iy fikr bildirishdan
saqlanish;
•
fikrni bildirishdan avval u nima haqida ekanini ma'lum qilish;
•
suhbatdosh «tilida» gapirish (professionalizmga yo'l qo'ymaslik);
o
befoyda
bahslarga kirishishdan saqlanish;
•
buyruq ohangidan voz kechish;
• «hech qachon» va «har doim» so'zlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish;
• ijobiy emotsiyalarni saqlab turish, ko'proq tabassum qilish. Nizo ro'y bergach,
uni bartaraf etish
uchun quyidagilarga amal
95
75
qilish tavsiya etiladi:
1.
Vazminlikni saqlab qolish (emotsional holatni imkon qadar boshqarish).
2.
Nizoning asosiy sababini aniqlashga intilish (aniqlashtiruvchi savollar
berish).
3.
Shaxsiy sohadagi to'qnashuvga yo'l qo'ymaslik (suhbatdoshning shaxsiy
xususiyatlaridan ranjishni, ularni yoqtirmaslikni ko'rsatmaslik, shaxsiy ustunlikni
ko'rsatishdan saqlanish).
4.
Har bir so'z va iboradan ehtiyotkorlik bilan foydalanish (jumladan, «siz
adashdingiz», «siz xato qilyapsiz», «es-xushingiz joyidami?» kabi negativ
iboralarni ishlatishdan saqlanish).
5.
Kompromiss (kelishuvchanlik) uchun ochiq bo'lish (o'zaro manfaatli
kelishuvga tayyor turish).
6. Suhbatdoshning har bir gapini diqqat bilan tinglash va tahlil qilish (uning
hissiyotlarini tushunishga harakat qilish, shaxsiy pozitsiyaning suhbatdosh
pozitsiyasidan nimasi bilan farqlanishini aniqlash).
Nizo bartaraf etilmay munosabatlar butunlay tugallansa, buni
faqat pozitsiya
(nuqtayi nazar)larning bir-biriga to'g'ri kelmasligi tufayli ro'y bergan hodisa, deb
hisoblash lozim. Demak, biz o'zaro muloqotda nizolarning paydo bo'lmasligiga
harakat qilmog'imiz, suhbatdoshimizni to'g'ri tushunmog'imiz kerak. Shundagina
atrofdagilar bilan bo'ladigan muloqotimiz muvaffaqiyatli amalga oshadi.
Dostları ilə paylaş: