1. Menejment nazariyalarining evolyutsion rivojlanishi. Menejmentning ilmiy maktablari


O’rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari. O’zbekistonda



Yüklə 200,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix30.12.2023
ölçüsü200,2 Kb.
#167755
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2-mavzu. Menejment nazariyasini shakllanishi va rivojlanishi.

5. O’rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari. O’zbekistonda 
menejment nazariyasining shakllanishi. 
O’zbekistonda iqtisodiy jarayonlarni boshqarish chuqur tarixiy tomirlarga ega. Yuqorida 
aylgandek, boshqaruv fan sifatida shakllangunga qadar davrlarda ham ushbu jarayonning tub 
mohiyati va mazmunini tushungan va amaliyotda qo’llagan turli xildagi murakkab odamlar 
guruhiga muvaffaqiyatli ravishda rahbarlik qilgan, o’z tajriba va nuqtai nazarlarini kelajak avlodga 
meros sifatida qoldirgan buyuk shaxslar bo’lganki, ularni o’rganish hozirgi zamon boshqaruv fanini 
rivojlanishiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Ana shunday shaxslardan Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, 
Abu Ali ibn Sino (IX-Xasrlar), Yusuf Xos Xojib (XI-XIIasrlar), Amir Temur, Nizomulmulk (XIII-
XIYasrlar), Zahriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy (XYasrlar)ning boshqaruvga oid asarlari 
bugungi kunda ham qo’llanma bo’ladigan ko’rsatmalar hisoblanadilar. Masalan, ”Qutadg’i bilik”, 
“Temur tuziklari” va boshqalar. 
O’zbekiston Respublikasi tashkil topgandan buyon o’tgan 27 yil ichida bozor islohatlariga oid 
qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari 
mamlakatimizda bozor mexanizmlarini iqtisodiyotiga joriy etishga karatilgan. O’zbekiston 
iqtisodiyotini Birinchi Prezident Islom Karimov asoslab bergan tamoyillar asosida bozor 
munosabatlariga o’tkazish bozor mexanizmlarini shakllantirish dasturi bir qator mamlakatlarda 
“O’zbek modeli” deb e’tirof etildi. Ushbu modelь jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga dosh berib, 
mamlakatimizni barqaror rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratdi.O’rta Osiyoda 
menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy printsiplari qadim zamonlarda ham u yoki bu 
ko’rinishda mavjud bo’lgan. Ammo ular Amir Temur hukumronligi davriga kelib ma’lum shaklni 
kasb etgan, bunga Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari yorqin misol bo’la oladi. 
“Temur tuzuklari” jahonga mashhur asardir. Uning qo’lyozma nusxalari dunyoning deyarli 
barcha mamlakatlari (Hindiston, Eron, Angliya, Daniya, Frantsiya, Rossiya, Germaniya
Armaniston, O’zbekiston va boshqalar) kutubxonalarida mavjud. Asar ikki qismdan iborat. 
“Tuzuklar” muallifining fikricha, har bir sohibi toj davlat va jamiyatni ma’lum ijtimoiy-
siyosiy guruhga tayangan holda boshqarishi lozim. Hazrat Amir Temur “Tuzuklar”da ma’lum 
qilishicha, o’z faoliyatida quyidagi 12 ijtimoiy-siyosiy guruhga tayanib ish olib borgan
1

1.
Hazrat Payg’abarimiz Muhammad Sallollohu Alayhissalomning aziz va mukarram avlodi bo’lmish 
sayidlar, ulamo va shayxlar. 
2.
Hayotning achchiq-chuchugini totgan bilimdon kishilar. 
3.
Duogo’y taqvodorlar. 
4.
Amirlar, sarhanglar, sipohsolorlar, ya’ni lashkar va qo’shin boshliqlari. 
5.
Sipoh bilan raiyat, ya’ni qora xalq. 
6.
Saltanat ishlari, uning siru asrorini bilgan, kengashsa bo’la-digan dono va ishonchli kishilar. 
7.
Vazirlar, sarkitob va devon bitiklari. 
8.
Hakimlar, tabiblar, munajjimlar va muhandislar. 
9.
Hadis olimlari va roviylar, ya’ni rivoyat aytuvchilar (tarix-shunoslar). 
10.
So’fiy va oriflar. 
11.
Hunar va san’at ahli, ya’ni kosiblar va san’atkorlar. 
12.
Har turli mamlakatlardan kelgan sayyoh va tijorat ahli. 


Davlatni idora qilishda vazirlar, amirlar va viloyatlarda o’tirgan noiblarning roli benihoya 
katta bo’lgan. Shuning uchun ham Amir Temur ularni tanlash va vazifalarga tayinlash ishiga 
alohida ahamiyat bergan. Ular Sohibqironning fikricha sadoqatli, axloqiy pok, adolatpesha, 
tinchliksevar va tashabbuskor odamlar bo’lishi kerak. “Tuzuklar” muallifining fikriga ko’ra, 
masalan, vazirlar to’rt sifatga ega bo’lishlari shart: 
1.
Asillik, toza nasllik va ulug’vorlik. 
2.
Aqlu farosatlik. 
3.
Sipoh bilan raiyat ahvolidan boxabarlik va ularga g’amxo’rlik ko’rsatish, ular bilan yaxshi 
muomalada bo’lish. 
4.
Sabru bardoshlilik, muloyimlik. 
“Tuzuklar”da keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra Amir Temur o’z davlatini, bir uchi Chinu Mochin 
va ikkinchi uchi Shom hududida bo’lgan ulkan mamlakatni bor-yo’g’i yetti nafar vazir yordamida 
boshqargan. Bular quyidagilar (7-jadval). 

Yüklə 200,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə