Ўзр ав томонидан 29


Qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi va soliqdan beriladigan



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/25
tarix21.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#153798
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Kitob 9893 uzsmart.uz

2.2. Qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi va soliqdan beriladigan 
imtiyozlar. 
Soliq stavkasi soliq solinadigan bazaning o’lchov birligiga nisbatan 
hisoblanadigan foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorni ifodalaydi
16

Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalari, agar Soliq kodeksida 
boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qarori bilan belgilanadi. 
Qo’shilgan qiymat solig’i 20 foizlik stavka bo’yicha to’lanadi. Quyidagilar 
esa nol darajali stavka bo’yicha soliqqa tortiladi: 

tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish (qimmatbaho 
metallar bundan mustasno) oborotiga;

chet el tarafi o’zarolik printsipiga amal qilgan taqdirda, chet el diplomatik 
vakolatxonalari hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning rasmiy 
foydalanishi uchun, shuningdek bu vakolatxonalar diplomatik va ma’muriy-
16
O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. –T.: “Adolat”, 2012. 27-modda 


27 
texnik xodimlarining, shu jumladan ular bilan birga yashayotgan oila 
a’zolarining, agar ular O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmasalar hamda 
O’zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan bo’lmasalar, shaxsiy 
foydalanishi uchun realizatsiya qilinayotgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga); 

bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, «bojxona hududida 
qayta ishlash» bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash bo’yicha 
bajarilgan ishlarga (ko’rsatilgan xizmatlarga), agar qayta ishlash mahsulotlari 
O’zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan 
bo’lsa;

xalqaro yo’nalishda tashishlar bo’yicha ko’rsatiladigan quyidagi 
xizmatlarni realizatsiya qilish oborotiga; 

suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti, gaz ta’minoti bo’yicha 
aholiga ko’rsatiladigan xizmatlarga, shu jumladan xususiy uy-joy mulkdorlari 
shirkatlari aholi nomidan oladigan ana shunday xizmatlarga. 
Qo’shilgan qiymat solig’i summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagi 
formula bo’yicha aniqlanadi: 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə