95
52
Ayrim rahbarlarga «xodimlaringiz sizga doimo bo'ysunadilarmi», deb savol
bersangiz, ular «yo'q, doim emas, xodimlarim bilan til topisha olmayman», deb
javob qaytaradilar. Nima uchun? Balki rahbar xodimlarini to'g'ri tushuna
olmayotgandir. Demak, ba'zi rahbarlar to'g'ri ko'rsatma bera olmaydilar. Kasbiy
muloqotni to'g'ri yo'lga qo'ya olish lozim. Bir-birini tushunish xodimlarning
umumiy
aqliy rivojlanishiga, madaniyatiga bog'liq. Ayrim xodimlarga bitta gap
kam, ikkita gap ortiqcha bo'ladi, ularga 1,5 ta gapni topib ko'rsatma berish lozim.
Har bir xodituning intellekt (aqliy) darajasini hisobga olib ko'rsatma berilsa, ular
vijdonan bajaradilar. Rahbar xodimga mantiqiy fikr berishi kerak,
jumladan, ertaga
birorta materialni tayyorlab olib kiring deyishi mumkin. Xodimda jon dili bilan
rahbarni
eshitish emas, balki tinglash, chuqur idrok qilish ko'nikmasi bo'lishi
lozim. Xodimning diqqatini to'plab olishiga imkon berishi kerak. Bir-birini
tushunish uchun quyidagi 5 ta shartni aytib o'tish joiz:
—birgalikdagi kasbiy tilga ega bo'lish;
—intellekt (aqliy) darajasini hisobga olish;
—axborotning to'liq bo'lishi;
—mantiqan bayon etish;
— diqqatni bir joyga to'play olish. (Panasyuk AYu. YnpaBJieHHecKoe
o6meHne: npaKvviecKHe
COBCTH
. M. 1990. 21-bet).
Boshqaruv muloqotining Birinchi «qonuni»ga binoan, xodimlaringiz ishga
vaqtida kelish, ishlash, ishni muddatida tugatishni bilishi kerak. Tushunish —
ishni
qabul qilish degani emas. Ishni siz kutganchalik bajarmayotgan xodim
tushunmayotganidan emas, balki qabul qila olmayotganidan shunday bajaradi.
Muammoni hal qilishda xodimning bajargan ishiga qarshi bormasdan masalaga
to'g'ri yondashish kerak. Amaliy tavsiyalar berish lozim. Chunki nima qilib bo'lsa
ham xodimni bu ishni bajarishga rozi qilish kerak. Bu — ikkinchi qoida. Biz
kimningdir ehtiyojini, talabini qondirish uchun ishlashimiz mumkin. Bu ishga
qiziqish bo'lmasligi ham mumkin. Chunki bu ish rahbarni qoniqtiradi. Rahbar ishni
topshirayotganida xodimni qiziqtirishi kerak. Shaxsiy
qiziqish bilan ishga doir
qiziqish bir-biriga mos kelishi kerak. Rahbar xodimlarining psixologik
95
53
xususiyatlarini yaxshi bilishi jamoa ishining rivojlanishiga olib keladi. Xodimga
ish berishdan avval uning shu ishga qobiliyatini hisobga olib, uni shu ishni
bajarishga ishontirib keyin topshirish kerak.
O'tkazilgan ijtimoiy-psixologik tadqiqotda: psixolog qo'liga toza oq qog'ozni
olib xodimlarga ko'rsatib: «shu oq qog'ozmi», deb so'ragan, ular: «ha», deb javob
berganlar. 15—20 kishidan 2—3tasi esa har
safar shu savol berilganda, ular: «yo'q,
qarang, qog'oz sarg'ish, yoki ko'kish rangda», deb javob berganlar. Demak, har
qanday vaziyatda ham tortishish ahamiyatga ega emas ekan. Agar ularning yaqin
do'sti bu savolni berganida balki bunday tortishib o'tirmas edi. Demak, biz bir kishi
uchun ko'ngildagidek ishlasak, boshqa kishi uchun shunchaki ishlashimiz mumkin.
Rahbar umumiy topshiriq (barcha uchun) bergandan ko'ra, shaxsiy (bir kishiga)
topshiriq bersa, yaxshi natijaga erishishi mumkin.
Boshqaruv muloqotining ikkinchi «qonuni» — boshqalar bilan teng
sharoitda
kishilar ishni tez qabul qiladilar. (ayniqsa o'zi yoqtiradigan kishidan) va aksincha,
yoqtirmaydigan kishining topshirig'ini qiyinchilik bilan qabul qiladilar. Demak,
kishilar uchun ish sharoitiga nisbatan ruhiy muhit yaxshi boiishi kerak. Shunday
qilib, jamoada shaxslar bir-biriga nisbatan simpatiyaga ega bo'lsa ish yaxshi
bo'ladi.
MUNOSABATLAR SHKALASI - xodimlarga nisbatan ijobiy va salbiy hissiy
munosabatlar bo'yicha tuziladi.
4-jadval
-
-
Dostları ilə paylaş: