O’zbekistonda arxeologiya. Madrimov Sh


O’zbekistonda arxeologiya fanining vujudga kelishida



Yüklə 471,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/25
tarix22.05.2022
ölçüsü471,74 Kb.
#87674
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
ozbekistonda arxeologiya fanining paydo bolishi va taraqqiyoti

 
3.2.O’zbekistonda arxeologiya fanining vujudga kelishida 
Ya.G’.G’ulomovning ro’li. 
O’tgan asrning 30-40-yillaridan arxeologiyaga mahalliy kadrlar kirib kela 
boshladilar. Bu kadrlarning eng dastlabki qaldirg’ochi, o’zbek xalqining taniqli 
arxeologi, tarixchisi va sharqshunos olimi, O’zbekistonning qadimgi va O’rta 
asrlar tarixi bo’yicha yirik olimi, tarix fanlari doktori, O’zbekistonda xizmat 
ko’rsatgan fan arbobi, akademik Yahyo G’ulomovich G’ulomovning butun hayoti 
vatanimizning tarix fanini paydo bo’lishi va taraqqiyoti bilan bevosita bog’liqdir. 
Yahyo Gulomovich G’ulomov 1908-yilning 1-mayida Toshkent shahridagi 


50 
madrasa mudarrisi oilasida tavallud topdi. Otasidan juda erta yetim qolib, 
boshlang’ich qizlar maktabida dars beradigan onasi qo’lida tarbiyalanadi. 1921- 
yildan esa, bolalar maktab internatida, boshlang’ich talimning 6-sinfini 
tugatgandan keyin esa, xalq talimi yo’nalishidagi erkaklar instituti (1921-1926 
yy.)ni tugallagandan keyin Toshkent shahridagi boshlang’ich maktabda dars 
beradi. 
1921-1930-yillarda Yahyo Gulomovich o’sha davrlardagi O’zbekistonning 
birinchi poytaxti Samarqandda tashkil etilgan O’zbek Davlat pedagogika 
akademiyasiga o’qishga kirgan. 1921-yildan 1931-yilgacha Ya.Gulomov Xalq 
Komissarlari huzuridagi tarix kabinetini asissenti va aspiranti, 1933-1940 yillarda 
esa qadimgi yodgorliklar va san’atni saqlash qo’mitasini (Uzkomstaris) ilmiy 
xodimi va ilmiy kotibi lavozimlarida ishladi. Aynan shu davrlardan Yahyo 
G’ulomov arxeologik razvedkalarda va arxeologik qazishmalarda ishtirok etadi, 
hamda arxeologiya bilan yaqindan tanishadi. 
O’sha davrning eng yirik tarixchi, sharqshunos va arxeologlari bilan birga 
ekspeditsiyalarda bo’lib, ularning tajribalarini o’rganadi. 1933-yilda u M.E.Masson 
boshchiligidagi Termiz ekspeditsiyasida, sharqshunos olim A.Yu.Yakubovskiy 
tashkil etgan Zarafshon ekspeditsiyasida, 1936-1938-yillarda esa, S.P.Tolstov 
boshchiligidagi Xorazm ekspeditsiyasida bevosita ishtirok etadi. 
1940-yildan boshlab Ya.G’.G’ulomov 
Đ
ttifoq Akademiyasi O’zbekiston 
filialining bo’lim boshlig’i bo’ldi. 1943-yildan boshlab esa, yangi tashkil etilgan 
O’zbekiston FA Tarix instituti filialining qadimgi va o’rta asrlar tarixi bo’limining 
boshlig’i lavozimlarida ishladi. 
Ya.G’.G’ulomov 1943-yilda «Xiva va uning yodgorliklari mavzusida 
nomzodlik, va 1950 yilda esa, Xorazmni qadimgi davrlardan bugungi kungacha 
sug’orilishi tarixi» mavzuida doktorlik dissertatsiyasini himoya kiladi. 1955-yilda 
professor unvoninn oladi, 1956-yilda O’zFA muxbir a’zosi, 1966-yilda esa, O’zFA 
akademigi etib saydandi. Ya.G’.G’ulomov haqiqiy olim sifatida biron-bir 
lavozimga o’tirishni orzu qilmadi, shunga qaramay 1956-1959-yillarda O’zFA 
tarix va arxeologiya institutini direktori lavozimida ishladi. 
Ya.G’.G’ulomov talantli inson sifatida, o’zining yurtini tarixini o’rganishga 
jon-dilidan intilganligi tufayli, studentligi yillaridanoq uni o’rganishni boshladi. 


51 
Shuning uchun u Davlat pedagogika akademiyasining studenti bo’lib o’qib yurgan 
paytidanoq yirik domlalarining maruzalarini maroq bilan tingladi. Bu davrdagi 
uning domlalari qatoriga taniqli tarixchilar, sharqshunoslar va marifatchilar Bular 
Soliev, Musa Saidjonov, Abdurauf Fitrat kabilar edilar. 
Ya.G’.G’ulomovga juda ko’p narsani o’rgatgan olimlardan yana biri 
V.L.Vyatkin edi. V.L.Vyatkin aslida O’rta Osiyo sharoitida o’sganligi sababli 
mahalliy o’zbek, tojik tillaridan tashqari arab va fors tillarini ham biladigan, shu 
bilan birga arab alifbosida yozilgan tarixiy manbalarni o’qiy oladigan sharqshunos 
olim edi. Bundan tashqari V.L.Vyatkin taniqli arxeolog ham edi. Shuning uchun 
Ya.G’.G’ulomov VL.Vyatkindan juda ko’p narsani o’rganishga harakat qildi. 
Ayniqsa Samarqand sharoitida arxeologiya bo’yicha o’rganishi mumkin bo’lgan 
yagona ustoz ham o’sha payitda faqat V.L.Vyatkin edi. Keyinchalik domla 
Ya.G’ulomovda sharqshunoslik fani manbalarini arxeologik manbalar bilan 
qo’shgan holda ishlaganligining sabablaridan biri ham ustozi V.L.Vyagkinning 
tasiridan bo’lishi ham mumkin. 
Ya.G’.G’ulomovning rus sharqshunos, tarixchi va arxeolog olimlari bilan 
doimiy muloqotlari, Yoshligidan boshlab yirik olimlarning maruzalarini 
tinglaganliklari natijasida, hayotda ham shu ustozlarning yolidan borishiga, tarix, 
arxeologiya, sharqshunoslik va etnografiya fanlarini xulosalarini qo’shgan holda 
maqola va monografiyalar yozishiga imkon yaratdi. Shuning uchun domla 
Ya.G’.G’ulomovni O’rta Osiyoning eng yirik arxeologlari va sharqshunoslari 
S.P.Tolstov, M.E.Masson, A.Yu.Yakubovskiy, A.M.Belenitskiy, A.N.Bernshtam, 
V.A.Shishkin, M.M.Dyakonov kabi yirik olimlari qatoriga qo’shish mumkin. 
Ya.G’.G’ulomov O’rta Osiyo xalqlari tarixini o’ylar ekan, doimo eng dolzarb 
masala sifatida, xalqimiz tarixida irrigatsiyani o’rni va rolini juda yaxshi 
tushunganligi tufayli hayotining juda katta qismini aynan irrigatsiya tarixini 
o’rganishga sarfladi. Shuning uchun ham o’zining doktorlik dissertatsiyasining 
mavzusini ham aynan irrigatsiya tarixidan oldi. Keyinchalik ham irrigatsiya sohasi 
bo’yicha juda ko’plab shogirdlariga nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalariga 
mavzuni aynan irrigatsiya tarixidan berdi. 
Domla qiziqqan yana boshqa bir yirik ywnalish bu ibtidoiy davr-tosh, bronza 
davri jamoalarini o’rganish mavzusi eng dolzarb mavzular qatoridan o’rin olgan 


52 
edi. Shuning uchun domla Ya.G’ulomov o’zining shogirdlarini olib quyi Zarafshon 
voh’asida Moh’andaryo ekspeditsiyasini tashkil etdi va natijada bu vohada nealt 
davriga oid kaltaminor madaniyati va bronza davriga oid zamonbobo madaniyati 
va juda ko’plab yodgorliklar topib o’rganildi. 
Domlaning ilmiy faoliyatida tosh davri yodgorliklarini o’rganish alohida 
o’rinni egalladi. Shuning uchun Toshkent voh’asi va Farg’ona vodiysidagi bir 
qator tosh davri yodgorliklarini - Obiraxmat, Ko’lbuloq, Selungur, Obishir 
mukammal o’rganildi. O’zbekiston xududi bir necha yuz ming yillar muqaddam 
ilk odamdar tomonidan o’zlashtirilganligi aytib o’tildi. 
Ya.G’.G’ulomov o’zining jo’shqin faoliyati davomida eng asosiy etiborni 
O’zbekistonning juda ko’plab xududlarida arxeologik qazishma ishlarini tashkil 
etib xalqimiz tarixi va qadimgi madaniyatini mukammal o’rganishga harakat qildi. 
Jumladan, Samarqanddagi Afrosiyob yodgorligi, Farg’ona vodiysidagi Quva 
shahrining xarobasi, Axsikent yodgorligida, Surxondaryo vodiysi yodgorliklarida, 
Samarqand, Buxoro, Jizzaxdagi voha yodgorliklarini o’rab turgan mudofaa 
devorlarini o’rganish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlarga bosh-qosh bo’ldi. 
Zarafshon vohasining ibtidoiy davr tarixi va madaniyatini o’rganish, bu 
joylarda 
kompleks 
ekspeditsiyalarni 
tashkil 
qilish, 
ekspeditsiyalarda 
qatnashayotgan aspirantlar, ilmiy xodimlarning ilmiy ishlariga rahbarlik qildi. 
Natijada quyi Zarafshon vohasnning tosh davridan temir davrigacha bo’lgan tarixi 
va madaniyatini to’liq qamrab olgan mukammal monografik asarlar paydo bo’ldi. 
Bu erda olib borilgan ilmiy tadqiqot pshlarining natijasi sifatida domlaning bir 
nechta shogirdlari nomzdlik dissertatsiyalarini yoqladilar. 
Ya.G’.G’ulomov o’zining doktorlik dissertatsiyasining mavzusini sug’orilish 
tarixi bo’yicha qildi, chunki sug’orilish tarixi O’rta Osiyo sharoitida eng muh’im 
yo’nalish bo’lib, bu erdagi deh’qonchilik sug’orilish bilan bog’liqdir. Demak, 
O’rta Osiyo sharoitida vujudga kelgan cho’jaliko-iqtisodiy va madaniy jarao’nlar 
ham sug’orilish tarixi bilan bog’liqdir. Sug’orilish tarixini juda qadimgi davrlardan 
eng keyingi davrlargacha qamrab oldi. Sug’orilish tarixini o’rganish uchun 
arxeologik materiallardan tashqari juda ko’plab qo’lyozmalardan, saqlagan 
toponimik atamalardan va shu jumladan etnografik malumotlardan mukammal 
foydalandi. Sug’orilish tarixining tariximizni o’rganishdagi ahamiyatini yaxshi 


53 
tushungan Ya.G’.G’ulomov o’zining shogirdlariga dissertatsiya mavzularini h’am 
sug’orilish tarixidan berdi. Shuning uchun Yaxyo G’ulomovning juda ko’plab 
shogirdlari - A.R.Muhammadjonov, S.Jalilov, A.Abdulxamidov. S.Anorboev, 
M.Tagiev, R.Ravshanov kabilar o’z mavzularini aynan sug’orilish tarixidan 
olishdi. 
Domlaning yana bir katta ishi bu mahalliy kadrlarni ko’paytirishga asosiy 
etiborini qaratdi. U juda ko’plab mahalliy yoshlarni o’z davrining eng yirik 
arxeologiya markazlari Moskva, Leningrad, Novosibirsk kabi shaharlardagi ilmiy 
tadqiqot 
institutlarida 
ishlaydigan 
olimlarga 
stajirovka, 
aspirantura 
va 
doktoranturaga yubordi. Uning o’zi yirik tarixchi, ko’plab qo’lyozmalarni o’qiy 
oladigan sharqshunos va arxeolog sifatida juda ko’plab tarixchi, etnograf va 
arxeologlarning dissertatsiyalariga rahbarlik qildi, bu borada unumli va barakali 
mehnat qildi. 
Akademik Yahyo G’ulomov to’g’risida o’z zamonasining juda yirik olimlari 
katta baho berganlar. Jumladan o’z davrining juda yirik olimi, Leningrad (hozirgi 
Sankt Peterbur) Davlat Ermitajining direktori, professor B.Piotrovskiy 
Ya.G’ulomov to’g’risida shunday degan edi: «Yaxyo G’ulomovich yirik arxeolog 
va tarixchi sifatida mamlakatimizda hamda chet ellarda shuhrat qozondi. Uning 
O’rta Osiyo xo’jaligining negizi bo’lmish sug’orishga oid ilmiy tadqiqot ishlari 
fanda katta yutuq hisoblanadi». 
Yana boshqa bir mashhur olim V.A.Shishkin «Ya.G’ulomov oddiy ilmiy 
xodimlikdan arxeologiyaga doir yirik ilmiy ishlari bilan keng tanilgan etuk olim 
darajasiga ko’tarildi». 
Akademik A.P.Okladnikov Yahyo G’ulomovni doimo hurmat bilan tilga olar, 
va u bilan aloqasini uzmas edi. Uning fikricha, Yahyo G’ulomov O’rta Osiyoning 
sug’orish va dehqonchilik tarixini yaratib, Sharqning muhim tarixiy masalalarini 
o’rganishga ulkan hissa qo’shdi. 
Haqiqatdan ham Yahyo G’ulomovich G’ulomov tariximizni arxeologik 
usullar bilan o’rganishga doimo intilib kelgan va bu yo’lda turli usullarni qo’llash 
ishlariga doimo bosh-qosh bo’lgan. Jumladan Yahyo G’ulomov arxeologik 
topilmalarni tamirlash va ularni muzeylarga qo’yish, arxeologik obidalarni 
o’rganish davrida topilgan paxsa, xom g’isht va guvalalardan ko’tarilgan uylarning 


54 
harobalarini, qazishmalardan topilgan loydan yasalgan san’at asarlarini 
(haykallarni) kimyoviy usullar bilan restavratsiya va konservatsiyalash qilish 
taklifini beradi. Shu taklif asosida O’zbekiston Fanlar akademiyasining Tarix va 
arxeologiya instituti qoshida arxeologik topilmalarni restavratsiya qilish bo’limi 
ochildi. Bu taklif asosida tashkil etilgan qism laboratoriyalari dastlab Tarix va 
arxeologiya instituti qoshida ishlagan bo’lsa, 1970-yildan boshlab alohida 
Arxeologiya instituti tashkil topganligi munosabati bilan uning «Kimyo-texnologik 
tadqiqotlar va konservatsiyalash bo’limi ochildi. Mazkur bo’lim ishlab chiqqan 
tadqiqotlar tufayli ko’pgina sanat obidalari, mudofaa inshootlari, Sopollitepa, 
Qoratepa, ayniqsa Afrosiyobdan topilgan va butun jahonni lol qoldirgan devoriy 
suratlari, Yerqo’rg’ondan topilgan loydan yasalgan haykallarning parchalari, 
Arxeologik obidalarni va topilmalarni kimyoviy usullar bilan restavratsiya qilish 
bo’limi ochildi. 
Yahyo G’ulomovich G’ulomovning ilmiy faoliyatini juda katta qismini 
tashkiliy ishlar tashkil etgan. Uni 1967-yilda Respublika tarixiy obidalarni saqlash 
bwyicha tuzilgan jamiyatning tasis sezdi bwlib wtadi va unda Yah’
ё
G’ulomov 
h’ayat azoligiga saylanadi. 1971 yildan esa, Yahyo G’ulomov shu jamiyatning 
arxeologiya sektsiyasining raisi etib tayinlanadi. Bu ishni Yahyo G’ulomov 
mazkur sektsiya ishining asosiy vazifa qilib respublika xududidagi arxeologik 
obidalarini xaritasini tuzishni asosiy vazifa qilib belgilaydi. Bu o’ta muh’im va 
zarur ishga barcha ilmiy muassasalar, viloyat va o’lka muzeylari jalb qilinadi. 
Arxeologiyani jondilidan sevgan Yahyo G’ulomov respublika arxeologik 
obidalarini xartasini tuzishda shoshma-shosharlikka yo’l qo’ymaslikni qayta-qayta 
takrorlar edi. 
Ushbu sa’y-harakatlarning natijasi o’laroq 1950-70-yillarda tarixchi va 
arxeologlarning o’ziga xos «G’ulomov maktabi» dunyoga keldi va shu asosda 
«o’zbek arxeologiya maktabi»ga asos solindi. 
Ushbu 
«maktab»ning 
vakillaridan 
bo’lmish 
O’zRFA 
akademiklari 
A.Asqarov, A.Muhammadjonov, O’.
Đ
slomov, Yu.F.Buryakov, professorlar 
M.Qosimov, T.Mirsoatov. A.Abdurazzaqov, M.Jo’raqulov, R.Sulaymonov, 
A.Abdulxamidov, M.
Đ
s’hoqov, M.Mambetullaev, M.
Đ
somiddinov, T.Shirinov, 
A.Sagdullaev, B.Matboboev, Sh.Shaydullaev, fan nomzodlaridan 
Đ
.Axrorov, 


55 
W.Alimov, M.
Đ
.Filanovich, N.B.Nemtseva, Sh.R.Pidaev, J.Mirzaahmedov, 
K.Abdullaev, A.Anorboev kabi ko’plab olimlarni O’zbekistonda arxeologiya 
fanini rivojlanishiga qo’shgan hissalari kattadir. 
1970-yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Arxeologiya institutini 
Samarqand shahrida ochilishi va shu institutning o’ziga O’zbekiston xududida olib 
borilayotgan qazishmalarga «Ochiq varaqa» berish huquqini berilishi juda katta 
ahamiyat kasb etdi. Bu bilan butun O’zbekiston xududida olib borilayotgan 
qazishmalarni mutaxassislar tomonidan tekshirib ko’rilishi, arxeologlarni 
arxeologik obidalarni qazish davrida uslubiy jihatdan noto’g’ri qazishmalar 
o’tkazilib xatolarga yo’l ko’ymaslikka undadi. Shu institutning o’zida 
arxeologlarning yillik hisobot sessiyalari tashkil etilib, har qaysi voha va 
viloyatlarda ekspeditsiya uyushtirgan arxeologlar shu sessiyalarda chiqishlar 
qilishdi va maruzadan keyin har qaysi arxeolog olib borgan qazishmalar ustidan 
baxs-munozaralar bo’ldi. Natnjada arxeologik qazishmalar olib borish usullari 
takomillashdi. 
Har qaysi viloyatda, vohada yirik, etalon yodgorliklarda doimiy 
ekspeditsiyalar, ko’p hollarda shu yodgorliklar qoshida arxeologik bazalar, yoki 
muzeylar tashkil etildi. 
Mustaqillik yillarida arxeologiya faniga va ayniqsa uni qazish, fiksatsiya 
qilish, hozirgi zamon texnologiyalari asosida kompyuterlar xotirasiga solish
xududlarni arxeologik yodgorliklarini o’rganishda kosmosdan olingan suratlardan 
foydalanish, 
arxeologik 
obidalarni, arxeologik 
materiallarni, 
adabiyotlar 
to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini yaratish bo’yicha juda katta ishlar qilindi. Bu 
yillarda o’zbek arxeologiyasi jahonga chiqdi. O’zbekiston xududida dunyodagi eng 
rivojlangan mamlakatlar arxeologlari bilan ko’p yillik shartnomalar tuzildi va shu 
shartnomalar asosida o’zbek arxeologlari jahonning turli mamlakatlari markaziga 
borib ularning tajribasini o’rganish bilan birga o’z tajribalarini ularga o’rgatdi. 
Xalqaro 
ekspeditsiyalar 
tuzilib 
O’zbekistonning 
barcha 
tarixiy-madaniy 
xududlaridagi asosiy yirik yodgorliklarda birgalikda qazishmalar o’tkazish yo’lga 
qo’yildi. O’zbekiston xududida Avstraliya, AQSh, Germaniya, 
Đ
taliya, 
Đ
spaniya, 
Frantsiya, Polsha, Rossiya, Yaponiya va Turkiya kabi davlatlariniig olimlari bilan 
hamkorlikda arxeologik tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Arxeologik izlanishlarda 


56 
yangi, hozirgi zamon qazish usullarini joriy etishga, eng zamonaviy texnikalardan 
foydalanishga va uni hayotda qo’llashga muvaffaq bo’ldilar. 
Tabiiyki, O’zbekiston xududidagi olib borilayotgan keng miqyosdagi dala 
tadqiqotlari va ayniqsa arxeologik qazishma ishlari dala ishlari qo’mitasini 
ishlarini kuchaytirishni talab qiladi. Shu bilan birga O’zbekiston xududida ikkita 
Universitetda arxeologiya kafedralari bo’lib, ularning biri Milliy universitet 
qoshida bo’lsa, ikkinchisi Samarqand Davlat universitetida faoliyat yuritadi. Bu 
har ikki dargohdan har yili o’nlab arxeolog-mutaxassislar etishib chiqmoqdalar. 
Ammo bu o’quv dargohlarida ham hali hozirgacha bo’lajak arxeologlar uchun 
arxeologik qazishmalar olib borish uchun darslik, o’quv qo’llanma, yoki o’quv-
uslubiy ko’rsatma chop etilgani yo’q. Yuqorida eslatilgan ikkita oliy o’quv 
yurtidan tashqari yurtimizdagi juda ko’plab universitetlarni tarix fakultetlari bo’lib, 
ularda ham arxeologiya kurslari, ayrimlarida esa, arxeologiyadan dala ishlarini olib 
borish uchun ma’lum soatlar ajratilgan. 
O’zbekiston 
mustaqillikka 
chiqqandan 
keyin 
Yahyo 
G’ulomovich 
G’ulomovning xalqimiz tarixini, o’tmish madaniyatimizni o’rganishga qo’shgan 
buyuk ishlarini inobatga olib Vazirlar mahkamasining qarori bilan «Yaxyo 
G’ulomov nomidagi O’zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi» ilmiy seminari 
tashkil etildi. O’zbekiston Fanlar akademiyasining Arxeologiya institutiga Yahyo 
G’ulomov nomi berildi. Vatanimizdagi ko’plab shaharlarining ko’chalari, kollej va 
litseylariga ham Yahyo G’ulomov nomi berildi. 

Yüklə 471,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə