Patent, litsensiya va sertifikatlar olish uchun shartnomalar tuzish

Yüklə 0,62 Mb.
səhifə3/4
tarix28.09.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#124576
1   2   3   4
Berdiboyeva Indira

Qayd etib o‘tish kerakki, foydali modelga ekspertiza va mohiyati bo‘yicha ekspertiza talabnoma beruvchining iltimosnomasiga ko‘ra boshlanadi. Bunday iltimosnoma Patent idorasining rasmiy ekspertiza ushbu talabnomani ko‘rib chiqishga qabul qilingani to‘g‘risidagi qarori sanasidan boshlab uch oy mobaynida berilishi mumkin.

Rasmiy ekspertiza vaqtida birinchi navbatda talabnomaning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi tekshiriladi.

Masalan, talabnomaning to‘liqligi (zarur hujjatlarning mavjudligi, talab etiladigan nusxalar soni va hokazo) tekshiriladi, oldindan noto‘g‘riligi ma’lum bo‘lgan talabnomalar (masalan, sanoat namunasi taklif etiladi, lekin ixtiroga patent berilishi so‘raladi) ajratiladi, shuningdek boshqa rasmiy jihatlari (muallifning imzosi, talabnoma beruvchi korxona muhri va hokazolar mavjudligi) tekshiriladi. Rasmiy ekspertiza natijasida to‘g‘ri rasmiylashtirilgan talabnomaning berilgan sanasi bo‘yicha obyektning ustuvorligi belgilanadi.

Ekspertizaning keyingi bosqichi mohiyati bo‘yicha ekspertiza (ixtiro va sanoat namunalarining patentga talabnomalar uchun) yoki foydali modelga ekspertiza (tegishlicha foydali modellar uchun)dir. 

Bu ekspertizalar vaqtida patent so‘ralayotgan obyektning belgilangan patentga layoqatlilik mezonlariga mosligi tekshiriladi. Agar obyekt patentga layoqatlilik mezonlariga mos bo‘lsa, u tegishlicha ixtiro, foydali model, sanoat namunasi deb tan olinadi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə