1. Menejment nazariyalarining evolyutsion rivojlanishi. Menejmentning ilmiy maktablari


Rossiyada menejment nazariya va amaliyotining rivojlanishi



Yüklə 200,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/15
tarix30.12.2023
ölçüsü200,2 Kb.
#167755
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2-mavzu. Menejment nazariyasini shakllanishi va rivojlanishi.

 
4. Rossiyada menejment nazariya va amaliyotining rivojlanishi. 
Rossiyada boshqaruv fani XX asrning 20-yillaridan boshlab shakllana boshladi. Bu davrda 
mehnat va boshqaruv muammolariga bag’ishlangan o’nlab jurnallar, jumladan «boshqaruvni tashkil 
etish», «Mehnatni tashkil etish», «Boshqaruv texnikasi», «Xo’jalik va boshqaruv» kabi oynomalar 
nashr qilindi, xorijiy ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqaruv bo’yicha mutaxassilar asarlari rus 
tiliga tarjima qilindi. 1921 yilda Markaziy mehnat instituti tashkil etildi. 
Boshqaruv nazariya va amaliyotiga katta xissa qo’shgan taniqli olim - Aleksey Kapitanovich 
Gastev (1882-1941) edi. Uning «Qanday ishlamoq kerak?», «Mehnat me’yorlash va tashkil etish», 
«Mehnat qo’llanmalari», «Madaniyat qo’zg’oloni», «Ishlab chiqarishni MMI usullari bilan tartibga 
solish» kitoblari nashr etildi. A.K.Gastev rahbarligi ostida MMI da mehnatni tashkil etishning yangi 
usullarini o’rganish, loyixalash va joriy qilish, turli mutaxassislikka ega ishchilarni o’qitishva 
malakasini oshirishning maqbul tizimini yaratish bo’yicha salmoqli ishlar amalgaoshirildi. 
A.K.Gastev asarlari jeda katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega, u tomonidan ishlab chiqilgan taklif 
va tavsiyalar hozirgi davrda ham dolzarbdir. Mehnatni ilmiy tashkil etish va boshqaruv fanining 


yana bir tashabbuskori - Platon Mixaylovich Korjentsev (1881-1940). P.M. Korjentsev 1923-1924 
yillar davomida Butun Ittifoq mehnatni tashkil etish Kengashi prezidiumi a’zosi bo’lgan va 
«Pravda» gazetasida ishlagan. Bu fil- davomida u «Mehnatni ilmiy tashkil etish», «Tashkil etish 
tamoyillari», «Vaqt uchun kurash», «O’zingni o’zing tashkil et» singari asarlarini yozdi. 
P.M.Korjentsev tomonidan tavsiya etilgan ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarni standartlash
mehnat sharoiti, moddiy vositalardan to’g’ri foydaanish xaqidagi takliflar juda dolzarb edi. 
Mehnatni tashkil etish va boshqarish nazariyasiga bu muammo bo’yicha tadqiqot olib borgan 
P.A.Popov, O.A.Ermanskiy va boshqalar ham salmoqli xissa qo’shganlar. 

Yüklə 200,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə