Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/192
tarix08.04.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#104746
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Rivojlanish
– tushunchasi bir xususiyatdan ikkinchisiga, mukam-
malroq darajaga o‘tish jarayonini anglatadi”
2
. Bu jarayonda eski 
sifatlovchi belgilar yangilari bilan almashinadi, oddiydan murakkabga, 
quyidan yuqori pog‘onaga yetishish tushuniladi. Insonda rivojlanish 
jismoniy (tana a’zolari – suyak, muskul tizimining, tanosil a’zolari, 
bo‘yining o‘sishi, vaznining oshishi va h.k.), ruhiy (psixikaning 
rivojlanishi, nerv funksional faoliyatining kamol topishi, aql-
zakovatining shakllanishi) hamda ma’naviy (inson ichki dunyosining 
boyishi, hissiy-irodaviy, bilish jarayonida muhim o‘zgarishlar yuz 
berishi) sohalarida sodir bo‘ladi. Rivojlanayotgan shaxsning ijtimoiy 
rivojlanishi uning xulqida, tevarak-atrofga bo‘lgan munosabatida
ayniqsa jamoa ishlarida qatnashishida namoyon bo‘ladi. Inson ruhan 
va ma’nan rivojlanishida bilim, dunyoqarash, tafakkur kuchi va iroda 
safarbarligi muhim o‘rin egallaydi. 
Tarbiya
 
– uzoq muddatli, ko‘p xususiyatli, tarbiyalovchi va 
tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi qo‘shaloq jarayon bo‘lib, tarbiyalanuv-
chida aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida muayyan 
sifatlar, ko‘nikmalar shakllantiriladi va rivojlantiriladi
3
. Tarbiyachi 
o‘zi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun 
ular ning ruhiyatiga ma’lum maqsadga ko‘ra tizimli ta’sir ko‘rsatadi.
Ta’lim
– bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash, dunyoqarashni 
tarkib toptiradigan jarayondir. Bunda bilim – bir butunlikni tashkil 
1
Абдуллаева Ш. А. Педагогик диагностики. 
– 
Тошкент: Фан ва ахборот 
технологиялари, 2008. 
– 
118-бет.
2
wikipedia.org.2015.-
– 
17 октябрь
3
Абдуллаева Ш.А. Педагогика. 
– 
Тошкент: Фан, 2009. – 17-бет.


15
qiluvchi qismlar orasidagi, ularning ichki ziddiyatlaridan kelib chiqqan 
bog‘liqlikdir. U ba’zan qonuniyat deb ham yuritiladi. Ya’ni, bilim 
inso niyat tomonidan mustaqil hayotda, faoliyatda, jumladan ishlab 
chiqa rishda zarur bo‘lgan fan asoslarini qonunlar va tushunchalarni 
o‘zlashtirish natijasidir.
Bilimni hayotda ko‘p samara beradigan qilib qo‘llay olish uchun 
bilim bilan birga ko‘nikma va malaka hosil qilish lozim. Bilim bahsda 
kerak bo‘lsa, ko‘nikma va malaka mehnat faoliyatida, dunyoni o‘z-
lashtirishda zarur. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə