KIRISH
Bitiruv loyiha ishining dolzarbligi va asoslanishi.
Respublikamiz
Prezidenti Mirziyoyev Sh.M. o‘zining “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini
ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” deb nomlangan
ma’ruzasida: “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini
bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali
vazifamiz deb bilamiz”,-deb ta’kidlaydi. 2016-yil 13-maydagi “Alisher Navoiy
nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil qilish
to‘g‘risida”gi farmoni
1
, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda
tasdiqlangan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847 son va 2020-yil 29-oktabrdagi Ilm-fanni 2030-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097 somli
Farmonlarida belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda
talabalarga zamon talablariga mos ravishda o‘qitishning eng qulay va zamonaviy
metodlari to‘g‘risida bilim berish, bo‘lg‘usi fan o‘qituvchisida kasbiy faoliyatiga
doir dastlabki bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularga qo‘yiladigan
kasbiy talablar asosida mazkur fanni zamon talablari darajasida o‘qitishning
samarali metodlari, shakl va usullari haqidagi nazariy bilimlarni o‘zlashtirishini
ta’minlash, xullas, respublika ta’lim sohasi uchun
raqobatbardosh kadrlar
tayyorlash masalalari dolzarb vazifalardan bo‘lib qolmoqda. Shu ma’noda,
jamiyatimizning ma’naviy yangilanishi, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor
iqtisodiyotini shakllantirish, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishini ta’minlaydigan
demokratik huquqiy davlat qurish barkamol avlod tarbiyasi, ayniqsa,
ijtimoiy
tarbiyaning uzviy qismi milliy-ma’naviy hamda ma’rifiy qadriyatlar asosida
ta’lim va tarbiyani zamonaviy asosda tashkil etish asosida olib borilishi bilan
bog‘liqdir. Ana shu jarayonda ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlar asosini tashkil
etadigan til va adabiyot,
jumladan, zamonaviy adabiyot namunalarini chuqur
1
“Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to’g’risida”
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2016-yil 13-may. Toshkent shahri. “Qo’qon sadosi” gazetasi.
2016-yil 21-may.
o‘zlashtirib borish, uning nodir namunalarini yosh avlod oldida keng targ‘ib etish
orqali komil insonni tarbiyalab yetkazish muhim vazifalardan biriga aylanib
qoldi. Zero o‘zbek adabiyoti durdonalarini adabiy ta’limda o‘rganish, ularda
shakllangan qadriyatlarni yoshlarning qalbiga singdirish maktab, litsey va kollej
adabiy ta’limining katta va ishonchli qanotini tashkil etadi. O‘zbek adabiyotidagi
asarlarni o‘rganish
va tahlil qilish, oliy ta’lim bakalavr ta’lim yo‘nalishi
talabalariga adabiyotshunoslikda qo’lga kiritilgan yutuqlardan foydalanib,
zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan holda dars o‘tish muhim vazifa qilib
qo‘yilgan. Bizning o‘z oldimizdagi maqsadimiz esa, bunday ulug‘ zotlarning
hayot yo‘li va qoldirgan merosini to‘liq tasvirlash emas, balki ularning eng buyuk
namoyandalari timsolida ma’rifat,
ilm-u fan, madaniyat din kabi sohalarning
barchasini o‘zida uyg‘unlashtirgan xalqimizning ma’naviy olami naqadar boy va
rang barang ekanini isbotlab berishdan iboratdir. Bunday noyob va bebaho
boylikni har tomonlama chuqur o‘rganish, uning ma’no mazmunini
farzandlarimizga yetkazish masalasi barchamiz,
birinchi galda, ziyolilarimiz,
butun jamoatchiligimiz uchun ham qarz, ham farz bo‘lishini shart. Yana shuni
qo‘shimcha qilish lozimki, “Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki
boyliklarni, bilimlarni o‘rganish, o‘zlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi.
Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini shusiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu vazifani
amalga oshirishning birdan bir yo‘li ta’lim tizimini tinmay takomillashtirib borish
orqali yosh avlodni barkamol, komil inson qilib tarbiyalash”
2
dan iboratdir.
Bugungi kunda ta’lim sohasida zamonaviy fikrlovchi pedagog kadrlar
tayyorlashga, ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik uslub: “muammoli vaziyat”
uslubi,
loyihalar uslubi, hamkorlikda o`qitish, “amaliy o`yin”, interfaol ta’lim
uslubi va boshqalarni qo`llashga alohida urg`u berilgan. Ushbu kunda
mashg`ulotlar samaradorligiga erishish har bir o`qituvchidan yuksak
kompetentlikka ega bo‘lishni talab etadi. Buning uchun amaliy metodlarning
mohiyatini teran o`rganib, ularni qo`llash bilan bo`liq uslubiy ko`rsatmalar ishlab
2
Komilov N. Komil inson – millat kelajagi. – Toshkent: O`zbekiston, 2001.
chiqish ahamiyatlidir. Masalaga shu nuqtayi nazardan yondashsak, bitiruv loyiha
ishimiz nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega ekanligi ayonlashib qoladi.
Dostları ilə paylaş: