qarorlari, Davlat ta’lim standartlari, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligining Nizomlari
va buyruqlari; mavzuga oid fundamental
tadqiqotlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodikalar;
uzluksiz
ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi.
Ishimizga Aristotel, Gegel, Belinskiy kabi mutafakkirlar va olimlarning falsafa,
mantiq, adabiyot nazariyasi hamda estetikaga doir asarlarida aks etgan qarashlar
nazariy asos vazifasini bajardi. Shuningdek, nasriy asarlarda badiiy obraz yaratish
mahoratini tadqiq etgan M.Qo‘chqorov, O.Sharafiddinov, B.Nazarov,
S.Mamajonov,
N.Karimov,
U.Normatov,
A.Rasulov
singari
adabiyotshunoslarning tadqiqotlari yuzasidan maqolalar
3
, kitoblar
4
,
ilmiy
ishlaridagi
5
ilmiy mulohazalariga tayanildi.
Yozuvchining obraz yaratish mahorati masalalari adabiyotshunoslikda
atroflicha o‘rganilgan. Adabiyotshunos olima N.Vladimirova O‘.Hoshimov
ijodida milliy qadriyatlar talqini xususida shunday fikrlarni ilgari surgan: “O‘tkir
Hoshimov o‘zbek prozasida milliy-tasviriy vositalar sohasidagi ijodiy
izlanishlarning yorqin namunasi bo‘lgan eng yaxshi asarlarni yaratgan.
Voqeabandlik orqasidan quvishni O‘tkir Hoshimov unchalik yoqtirmaydi. U
hayotning kundalik oqimi ritmida sinovdan o‘tib abadiylashadigan
hodisalarni
kuzatishni afzal ko‘radi”
6
. Biz mazkur ishimizda yuqorida nomlari keltirilgan
adabiyotshunos olimlarning fikr
-
mulohazalariga tayangan holda O‘tkir Hoshimov
asarlaridagi milliy qadriyatlar talqiniga e’tibor qaratdik.
Dostları ilə paylaş: