Patent, litsensiya va sertifikatlar olish uchun shartnomalar tuzish


Qonunga muvofiq ko‘rsatilgan obyektlar uchun quyidagi mezonlar belgilangan



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə4/4
tarix28.09.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#124576
1   2   3   4
Berdiboyeva Indira

Qonunga muvofiq ko‘rsatilgan obyektlar uchun quyidagi mezonlar belgilangan:

-ixtirolar uchun- uning yangiligi, ixtiro darajasi va sanoatda qo‘llanilishi;

-foydali model uchun- uning yangiligi va sanoatda qo‘llanilishi;

-sanoat namunasi uchun- uning yangiligi, o‘ziga xosligi va sanoatda qo‘llanilishi.

Patent ekspertizasi o‘tkazish vaqtida foydalaniladigan eng muhim tushuncha texnika darajasi tushunchasidir. Texnika darajasi o‘z ichiga ixtironing ustuvorlik sanasigacha jahonda barcha uchun ma’lum bo‘lgan va barcha foydalanadigan ma’lumotlarni oladi.

  • Patent ekspertizasi o‘tkazish vaqtida foydalaniladigan eng muhim tushuncha texnika darajasi tushunchasidir. Texnika darajasi o‘z ichiga ixtironing ustuvorlik sanasigacha jahonda barcha uchun ma’lum bo‘lgan va barcha foydalanadigan ma’lumotlarni oladi.
  • Foydali modelga ekspertizaning mohiyati bo‘yicha ekspertizasidan farqi shundaki, foydali modelga ekspertiza vaqtida talabnoma berilgan obyektining (foydali model) mahalliy yangilik mezoniga muvofiqligi tekshiriladi, ya’ni patent ekspertlari faqat O‘zbekistondagi mavjud patent hujjatlarini tekshiradilar, mohiyat jihatidan ekspertizada esa obyektning jahon texnika darajasiga muvofiqligi tekshiriladi.
  • Patentga layoqatlilik mezonlari va patent ekspertizasini o‘tkazish masalalari ushbu darslikning keyingi sahifalarida ko‘rib chiqiladi.
  • Rasmiy ekspertiza, foydali modelga ekspertiza va mohiyati bo‘yicha ekspertiza o‘tkazishning belgilangan me’yoriy muddatlari tegishlicha 1 oy, 3 oy va ikki yilni tashkil etadi. Talabnoma beruvchilar uchun bu jarayonlarni tezlashtirish, “tezlashtirilgan ekspertiza” o‘tkazish mumkin, buning uchun belgilangan patent bojlarini to‘lash zarur.
  • Tovar belgisini berish to‘g‘risidagi talabnomalar bo‘yicha ekspertiza tovar belgisini rasmiy ekspertiza va talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan o‘tkazishdan iborat.
  • Rasmiy ekspertiza talabnoma Patent idorasiga kelib tushgan sanadan boshlab bir oylik muddat ichida, ifodalangan belgini ekspertiza esa dastlabki ekspertiza tugallangandan so‘ng talabnoma Patent idorasiga kelib tushgan sanadan boshlab 9 oy mobaynida o‘tkaziladi, bunda belgining tovar belgilarini ro‘yxatga olish shartlariga muvofiqligi tekshiriladi.
  • Sanoat mulki obyektlarini ekspertizadan o‘tkazish jarayonida ekspertlar talabnoma beruvchidan etishmagan, talabnomaga aniqlik kirituvchi materiallarni so‘rab olish va boshqa masalalarda murojaat qilish huquqiga egadirlar.
  • Patent idorasi o‘tkazilgan davlat ekspertizasi natijalari bo‘yicha muhofaza hujjatlari- patent, guvohnoma berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi yoki bunday hujjatlarni berishni rad qiladi.
  • Agar ijobiy qaror qabul qilinsa, Patent idorasi tegishli sanoat mulki obyektini Davlat reestrida Davlat ro‘yxatiga oladi va “Rasmiy axborotnoma” byulletenida patentlangan obyekt to‘g‘risidagi ma’lumotlarni chop etadi.
  • Patent idorasi ma’lumotlar rasmiy ravishda chop etilgandan so‘ng uch oy o‘tgach patent egasiga (yoki tovar belgisi egasiga) muhofaza hujjati, tegishlicha patent yoki guvohnoma beradi. Patent yoki guvohnoma O‘zbekiston Respublikasi nomidan beriladi va Patent idorasi rahbari tomonidan imzolanadi.
  • Shuni qayd etib o‘tish kerakki, hamma vaqt bitta obyektga faqat bitta muhofaza hujjati (patent yoki guvohnoma) beriladi. Agar patentning egasi bir nechta bo‘lsa (masalan, ikki firma yoki ikki ham muallif) ular bitta patent oladilar. Bunda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizoli masalalarni, masalan, hujjatning asli va nusxalari kimda bo‘lishini o‘zaro kelishib oladilar, yoki ular asl nusxani navbati bilan o‘zlarida saqlashlari mumkin va hokazo.
  • Qayd etib o‘tamizki, keyinchalik patent egasi patent kuchda saqlab turish uchun muntazam ravishda boj to‘lab turishlari shart, boj to‘lamaslik muhofaza hujjatining amal qilishi to‘xtashiga olib kelishi mumkin.
  • Patent quyidagi hollarda ham amal qilishdan to‘xtatilishi mumkin:
  • -patentning amal qilish muddati tugagach;
  • -patent yoki tovar belgisining haqiqiy emasligi uchinchi tomonning da’vo arizasi bilan sud orqali tasdiqlanganda;
  • -patent egasining Patent idorasiga bergan arizasi asosida.
  • Agar patent yoki guvohnomaning amal qilishi muddatidan ilgari to‘xtatilsa, bu haqdagi ma’lumot Patent idorasining “Rasmiy axborotnoma” byulletenida chop etiladi.
  •  

E’tiboringiz uchun raxmat


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə