95
65
turmush o'rtog'idan ajraganligini eshitsak, unga boshqacha munosabatda bo'la
boshlaymiz. Yoki falonchining xarakteri og'ir ekan, qo'rs ekan, yolg'onchi ekan
deb eshitsak, unga nisbatan ehtiyotkorroq bo'lib muloqotda bo'lamiz. Bir marta
yaxshilab suhbat qurganimizdan keyin esa fikrimiz o'zgarishi mumkin.
Hayotda
ekstrovert, introvert
hamda
sentrovert
kishilar uchraydi. Ekstrovertlar
— tashqi muhitga tez moslashadigan, quvnoq, harakatchan, qiziquvchan
kishilardir. Introvertlar — ichidan pishgan, indamas, pismiq, hech kim
bilan
maslahatlashmaydigan kishilar. Sentrovertlar esa o'rtada yuradigan, hech kimga
qo'shilmaydigan, tarafdorlari yo'q, «men senga tegmay, sen menga tegma» qabilida
ish tutadiganlar.
D. Karnegi odamlarga muloqot orqali ta'sir qilishning quyidagi usullarini ishlab
chiqqan:
1.Xodimlar ismini to'liq aytib murojaat qiling. Odamning ismi uning uchun eng
qadrlidir. Masalan, «oy, jon, bek, xon» qo'shim-chalarini qo'shib aytish."
2.Xodimlarga samimiy qiziqish bilan munosabatda bo'lish. Masalan, xodimning
oilaviy sharoitini o'rganish,
kayfiyatini bilish, uning xobbisi (qiziqishi) nimaligini
o'rganish,
3.
Xodimlarni qiziqish bilan tinglash. Biz 55% so'zlab, 45% tinglaymiz. Demak,
tinglash qobiliyatini o'zimizda shakllantirishimiz zarur ekan.
4.
Xodimlarga o'zlari haqida so'zlashga imkon bering. Chunki har bir kishining
o'z dardi, muammolari bor, sizga ko'nglidagini aytsa ancha yengil tortadi.
5.
Suhbatni savol berishdan boshlang. Chunki xodimingizni muloqotga chorlagan
bo'lasiz.
6.
O'z muammoingizni aytayotganingizda his qilingki, suhbatdoshingizning ham
o'ziga yarasha muammolari bor. Atrofdagilar sizdan bezib qolmasin. Suhbat
cho'zilib ketmasin.
95
66
7.
Xodimlar bilan do'stona murojaat qiling, noverbal muloqot (imo-ishora, kulgu,
yuz mimikasi, ko'z ishorasi, tanaffus qilish, ovoz ohangi kabi) usullaridan o'z
o'rnida foydalaning.
8. Xodimga tanbeh berishdan awal uni maqtang.
Biz atrofdagilar bilan verbal va noverbal muloqot usullaridan foydalangan holda
munosabatda bo'lamiz. Verbal muloqot bu — so'z, fikrlar orqali bo'ladigan
muloqot bo'lib, unda chiroyli so'zlash, fikrlarning mantiqiyligi, izchilligiga e'tibor
berish.
Noverbal muloqot — imo-ishoralar, qovoqni solib, ochiq chehralik bilan,
peshonani tirishtirib, g'azabnok, ovozni ko'tarib, indamasdan
va boshqa shu kabi
harakatlar orqali bo'ladigan muloqot. Noverbal muloqot verbal muloqotni to'ldirib
turadi.
Rahbarlarda quyidagi qobiliyatlar shakllangan bo'lishi uning obro'si oshishiga
yordam beradi:
•
Nutq, notiqlik (ritorika) qobiliyati — ovozning chiroyliligi, so'zlarni o'z o'rnida
qo'llash, shevaga yo'l qo'ymaslik, bitta tilda so'zlash.
•
Kommunikativ qobiliyat — atrofdagilar bilan tez til topa olish, aralashib keta
olish qobiliyati.
•
Didaktik qobiliyatlar — so'zlayotganda diqqatni to'plab, bir nuqtaga qarata
olish, gapni chalg'itmaslik, uzoqdan gap boshlamaslik.
•
Avtoritar qobiliyatlar — xodimlar bilan muloqotda bo'layotganda o'z obro'sini
saqlab
tura olish, chegaradan chiqib ketmaslik qobiliyati.
•
Xayol qilish qobiliyati (fantastik) — xodimlarning kelajakda qanday
qobiliyatga, uquvga, malakaga ega bo'lishlarini muloqot orqali oldindan seza olish
qobiliyati.
•
Perseptiv qobiliyatlar — suhbatdoshini tezda, to'liq idrok qila olish qobiliyati,
suhbatdoshi kim ekanligini his qila olish kabilar.
Rahbarlar
har bir suhbatdoshning yoshini, tajribasini, malakasini hisobga olgan
holda munosabatda bo'lishi maqsadga muvofiq. Masalan, o'smirlarga, o'spirinlarga
95
67
alohida, kattalarga alohida, ishchilarga, oliy ma'lumotlilarga alohida muloqotda
bo'lish kerak.
Rahbarlar har bir suhbatdosh bilan uning individualligini hisobga olgan holda
munosabatda bo'lishi lozim. Chunki har bir xodimning o'ziga xos temperamenti
(mijozi), xarakteri (tabiati), qobiliyati (iqtidori, layoqati), odatlaribor. Ularni
o'zgartirish juda qiyin, shuning uchun rahbarlar xodimlarni
doimo kuzatishlari,
ularning ruhiy xususiyatlarini o'rganishlari lozim. Shunda ular bilan to'g'ri
muloqotda bo'lishlari oson bo'ladi. Rahbar xodimlariga doimo jonkuyar, g'amxo'r,
vaqti kelganda talabchan, to'g'ri munosabatda bo'lishi kerak.
Shuningdek, rahbar xodimlarga nisbatan ba'zan xushomad (kompliment) usulini
ham qo'llashi zarur. Masalan, «bugun juda boshqachasiz, mana shu kiyimingiz
juda yarashibdi, men sizga ishonaman, azizim» kabi «oltin so'zlar»ni ishlatish
muloqot muvaffiqiyatini ta'minlaydi, kelishmovchiliklarning oldi olinadi.
Dostları ilə paylaş: