2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari


Mingboyev U.K. Sud adolat posboii // «Hayot va qonun». 2001. 5-son. 7-8-bet



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/46
tarix22.03.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#181490
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46
\'12.12.2020 y ochiq dars ma’ruzasi

Mingboyev U.K. Sud adolat posboii // «Hayot va qonun». 2001. 5-son. 7-8-bet.
). 
О„zR Fukarolik protsessual kodeksining 144-moddasiga kо„ra, Oliy sud 
qonunda belgilangan vakolati asosida, fuqarolik ishlarini kо„rib chiqadi, 


26 
shuningdek, alohida holatlarni hisobga olib, har qanday fuqarolik ishini О„zRning 
istalgan sudidan olib, birinchi instansiya sudi sifatida о„zining ish yuritishiga qabul 
qilib olish yoki bir suddan boshqa tegishli sudga о„tkazish vakolatiga ega. 
О„ta murakkab va muhim ishlar Jinoyat-protsessual kodeksining 389-moddasi 
bilan О„zR Oliy sudining sudloviga tegishli ekanligi belgilab qо„yilgan. Tabiiyki, 
о„zi chiqargan qarorlarga nisbatan yangi ochilgan holatlar yuzasidan ishlarni 
kо„rib chiqish ham О„zR Oliy sudi vakolatiga kiradi. 
Sud nazoratini amalga oshirishning yuqorida sanab о„tilgan shakllari bilan bir 
qatorda Oliy sudning ixtiyorida bu borada bilvosita nazorat shakli, binobarin
uning sud amaliyoti yuzasidan tushuntirishlar berish vakolati ham bor. 
Oliy sud Plenumi tushuntirishlari odil sudlovni amalga oshirishda 
qonunlarning aniq qо„llanishini ta‟minlashga qaratilgan bо„lib, ana shu 
tushuntirishlarda umumlashtiruv natijalari asosida sharhlar beriladi. 
Odil sudlovning Asosiy Qonunimizda mustahkamlab qо„yilgan demokratik 
prinsiplari, xususan, fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi, aybsizlik 
prezumpsiyasi, ayblanuvchining himoyalanish huquqi bilan ta‟minlanishi singari 
konstitusiyaviy prinsiplar mazmuni О„zR Oliy sudi Plenumining kо„pgina 
tushuntirishlarida chuqur va mufassal ochib berilgan. Aksariyat tushuntirishlar 
sudlarning qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashdagi, javobgarlikni 
tabaqalashtirish hamda jazolarni individuallashtirishdagi, hayotga, sog„liqqa, 
shaxsning ozodligi va qadr-qimmatiga qarshi retsidiv jinoyatlar uchun 
javobgarlikni kuchaytirishdagi roliga taalluqli. 
О„zbekiyeton Respublikasi Oliy sudi Oliy sud Plenumi, Oliy sud Rayosati, 
Fuqarolik ishlari bо„yicha sudlov hay‟ati, Jinoyat ishlari bо„yicha sudlov hay‟ati 
va Harbiy hayatdan iborat tarkibda faoliyat olib boradi. 
О„zR Oliy sudining Plenumi barcha umumiy yurisdiksiya sudlari qarorlariga 
nisbatan oliy sudlov instansiyasi bо„lib, О„zR Oliy sudining sudyalari hamda 
Qoraqalpog„iston Respublikasi Fuqarolik va jinoyat ishlari bо„yicha oliy sudlari 
raislaridan iborat tarkibda faoliyat yuritadi. 
О„zR Oliy sudining Rayosati О„zR Oliy sudining sudyalari orasidan О„zR 
Oliy sudi Plenumi tomonidan belgilanadigan miqdorda tashkil topadi. О„zR Oliy 
sudi Rayosatining majlislari har oyda kamida bir marta о„tkaziladi hamda О„zR 
Oliy sudi Rayosati a‟zolarining kо„pchiligi hozir bо„lgan taqdirda vakolatli 
sanaladi. Rayosatga ishlarni nazorat tartibida, sud amaliyoti umumlashma 
materiallarini, sudlov hay‟atlari ishini tashkil etish masalalarini, shuningdek, 
viloyatlar sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar raislarining ma‟ruzalarini 
tinglash bilan bog„liq masalalarni kо„rib chiqish vakolati berilgan. 
Umumiy yurisdiksiya sudlari tizimidagi harbiy sudlar, ularning vazifalari 
hamda vakolatlari О„zR Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi "Harbiy tribunallar 
va harbiy prokuratura organlari tо„g„risida"gi Farmoni bilan respublika Kurolli 
Kuchlarida qonuniylik va huquq-tartibotni ta‟minlash maqsadida harbiy tribunallar 
mamlakatimiz sud tizimiga kirishi va barcha harbiy qismlarda, qо„shilmalar va 
birlashmalarda, harbiy о„quv yurtlari va muassasalarda, respublika hududidagi 
boshqa harbiy tuzilmalarda odil sudlovni О„zR nomidan amalga oshirishi belgilab 


27 
qо„yildi. Mazkur Farmon bilan sobiq Turkiston harbiy okrugi Harbiy tribunali 
о„rniga О„zR Qurolli Kuchlarining Harbiy sudi tashkil etildi. 
О„zR Oliy Kengashining 1992 yil 3 iyuldagi "О„zR Oliy sudi tarkibida 
Harbiy hay‟at tashkil etish tо„g„risida"gi Qarori bilan shunday hay‟at tuzilib, uning 
zimmasiga alohida ahamiyatdagi ishlarni birinchi instansiya bо„yicha, shuningdek, 
ishlarni kassatsiya va nazorat tartibida kо„rish vakolatlari yuklatildi. Ayni bir 
vaqtda О„zbekiston hududida joylashgan, ilgari belgilangan tartib asosida 
saylangan harbiy sudlarning sudyalari vakolati tasdiqlandi 
(

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə