95
62
yaxshilab gaplashib olishlarini aytib ketishi kerak. Har bir xodimni tinglashga vaqt
ajratish kerak.
Chunki u doimo rahbarning ko'rsatmalarini bajaradi. Rahbar boshqa rahbarning
oldiga bir buyurtma qog'ozni o'zi olib borganida uni kotiba boshlig'ining oldiga
kirgazmaydi. Shunda rahbar kotibaning gul o'stirishga qiziqishini eshitib, qaytib
uning oldiga kiradi. U kotiba bilan gul o'stirish haqida 1 soat suhbatlashadi.
Natijada suhbat oxirida kotiba rahbarning hujjatini olib qoladi. Demak,
boshqalarning qiziqishlarini eshitish orqali ishonchiga kirib olish mumkin.
Lekin 10—15% rahbarlar kotiba
oldida past ketamizmi, deb o'ylaydilar. Lekin
ishni tez bitishi uchun bu usulni qo'llash yaxshi natija berishi mumkin. Yuqoridagi
rahbar vaqtni qadrlagani uchun kotibaga shu usulni qo'lladi. Bu vaziyatda kotiba
ham rahbar ham jabr ko'rgani yo'q. Rahbar kotibani tarbiyaladi ham.
Yutuqli chipta. O'zining imkoniyatlarini hisobga olish usullari bo'yicha quyidagi
tavsiyalar beriladi:
1.
Maqsadga erishish uchun yuqoridagi
holatlarni hisobga olsangiz
muvaffaqiyatlarga erishishingiz oson bo'ladi. Bu usullarni qo'llash orqali siz hech
narsa yutqazmaysiz.
2.
Bu usullarni siz ilgari ba'zan qoilagan edingiz, faqat shaxsiy
munosabatlardagina, endi ishda ham qo'llay olasiz. Ilgari siz bu usulni qulayligini,
boshqalarda attraksiyani vujudga keltirishini o'ylamagan holda qo'llagansiz. Endi
siz
bu usullarni tizimli, maqsadli, ongli holda qo'llaysiz.
3.
Agar sizning suhbatdoshingiz bu usullarni qo'llasangiz ham sizga yordam
bermasa-da, asta-sekin siz maqsadingizga erishib borasiz. Xodimlaringizning
ismini eslab qolishdan ishni boshlang.
2. «Eslab qolish illuziyasi» fenomeni bo'yicha, siz qo'lingizga soatni olib unga
qarab yuqoridagi usullarni yodlashga harakat qiling. Ko'pincha (Panasyuk A.Y.)
buni uddalash uchun 8 sekund vaqt ketadi.
Qoida: «o'zingiz ustingizda ishlang», ya'ni atrofdagilarning muloqotini kuzating,
ular qanday muloqotda bo'lmoqdalar, nima uchun ularni boshqalar yaxshi ko'radi,
ularga talpinadi, suhbatlashgisi keladi.
95
63
Muloqotning 1-bosqichida kelgusi faoliyati uchun rahbar o'zining muloqotini
modellashtirishi, ya'ni muloqotga tayyorlanishi zarur. Kommunikativ jihatdan
tayyorlanish kerak. Quyidagi savollarga tayyorlanish maqsadga muvofiqdir:
• Suhbatda men oldimga qanday maqsadni qo'yaman?
• Suhbatdoshim uni uchrashuvga chaqirganimdan hayron bo'l-dimikin?
•
Shu suhbatsiz men vaziyatdan chiqib keta olamanmi?
•
Suhbatdoshim bilan muammoni hal qilishga tayyormanmi?
•
Qanday muloqot usullarini qo'llashim kerak?
•
Qanday savollarni berishim kerak?
• Suhbatdoshim menga qanday savollarni berishi mumkin? Agar suhbatdoshim
menga ovozini ko'tarsa,
gap qaytarsa, qarshilik
qilsa, rozi boisa, mening fikrlarimga e'tibor bermasa, ishonmasa, ishonmasligini
yashirsa men nima qilaman?
Muloqotning 2-bosqichida suhbatdosh bilan bevosita yuzma-yuz bo'lish,
«emotsionaI mikromuhit»ni his qila olish, tezkor ravishda suhbatni boshlash.
Ba'zida suhbatdoshlar gapni nimadan boshlashni bilmaydilar. Bu holda quyidagi
usullarni qo'llash zarur:
• Shunday savol qo'yingki, u munozarali boimasin,
qiziqarli, qisqa bo'lsin;
•
Fikringizni qisqa, lo'nda ifodalashga harakat qiling;
•
Hukmingizni, qaroringizni asoslang;
•
Savol berganingizda «qachon?» «nimaga?» «qanday?» kabilarni ishlatsangiz
suhbatdoshingiz «ha yoki yo'q» degan javobni bera olmaydi.
•
Xodimingizning oxirgi fikrini ham eshitishga harakat qiling, tinglash
madaniyatiga rioya qiling.
•
Javob
berishga shoshmang, uning savollarini mohiyatini yaxshilab o'ylab keyin
javob berishga harakat qiling.
• Xodimning savoliga keskin ravishda javob bermang.
Rahbar uchun eng qiyin holat suhbatni boshqarib turish. Agar u xodimni tinglay
olmasa, suhbatni ham boshqara olmaydi.
95
64
Rahbar suhbatni boshlashdan avval xodimning kayfiyatini aniqlashi, oilaviy
sharoitini so'rashi, keyin savol bilan murojaat qilishi lozim. Agar
suhbatni buyruq
berishdan boshlasa suhbat muvaffaqiyatli bo'lmaydi.
Ayrim hollarda xodim bilan rahbar o'rtasida nizo kelib chiqishi mumkin. Sababi
rahbar xodimlarga odob bilan murojaat qilmaydi. Rahbarlarning xodimlar bilan
ishlashining uch uslubi bor:
1.
Dostları ilə paylaş: