74
nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli tugatadi. 1986-yili shu asosda yirik
monografiya e’lon etgan. 1979-1993-yili T.Shirinov
Surxondaryo viloyatidagi
arxeologik qazishmalarda faol ishtirok etib, Jarqo’ton, Bo’ston, Mo’lali,
Kuchuktepa kabi arxeologik yodgorliklarda katta kashfiyotlarni amalga oshirdi.
Xususan, 6-tepalikdan ibodatxona va «ark»dan «shohlar saroyi»
ochildi hamda
arxeologiya fanida katta yangilik sifatida qayd etildi. Olimning doktorlik ishida
shaharsozlik madaniyati muamosi keng yoritib berildi.
Muhimi shaharsozlik
madaniyati va davlatchilik muammolarining eng qadimgi ildizlari,
mohiyati
chuqur tah’lil etib berildi. T.Shirinov ishlanmalarida «shahar-davlat» nazariyasi
rivojlantirildi. «Voh’a davlatchiligi» muammosi Jarqo’ton
yodgorligi misolida
chuqur yoritib berildi. Qadimgi jamiyatning mafkurasi va diniy tasavvvurlari
haqida yangi malumotlar qo’lga kiritildi. Masalan,
suv va olovning
ilohiylashtirilishi, dafn marosimlaridagi yangi urflar yoki ajdodlar ruhiga sig’inish,
bazi bir hayvonlarga sig’inish kabi holatlarni keltirib o’tish kerak.
1993-2004-yilari O’zRFA Arxeologiya instituti direktori vazifasida ishlar
ekan, qadimshunoslik fani rivojiga salmoqli hissa qo’shdi. Rossiya,
Frantsiya,
Germaniya,
Đ
taliya, Polsha, Yaponiya kabi davlatlar bilan yirik xalqaro qo’shma
ekspeditsiyalar tashkil etildi. T.Shirinov rahbarligida va ishtirokida yirik
monografik kitoblar o’zbek, rus va ingliz tillarida nashrdan chiqdi: «Arxeologiya
drevnego Samarkanda» (2007 g.), «Jemchujina Vostoka» (2007 g.), «Samarkand.
2750» (2007 g.) (prof. M.X.
Đ
samiddinov bilan hammualliflikda). 2001-2010
yillarda T.Shirinov O’z RFA Samarkand bo’limi raisi, 2004-2011-yillari
mamlakatimizdagi yirik oliy o’quv yurti -Samarqand
Davlat uiiversiteti rektori
vazifasida ishladi. Bundan tashqari olim yosh kadrlarni tayyorlash borasida ham
katta ishlarni amalga oshirmoqda. O’nga yaqin tadqiqotchi T.Shirinov rahbarligida
nomzodlik dissertatsiyalarini muvafaqiyatli yoqlab mamlakatimizning
turli ilmiy
muassasalarida va oliy o’quv yurtlarida ish olib bormoqdalar. « O’zbekistonda
ijtimoiy fanlar» «O`zbekiston tarixi-History of Uzbekistan», «Exo istorii»,
«Tafakkur», «San’at» kabi jurnallarning tah’ririyat a’zosidir.
Tarix fanini rivojlantirishdagi xizmatlari va faol jamaotchilik va ilmiy
faoliyati uchun 2001-yili «Mehnat shuhrati», 2009-yili «O’zbekiston Respublikasi
fan arbobi» unvoniga sazovor bo’ldi.