Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/192
tarix08.04.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#104746
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Bakalavriat 
– mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental 
va amaliyot bilimi beradigan, ta’lim olish muddati kamida 4 yil davom 
54
etadigan tayanch oliy ta’limdir. Bakalavrlik dasturi tugagandan so‘ng 
bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan kasb yo‘nalishi 
bo‘yicha “bakalavr” darajasi beriladi va hukumat tasdiqlagan namuna-
dagi diplom beriladi.
Bakalavr darajasiga ega bo‘lgan shaxs oliy ta’lim yo‘nalishidagi 
tanlangan soha bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis sanaladi va 
davlat klassifik qatorda belgilangan lavozimda ishdash huquqiga ega 
bo‘ladi.
Biroq bakalavr ilm-fan sohasida, ishlab chiqarishning mas’uliyatli 
lavozimlarida faoliyat ko‘rsata olmaydi.
Magistratura 
– aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va 
amaliy bilim beradigan bakalavr negizida kamida ikki-yil muddatda 
tashkil etiladigan oliy ta’lim turidir. Magistraturadagi ta’lim yakuniy 
kvalifikatsion davlat attestatsiyasi va magistrlik dissertatsiyasini 
himoya qilish bilan nihoyasiga yetkaziladi. Magistratura ta’limini 
tugatganlarga “magistr” darajasi hamda davlat tomonidan tasdiqlangan 
namunadagi diplom beriladi.
Magistr
– bakalavrdan farqli ravishda ma’lum ixtisoslik bo‘yicha 
yuqori malakali mutaxassis hisoblanib, u ilm-fan sohasida, ishlab 
chiqarishning mas’uliyatli lavozimlarida faoliyat ko‘rsatadi. U ta-
yanch doktorantura va mustaqil tadqiqotchilikka kirish huquqiga ega.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim
– oliy malakali ilmiy va ilmiy-
pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga, shaxsning 
ijodiy ta’lim kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga va uzluksiz 
ta’lim tizimini ta’minlashga qaratilgan. 
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-
tadqiqot muassasalari 
(tanch
 
doktorantura; doktorantura; mustaqil 
izlanuvchilik) da yo‘lga qo‘yiladi. 
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ikki bosqichda amalga oshiriladi
.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga asosan, kadrlar 
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning 
kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga, 
ularni zamon talablariga javob beradigan darajaga yetkazishga 
qaratiladi.


55

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə