I BOB. MILLIY QADRIYATLAR YARATISHDA BADIIY
TALQINNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Milliy marosimlarning O‘tkir Hoshimov ijodidagi talqini
Har bir xalq adabiyotning yetakchi xususiyatlaridan biri falsafiy-estetik
qarashlarning xalq hayoti, an’analari bilan bog‘liqligida namoyon bo‘lishida
ko‘rinadi. Chunki badiiy asar millat saviyasining ikkinchi ko‘rinishi bo‘lib
xarakter to‘laqonliligini belgilaydigan hamda estetik mohiyatini yuzaga
chiqaradigan tayanch nuqta hisoblanadi. Ayni paytda milliy qadriyatlar
barqarorligi hamda unga munosabat ijtimoiy tafakkur takomilligiga ta’sir
o‘tkazadi. Yozuvchi ijodida kasb etgan milliy an’analar ifodasi, bir tomondan
ifoda shaklining hayotiyligini ta’minlasa, ikkinchi tomondan, ijodkor uslubi va
estetik ideal munosabatini sintezlashtiradi. Aynan ilg‘or milliy an’analar va
qadriyatlar tasviri adabiyotning gumanistik mohiyatini yanada to‘laroq aks
ettiradi.
O‘.Hoshimov asarlarida o‘zbek xalqining qadimiy an’ana, urf-odatlari,
qadriyatlari tasviri eng kichik hikoya janridan tortib, katta hajmdagi roman,
qissalarigacha ko‘rinish berib turadi. Qahramon xatti-harakatlari, dunyoqarashi,
voqelikka munosabatida, hatto eng kichik badiiy tasvirda ham o‘zbekning ming
yillar davomida udumga aylantirgan milliy an’analari aks etadi. Jumladan,
yozuvchinig qator asarlarida to‘y va aza marosimlari o‘zining izchil badiiy
ifodasini topgan: o‘zbek milliy to‘y marosimi bilan bog‘liq tasvirlar “Dunyoning
ishlari”, “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar” asarlarida, aza marosimi
bilan bog‘liq tasvirlar “Ikki eshik orasi”, “Dunyoning ishlari”, “O‘zbeklar” va
boshqa asarlarida uchraydi.
“Ikki eshik orasi” asarida to‘y marosimi bilan bog‘liq tafsilotlarga keng
o‘rin ajratilgan. Asrlar davomida shakllangan milliy an’ana uch qahramon
tomonidan izohlanadi. Bolakayning, soda, jozibali talqini, Robiyaning ruhiy tahlil
teranligi saqlangan bayoni va Qora ammaning to‘y tashvishlariga yo‘naltirilgan
ruhiy kechinmalari marosimni turfa nuqtalardan yoritish imkonini beradi. Bu esa,
o‘z navbatida, xarakter qirralarini oydinlashtirish, milliy urf-odatlarning xalq
hayotidagi salmog‘ini kuzatishga yordam beradi. Aynan shunday uslub katta
imkoniyatlarga yo‘l ochishini adibning o‘zi ham uqtirgan edi. Nuqt tiplari
vositasida kitobxon Muzaffarning bolalarcha soddaligi va tiniq samimiyati,
Robiyaning ruhiy barkamolligi, Qora ammaga xos mehr-oqibat rishtalari bilan
tanishadi. Bir tafsilotning uch talqini asar sujetini bog‘lab turuvchi chiziq tarzida
aniq tasavvur uyg‘otadi. Bu tasavvur xalq hayotining umumiy qonuniyatlarini
ifodalab, xarakter takomilidagi o‘sish-o‘zgarishni uyg‘unlashtiradi. Bu
mushtaraklik, o‘z navbatida, ham ijodkorning ijodiy tamoyillarini, ham
ijtimoiylik belgilarini mujassam etgan. O‘z-o‘zidan ayonki, adib asarlarida milliy
qadriyatlar va xalq ruhiyati xarakter tabiatini belgilaydi. Aynan qahramonlar
tafakkuri va faoliyatida milliy an’ana hamda e’tiqod ta’siri goh epik unsurlar, goh
lirizm zalvori vositasida oydinlashadi. Kichginagina to‘y detali bir nechta obrazlar
hayotini o‘zgartirib yuboradi. Binobarin, marosim Robiyaning orzu-istaklari,
samimiy muhabbatini chegaralaydi. To‘g‘rirog‘i, hayotiy zarurat uni o‘z izmiga
bo‘ysundiradi. Tabiiy ehtiyoj, ya’ni Muzaffarning qismati Qora ammaga ham
kuchli ruhiy zarba beradi. Negaki, Robiyaning Shomurodga uzatilishi Kimsan
uchun ochilgan aza bilan barobar edi. Zahmatkash ona qalbida doimiy va davomiy
ravishda umid, ilinj hamda ishonch tuyg‘usi yashashini etiborga olsak, psixologik
kolliziyalarning tasvir markaziga ko‘tarilganligi oydinlashadi.
Adabiyotshunos U.Normatov “Taqdirlar romani” so‘ngso‘zida asardagi
onalar obraziga alohida to‘xtalib shunday e’tirof etadi: “Urushda bedarak ketgan
yolg‘iz farzandi dog‘ida o‘rtansa-da o‘z dardini ichiga yutib nuqul o‘zgalar g‘ami,
oromi, baxtini o‘ylaydigan “Qora amma” o‘sha og‘ir damlarda traktor minib,
yoshlarni o‘z yoniga olib el-yurt mushkulini oson qilgan, urush qurboni bo‘lgan
eri salomatligi, ko‘ngli deb o‘z oromidan voz kechgan Bashoratxon, ipakday
mayin-muloyim, o‘zgalarga mehribon, qo‘li gul chevar, dono ayol Qo‘qonlik
Oysara opa- bu xil fidoyi onajonlar romanga zeb berib turibdi”
7
. Darhaqiqat, olim
ta’kidlaganidek, romanda urush asorati tufayli jabrlangan uch avlod vakillarining
qalb qiynoqlari, o‘g‘ir qismati, iztiroblari juda ta’sirchan ifodalangan. Asarda
7
Hoshimov. O’. Ikki eshik orasi. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1989, -B. 539.
yuzga yaqin erkak va ayollar obrazi ishtirok etadi. Xususan, Qora amma, Robiya,
Fotima, Zuhra, Xolposh xola, Oysara, Ra'no, Bashorat, Asira ayol, Lazokat xola,
Marja kabi asosiy va personaj onalar timsoli yaratilgan. Asarda o‘zbek onasining
milliy xarakteri Qora amma, Xolposh xola, Lozakat xola obrazlarida Yorqin ifoda
topgan. Adib onalar obrazini yaratar ekan, ularni tashqi jihatdan milliy kiyim —
kechaklarda, milliy o‘zbekona bir qiyofada chizadi: "Hovlidagi fonuslarning nuri
g‘ira-shira yoritib turgan eshik oldida “Qora ammam”ni ko‘rib qoldim. Qo‘lida
bog‘ichi yechilgan qiyiqcha. Boshidan ro‘moli sirg‘alib yelkasiga tushgan.
Negadir titraydi. Oppoq sochlari uchidagi so‘lkavoy cho‘lpilarining jiringlashi
childirma shovqinini, surnay ovozida eshitilmasa ham bir-biriga urilib
ketayotganini sezdim”
8
.
Parchada Qora ammaning to‘ydagi ruhiy psixologik portreti tasvirlangan. Bu
hikoya kichkintoy Muzaffar tilidan bayon etiladi. To‘y marosimi bilan bog‘liq qiz
bolaning uyiga sovchi kelishi an’anasiga "Ikki eshik orasi” va "Dunyoning
ishlari” asarlarida maxsus hikoyalar kiritilgan.
Xolposh xola "Ikki eshik orasi” romani sahifalarida doimo qarg‘a shoyi
ko‘ylak kiyib yuradi: “Ichkaridan harsillab-gursillab Xolposh xola chiqib keldi.
Nima qilsayam Orif oqsoqolning xotini-da! Yoshi oltmishga borib qolgan
bo‘lsayam, kelinlardek yasanib olibdi. Egnida qora atlas ko‘ylak. Bo‘ynida - dur.
Qulog‘ida oltin baldoq, chiroyli, qayrilma qoshiga bilinar bilinmas o‘sma
qo‘ygan”
9
. Ona tasviridagi qora atlas ko‘ylak, qayrilma qoshdagi o‘sma
o‘zbekning milliy an’anaviy kiyinishini yodga soladi. Ma’lumki, milliy urf-
odatlar va an’analar xalq tiynati kabi soddaligi, qabariqligi, yorqinligi va
ustuvorligi bilan ajralib turadi. Shu boisdan ham mentalitetga xos yetakchi
xususiyatlar tinglovchi ongiga tez yetib boradi. Bu xususiyat, bir tomondan,
tushuncha, tasavvur hamda tafsilotlarning qayta-qayta ishlanganligi, sayqal
topganligi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, motivizatsiya zamirida qayta
hayotiy tajribalar falsafiy umumlashmalar vositasida izohlanadi. Demak,
8
Hoshimov O'. Tanlangan asarlar. V jild. Ikki eshik orasi . Toshkent. “Sharq”. 2012. -B. 111.
9
Hoshimov O'. Tanlangan asarlar. V jild. Ikki eshik orasi. Toshkent, “ Sharq”, 2012. -B.69.
O‘.Hoshimov o‘z ijodida sharqona mifopoetik qarashlardan foydalanar ekan,
birinchi navbatda, aqidaning umuminsoniy mohiyatiga e’tiborni qaratadi. Muallif
tomonidan tanlangan epizodik lavhalar, rivoyat va afsonalarda mazmun ijodkor
fitratida qayta baholanadi, estetik qiymat kasb etadi. Aynan adib roman va
qissalarida lirik-falsafiy tahlilning ustuvorligi ishlanganlik darajasi bilan
o‘lchanadi. Falsafiy ifodaga moyillikda O‘.Hoshimov ijodida Ch.Aytmatov,
O.Yoqubov, Asqad Muxtor an’analari ta’siri seziladi. Adibning xalq og‘zaki ijodi
manbalaridan foydalanish darajasi o‘ziga xosligini lirik jo‘shqinlik va
mushohadakorlik omuxtaligida ko‘rish mumkin. Agar qirg‘iz yozuvchisida epik
kenglik intellektual-ma’rifiy sarhadlardan oziqlansa, lirik bosim O‘.Hoshimov
ijodini quvvatlantiradi. Ijodkor xalq fitrati va e’tiqodiga alohida mehr bilan
yondoshadi. Mana shu jihat uni millatparvar adib deb atash imkonini beradi.
Garchand afsona, rivoyat, milliy urf-odatlar o‘rin almashinuvi san’atkor
izlanishlarida bo‘rtib ko‘rinsa-da, shakl va mazmunning o‘ziga xosligi, badiiy
kompozitsion yaxlitlikka putur yetkazmaydi. Qahramon ruhiyatini aks ettirishda
nutqning turli xil tiplari, mifologizmlar ifodasi muallif badiiy-estetik qarashlarini
belgilaydi.
O‘.Hoshimov asarlarining g‘oyaviy mundarijasini insonning ijtimoiy,
ma’naviy, ruhiy mohiyati tashkil etadi. Bu uchlik estetik nuqtayi nazarning milliy
an’analarga munosabat yordamida ijodiy yaxlitlik kasb etadi. Adibning xarakter
yaratish mahorati va ularning ruhiy dunyosini kashf etish darajasi an’analarning
uzviy aloqadorligi mahsulidir.
An’ana - bu biror xalqning ko‘nikmalari, odatlari va qadriyatlaridir. Har bir
millatning o‘ziga xos tabiati, asrlar davomida shakllangan urf-odatlar
o‘zgachaligi, an’analar barqarorligini ta’minlaydi.
Mentalitetga xos xususiyatlar milliy qadriyatlar timsolida hayot o‘sish-
o‘zgarishlarining ulkan ma’naviy potensialini jamlaydi. Aniqrog‘i kechinmalar va
boy tajribalarning sintezi tarzida rivojlanadigan an’ana xalqning betakror ruhiy
olamini taminlaydi. O‘.Hoshimov ijodida milliy an’analar talqini quyidagi
uslubiy vazifalarni bajaradi: Xarakterning to‘laqonligi va mukammalligini
tavsiflaydi. Xususan, “O‘zbeklar” hikoyasida o‘lim va uning badiiy talqini uch
obraz mohiyatini ochib beradi. Binobarin, milliy odat - Iskandar Vahobovichning
Otinoyini
so‘nggi
manzilga
kuzatish
jarayonida
ona-farzand-kelin
munosabatlarining ruhiy tahlili tadqiq markaziga ko‘tariladi. Marosim davomida
Otinoyining naqadar bag‘rikeng inson bo‘lganligi, ma’naviy barkamolligi
ayonlashadi. Aynan qahramonning mahalla dasturxonchisi bo‘lganligi, irim-
sirim, udumlarni yaxshi bilganligi undagi xarakter qirralarini mantiqan dalillaydi.
Asarda epizodik holatlar ona qiyofasini muayyan darajada tavsiflaydi.
Biroq, yo‘l-yo‘lakay berilgan shtrixlar obraz mohiyatini ochib berish uchun
yetarli emas. Muallif qahramon vafoti bilan bo‘g‘liq hayotiy an’anaga bir necha
vazifani yuklaydi. Binobarin, mahalla ahlining marhumga munosabati o‘zbek
ayoli timsolining umumlashmasini ifodalaydi: “Bekatga chiqishganda trolleybus
kelib qoldi. To‘xtashi bilan duv etib o‘ttiztacha erkak tushdi-yu tobutga yopishdi.
- Kim? - deb so‘radi ziyolinamo ko‘zoynakli yigit Iskandarning yonida ko‘z
yoshini to‘nining yengiga artib ketayotgan Xolmat akadan.
- Otinoyim!
- Iye! -ko‘zoynakli yigit rangi o‘chgancha tobutga qaytadan tirmashdi”
10
.
Mazkur tasvir shakli onaning mahallada tutgan mavqeyi yuksakligidan
dalolat beradi. To‘g‘ri, milliy an’analarimizga ko‘ra qazo qilgan insonni
hurmatlash, u haqda yomon gaplardan tiyinish odat tusiga kirgan. Biroq bu
o‘rinda muallif Otinoyi timsolini xarakterli tafsillar bilan ta’riflab boradi,
kitobxonni ruhiy holatga tayyorlaydi. Hikoyadagi ikkinchi sujet chizig‘i Iskandar
obrazi ziddiyatlarini aks ettiradi. Bu xarakter tabiatidagi murakkablik farzandning
onaga munosabati orqali aniqlikka erishadi. Asarda o‘rni-o‘rni bilan qo‘llangan
jo‘shqin lirizm ifoda tiniqligi hamda xarakterlararo uyg‘unlikni yuzaga chiqaradi.
Marosim mobaynida Iskandar xotiralarida jonlantiriladigan voqealar
silsilasi ona obrazini izchil suratda yangi-yangi qirralar bilan boyitib boradi
hamda hikoya adog‘ida qahramon tiynati o‘zbekona milliy mohiyatga aylanadi.
10
Hoshimov O‘. O‘zbeklar. Toshkent: G'afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2011. -B. 49.
“O`zbeklar” hikoyasi kulminatsiyasida uch qahramonning o`zaro
munosabati tursa-da, muallif asosiy e’tiborini ona siymosi umumlashmasini
tadqiq etishga yo‘naltiradi. Voqealar bayonida adib har bir surat, manzara,
holatning tabiiy chiqishiga urg‘u beradi. Mahalla-ko‘yning faryod chekishi,
bolalarning to‘n kiyib, tobut oldida “buvijonim” deb yig‘lashi, Xolmat akaning
tushkun kayfiyati Otinoyi qiyofasida yashirin ulkan mehr-oqibatning samarasidir.
Farzandning karaxt ahvolga tushib qolishi ham tabiiy asosga ega. Qolaversa,
Iskandar Vahobovich ilk bor xalq an’analarining ulug‘vorligini, Otinoyining el-
yurt orasida tutgan mavqeyini his qiladi:
“Iskandar
yuk
mashinasi
faqat
stol-stulni
olib
kelishga
mo‘ljallanmaganligini tushundi. Laylaktepa olis, to‘rt chaqirim keladi. Oyog‘i
ostida o‘ralashayotgan o‘n-o‘n ikki yashar bolakaylar ham to‘n kiyib, belini
bog‘lab olganiga avval hayron qoldi-yu, keyin tushunganday bo‘ldi. Ehtimol,
Xolmat akaning bolalaridir, ehtimol qo‘shni bolalardir...
...old tomoniga paranji, orqasiga mursak yopilgan tobutni olib
chiqishganida hammayoq dilni o‘rtovchi faryodga to‘lib ketdi. Kelinoyi, Bahri
xola, Muattar xola, allaqanday qizlar, kelinlar chuvvos solib tobut ketidan
yugurishdi.
- Voy onam!
- Ro‘shnolik ko‘rmagan onam!
To‘n kiyib, belbog‘ bog‘lagan bolakaylar ko‘zidan duv-duv yosh oqib:
“Buvijonim, buvijonim!” deb chirillashar edi. Xolmat akaning mo‘ylovi
ho‘l bo‘lib ketgan, nuqul titraydi:
- Hammamizning onamiz edingiz-a!”
11
.
Yozuvchi Iskandar tabiatiga bo‘yoqdor chizgilar berar ekan, bir haqiqatni
kashf etadi: e’tiqod mustahkamligi milliy an’analar, qadriyatlar va urf-odatlarga
sodiqlikdan boshlanadi. Ayniqsa, mentalitetga xos ezgu udumlar mahallada
barqaror ko‘rinishga ega. Aynan noqobil farzandning fojiasi ham el-yurtdan
11
Hoshimov O'. O'zbeklar. – Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot — matbaa ijodiy uyi, 2011. -B. 48.
uzoqlashganligi, aniqrog‘i milliy qadriyatlarni unutayozganligi bilan bog‘liq,
Shunga qaramay, Iskandar Vahobovichning ko‘zi ochiladi. Voqealar silsilasida u
o‘zligiga nazar tashlaydi.
Hikoyada e’tiborni tortadigan epizodik obraz - qo‘shni Xolmat aka timsoli
ham muayyan maqsadga bo‘ysundirilgan. Adib undagi mehr-oqibatni Iskandar
qiyofasidagi ziddiyatlarga qarshi qo‘yadi. Qahramon xarakteri hamda ruhiyatini
kontrast tasvir va analogik tahlil ham farzand, ham ona xarakterini yorqin
ifodalashga yordam beradi.
Provodnik Xolmat aka asarning ikki-uch lavhasida ishtirok etsa-da, oddiy
xalqning tipik vakili darajasiga ko‘tariladi. Dastavval, kitobxon uni sodda, to‘pori
ko‘rinishda tasavvur qiladi. Voqealar oqimida Xolmat akaning yangi sifatlari
namoyon bo‘la boradi. Aynan Otinoyining vasiyatidan xabardorligi (nega farzand
emas) qo‘shnisi bilan munosabatlari teranligini milliy, umuminsoniy mohiyatga
yo‘naltirilganini ko‘rsatadi. Voqealar dramatizmi hikoya adog‘ida eng yuqori
nuqtaga ko‘tariladi:
“...Iskandar o‘ylagandek tobutni mashinaga ortishmadi. Yelkada
ko‘targancha yo‘lga tushishdi. Iskandar tobut bandidan ushlab olti-yetti qadam
yurgan edi, uni siqib chiqarishdi. U tobut bandiga hadeb qo‘l cho‘zar, ammo
navbat tegmas edi. Tanish-notanish odamlar goh oldinga, goh orqaga o‘tib
talashib-tortishib tobutga yopishar, har kim iloji boricha ko‘proq ko‘tarishga,
yelkasini uzoqroq tutib berishga harakat qilar edi.
...Ko‘chada harakat butunlay to‘xtab qoldi. Burilishga yetganlarida
Iskandar beixtiyor orqasiga qaradi. Odamlar oqimi ikki bekat orasiga cho‘zilib,
butun ko‘chani to‘ldirib kelar, tobut ularning yelkasida osoyishta tebralib borar,
oqimga yangidan-yangi odamlar kelib qo‘shilar, qo‘shilar, qo‘shilar edi...”
12
.
Kuzatganimizdek, Iskandar Vahobovich hatto milliy an’anani, ya’ni
tobutni yelkama-yelka ko‘tarib, oxirgi manzilga mayitning hurmatini joyi
yetkazib qo‘yishdek oddiy milliy urf-odatni ham unutgan. U tobutni xuddi xristian
12 Hoshimov O. O'zbeklar, Toshkent; G'otur G'ulom nomidagi nashriyot — matbaa ijodiy uyi, 2011,-B.49.
dinidagidek, “tobutni mashinaga ortishadi”, deb o`ylaydi. Bu esa, ayni paytda,
qahramonning ijtimoiy-psixologik jihatdan o‘zgarganligini ko‘rsatib turibdi.
Epik bayon ona qiyofasining ulug‘vorligi, millat sajiyasini o‘ziga
singdirganligi, umuminsoniy masalalarni uyushtirib turganligi bilan diqqatga
sazovordir. Ikkinchidan, insonlararo, xarakterlararo va millatlararo mushtaraklik
voqealar tizimining umumiy ifodasini aks ettiradi. Shu tariqa, obrazning xolis
yaratilgan turfa qirralari davr va psixologik tasvirning dramatik va hissiy bosimini
shakllantiradi. Muallif aksar talqinlarda milliy an’analarning hamohanglikni
uyushtirish, o‘zaro hamjihatlikni bo‘rttirish vositasida o‘ziga xos ma’naviy
konsepsiya yaratadi. Bu ma’naviy konsepsiyaning bir o‘q ildizi ma’rifiy tarbiya
asoslariga yo‘naltirilsa, ikkinchi o‘q ildizi ruhiyat va umuminsoniy qadriyatlar
orasidagi muvozanatni tiklashga borib taqaladi. To‘g‘rirog`i, adib ijodining
mag‘zini e’tiqod butunligi, insonning axloqiy sifatlari, milliy qadriyatlar talqini,
ulug‘vor xalq an’analari tashkil etadi. Vafot etgan insonni oxirgi manzilga
yetkazish tanish-notanish bo‘lsin, o‘zbek uchun ham farz, ham qarz sanaladi. Bu
umuminsoniy milliy an’ana adibning “Inson xotirasi” publitsistik maqolasida ham
o‘z aksini topgan.
O‘.Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi ko‘p jihatdan yirik hajmdagi
“Ikki eshik orasi” romaniga poydevor bo‘lgan. Ahamiyat beraylik, “Dunyoning
ishlari” qissasi muallifning onasi vafoti bilan boshlanib uni qabrga qo‘yish bilan
yakunlanadi. Xuddi shuningdek, “Ikki eshik orasi” romani ham Muzaffarning
onasi Ra'noning vafoti haqidagi telegramma xabari bilan boshlanib,
qahramonning Qo‘qonga avtobusda yetib borishi bilan yakunlanadi. “O‘zbeklar”
hikoyasida ham Otinoyining o‘limi va mahalla onasining qabrga qo‘yilishi kabi
ona obrazi bilan bog‘liq motivlar har uchala asarning asosini tashkil etmoqda.
Ammo uch asarda ona vafoti muallifda, ya’ni “Dunyoning ishlari” qissasida,
Iskandar Vahobovichda ya’ni “O‘zbeklar” hikoyasida, Muzaffar Shomurodovda
ya’ni “Ikki eshik orasi”da turli xil hissiyotlar uyg‘otib, kitobxonni turfa
xulosalarga, badiiy xulosalar kelishga zamin yaratgan. “Dunyoning ishlari”
qissasi qahramoni onasiga tirikligida yetarlicha e’tibor bera olmaganligidan,
mehr-muhabbat ko‘rsata olmaganligidan aziyat chekadi.
“O‘zbeklar”da esa hikoya qahramoni Iskandar Vahobovich mahallaning otinoyisi
darajasiga chiqqan oddiy ayolning shunchalik obro‘-e’tiborga ega bo‘lganligidan
hayratga tushib, o‘zini-o‘zi taftish etishga tushadi. Bu taftish etish, xotira-xayol
elementlarining keng miqyosda ishlatilishi jihatidan “Dunyoning ishlari” qissasi,
ohangini esga soladi. Muzaffarning esa hayoti, taqdiri alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib
ketgan. Bunga, avvalo, onasi Ra’no sababchidek. Ammo adib urush va uning
asoratlari tufayli hayoti va qismati zaharga aylangan uch avlod taqdirini mahorat
bilan aks ettirgan. Muzaffar avtobusda ikki soatlik yo‘lda ketar ekan, romanda
butun Nag‘ayqo‘rg‘onliklarning 30-yildan to 70-yillargacha bo‘lgan tarixi,
kishilar qismati hikoya etiladi. Ona ta’ziyasiga ketgan o‘g‘il qalbi bu mash’um
xabardan larzaga tushmaydi. Aksincha, uning taqdiri va hayotining chalkashib
ketishiga qaysidir ma’noda sababchi bo‘lgan onasi vafotiga bee’tibor qoladi.
“Ikki eshik orasi” romanida oy bilan, alvasti ko‘prik bilan, shumqadam
odam bilan, non bilan, qiyiqcha chetiga gul to‘qish, milliy o`zbek do‘ppilari bilan,
milliy bolalar folklori bilan (milliy bolalar o‘yinlari: lanka tepish, yong‘oq bilan
urib o‘ynaladigan soqqa o‘yin, varrak uchirish) bo‘g‘liq qator tasvirlar borki,
bular hammasi o‘zbekning mingyillik an’ana va udumlari bilan bo‘g‘liq.
O‘.Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasida Klava xola operatsiya
qildirish uchun shifokorga pora berishga majbur bo‘ladi. Bu kichkina holat
millatning naqadar o‘zligidan uzoqlashayotgani, asrlar osha birovning haqi harom
deb o`rgatgan o‘zbeklar orasida tuban urf-odatlar, rusumlar paydo bo‘layotganini
ko‘rsatadi. Bu detal e’tiqod hamda an’ana uyg‘unligi asosiga qurilgan milliy
tarbiyaning susayganligidan dalolat beradi. Zero, har bir xalqning ruhiy
barqarorligini ma’naviy qadriyatlarga munosabat, milliy aqidalarning — ijtimoiy
ongdagi barqarorligi tashkil etadi.
Adabiyotshunos A.Rasulov adibning onalar qiyofasini yaratishdagi
izlanishlarini o‘rganar ekan, Acha xola qiyofasi va uning olti qirrali toshi-
“muhra”ning nima ekanligini aniqlash uchun yozuvchining sa’y harakatlari
haqida shunday ma’lumot beradi: “Dunyoning ishlari”, bir qaraganda, juda oson
yozilgan ko‘rinadi: muhimi hamma qahramonlar tanish. Lekin bittagina detalni
aniqlash uchun yozuvchi olam-jahon aziyat chekishi mumkin. Qissada Acha
xolaning olti qirrali toshi haqida gap bor. Yozuvchi bu tosh muhra deyilishini
aytgan. Ammo muhra so‘zini bilib olish uchun u o‘nlab lo‘lilarga fol ochtirgan,
avranib-avragan va muhrani bilib olgan”
13
,- deb yozadi.
“Dunyoning ishlari” qissasida adib eng kichik badiiy tasvirlarda ham
mingyillik milliy an’ana va qadriyatlarning go‘zal tasvirlarini mahorat bilan
berishga muvaffaq bo‘ladi. Chunonchi, “Ermon buvaning tilagi” hikoyasida
farzand dog‘ida kuyib-ado bo‘lgan ona o‘g‘li Oltmishvoy tishlab ketgan nonni
ko‘z qorachig‘idek asrab «Tokchalarga eski barkashdan bezak qilib qo‘yilgan
xonaga kirishim bilan eng avval nonga ko‘zim tushdi. Bunaqangi chiroyli nonni
birinchi ko‘rishim edi. Ustiga sedana sepilgan, qip-qizil patir non. Qiziq, nonni
negadir devorga mixlab qo‘yishibdi. Bir chekkasi kemtik.
-
Oyi-i, non! - dedim yalinib.
Oyim yarq etib qaradi-yu, labini tishlab bosh chayqadi. Bildimki, onam
uyalyapti. Bilaman, dunyoda Habiba buvidan saxiy odam yo‘q.
-
Buvi, non, - dedim yana o‘sha ohangda. Devordagi nonni ko‘rsatdim. -
Buvi. no-o-on!
Qiziq, negadir Habiba buvi bu safar saxiylik qilmadi.
- Bu nonga tegib bo‘lmaydi, ko‘paygur, -dedi boshimni silab. Qorningni
qorachig‘idan aylanay, tegib bo‘lmaydi. Bu non Oltmishvoy akangniki.
Ko‘rdingmi, bir chetini tishlab ketgan. Kelganida yana bitta tishlaydi-da,
qolganini senga beraman...”
14
.
Qadim an’analarimizga ko‘ra erkaklar uzoq safarga ketishlaridan oldin non
tishlab ketishgan, xalq e’tiqod va ishonchlariga ko‘ra tishlab ketilgan nasiba
egasini qaytarib olib kelishiga ishonilgan. Qissada Habiba buvi o‘zbek xalqining
13 Rasulov A, Ardoqli adib. – Toshkent: “ Sharq”. 2001. — B.95.
14 Hoshimov O'. Dunyoning ishlari. – Toshkent: “Sharq”, 2008. -B. 60.
ana shu milliy e’tiqodiga ko‘ra o‘g‘li Oltmishvoy tishlab ketgan nonni avaylab-
asraydi.
Asarda Poshsha xola, Habiba buvi kabi onalar obrazidan tashqari Acha xola
(lo‘li folbin), Klava xola (rus ayol), Bashoratxon, Zebi xola (O‘ris bolaning oyisi),
Sepqilli xola (Poshsha xolaning qo‘shnisi), Amma (muallifning ammasi), Oltin
xola (qo‘shni), Ra’no, Ko‘hlik juvon (poliklinikada eriga xiyonat etgan ayol),
Risolat opa (muallim), Mehri xola, Huri (savdogar ayol), Guli (ikkiqat kelin),
yosh juvon, kelinoyi, Niso xola (Toyning oyisi ), sovchi xotinlar obrazi mahorat
bilan yoritilgan. Ularning millati va kasbidan qat’iy nazar adib ularni, avvalo, ona
sifatida kashf etadi.
Xalq turmush darajasi, odat va ko‘nikmalari asrlar davomida jiddiy
yangilandi. Aslida milliy an’analar tarixi odamzod fikrlash doirasining uzviy
qismi hisoblanadi. Binobarin, adibning yirik asarlari — “Ikki eshik orasi” va
“Tushda kechgan umrlar” romanlarida talqin qilingan to‘y manzarasi mushtarak
milliy belgilarga egaligi bilan bir qatorda badiiy makon va zamonda o‘zaro
tafovutlanadi. Ikkala badiiy asarni ham bog‘lab turadigan xususiyat – milliy
marosim tasviri uch qahramon talqinida berilishidir. Mazkur uslubiy manera bir
tomondan, voqelikni turfa nuqtalardan estetik baholashga sharoit tug‘dirsa,
ikkinchi tomondan, tafsilotni butun murakkabligi, ikir-chikirlarigacha qamrab
olishga yordamlashadi.
“Yong‘oq pishgan kezlari uyimizda to‘y bo‘ldi. Abduvalining dadasi
“Tuya” sartarosh bostirma panasida qo‘y so‘yib, oyog‘idan olma shoxiga osib
qo‘ydi. Hovlining o‘rtasida chuqur qazidi. Besh-oltita erkak “ha bo‘l, ha bo‘l”
qilganicha eshikdan qiyalatib doshqozon olib kirishdi. Boyagi chuqurga
o‘rnatishdi. Biz ham yasanib olganmiz. Dadam ataylab Toshkentga tushib, menga
yangi kostyum-shim, oyog‘imga botinka olib kelgan. Boshimda yap-yangi
baxmal do‘ppi...
Qorongi tushar-tushmas tumonat odam to‘plandi. Bashang kiyingan
erkaklar, yasan-tusan qilgan xotinlar...
...qarasam hovli o‘rtasida lovullab gulxan yonayapti. Kattakon to‘nkadan
charsillab olov sachrayapti. Doshqozon boshida kuymalanayotgan sariq xotin –
Abduvalining oyisi gulxan atrofida irg‘ishlayotgan bolalarga qo‘lidagi
cho‘michni o‘qtalib baqirayapti:
- Yonib ketasan, tinmagur taka! Yonib ketasan!
Dadamni tanimay qolibman. Vuy! Shu-o‘zimning dadammi? Engida
havorang kostyum, boshida yap-yangi chust do‘ppi, mo‘ylovi tekis tarashlangan.
Iye, dadamning shuncha orderi bor ekanmi? Bitta…ikkita…uchta…”
15
.
Muzaffar tilidan bayon etilgan to‘y tasviri o‘zining soddaligi va tiniqiligi
bilan ajralib turadi. Undagi milliy an’ana obyektiv kategoriya sifatida obrazni
to‘ldiradigan, hayotiy tafsilotlarning hissiy qamrovini belgilaydigan estetik birlik
sifatida gavdalanadi. Romanda epizodlarni saralash, uyushtirish va g‘oyaviy-
badiiy jihatlarni jamlash ustuvorlik qiladi. To‘y tafsilotlari manzaralari yoshgina
bolakayning kuzatishlari hosilasidir. Shu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki,
marosim bilan bo‘g‘liq ichki nutq aynan bola tilidan berilishi ifodaning
optimalligini ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Monologik ong zamirida tiniq bir
samimiyat, qiziquvchanlik va sinchkovlikka moyillik milliy rasm-rusumlar
tabiatida xalq zakosiga xos ulug‘vorlik yotganligini idrok etgan Muzaffar
hikoyasida epik izchillik sezilmaydi. Voqeliklar bola tili bayonida, aslida muallif
estetik tamoyillarida uyg‘unlashib, muayyan poetik maqsad - milliy aqidalarga
bo‘lgan munosabatni aks ettiradi. Yozuvchi to‘y lavhasini chizar ekan, yosh
xususiyatlarga xos talab va taklifni ham yoddan chiqarmaydi. Ayni paytda,
ma’naviy qadriyatlarga munosabat Muzaffar qiyofasida tavsifiy alomatlarni
mujassamlashtiradi.
Adabiyotshunos A.Rasulov adib ijodiy laboratoriyasini ilmiy asosda
kuzatar ekan, shunday deydi: “Dunyoning ishlari” betakror go‘zal asar. Ayni
vaqtda u “Ikki eshik orasi” romanining yozilishiga tayyorgarlik bosqichi bo‘ldi.
“Ikki eshik orasi”da “Dunyoning ishlari”dagi deyarli barcha qahramon,
personajlar bor. Lekin ular romanda boshqa yo‘nalishda harakat qiladilar, yangi
15
Hoshimov O‘. Tanlangan asarlar. V Jild. Ikki eshik orasi. – Toshkent: Sharq, 2012. -B.105-106.
g‘oyaviy “yukni” tashiydilar”
16
. Darhaqiqat, O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning
ishlari” qissasidagi ko‘plab obraz va personajlar navbatdagi badiiy mukammal,
yirik hajmdagi asarlar uchun xamirturush vazifasini o‘tadi. Yuqorida biz
“Dunyoning ishlari” qissasidagi Habiba buvi obrazining “O‘zbeklar” hikoyasi
qahramoni Otinoyi obrazi uchun badiiy asos bo‘lganligini ta’kidlagan edik. Xuddi
shuningdek, Ermon buva va Habiba buvi obrazlari “Ikki eshik orasi”dagi Husan
duma, uning turmush o‘rtogi - Qora ammaga ko‘chganligini adabiyotshunos
A.Rasulov ham ta’kidlaganlar. Demak, ona obrazini mukammal darajada yaratish
asardan asarga, janrdan janrga tomon o‘sib borgan. Adibning ideal o‘zbek onasi
Poshsho xola - Habiba buvi -Otinoyi - Qora amma timsollarida yanada badiiy
bo‘yoqlar quyuqlashib bordi.
Shuningdek, “Dunyoning ishlari” qissasidagi Habiba buvi va Ermon buva
obrazlari ko‘p jihatdan “Ikki eshik orasi” romanidagi Komil tabib bilan Lazakat
xola obrazlarini eslatadi.
“Tushda kechgan umrlar” romanida esa muallif marosim jarayonini
o‘zgacha miqyosda suratlaydi. To‘g‘rirog‘i, to‘y tafsilotlari rus millati vakili -
Grisha tomonidan sharhlanadi, analitik xarakter kasb etadi. Qahramonning
kinoyaviy, istehzoli nutqi tabiiy asoslarga ega. Negaki, Grigoriy O‘zbekistonga
yordam berish uchun kelgan mutaxassis sanaladi. Unda allaqachon millat haqida
salbiy fikr uyg‘otilgan. Shunday ekan qahramon nutqida o‘zbek xalqiga bo‘lgan
nafrat zohir topadi. Uning fikricha, hamma o‘zbeklar poraxo‘r, bosmachi, o‘g‘ri.
Shu tariqa sobiq Ittifoq miqyosida shakllangan aqida - o‘zga millatlarga
bepisandlarcha munosabat tadqiq sahniga chiqadi. Personaj kuzatishlarida
voqelik silsilasi muayyan izchillikda beriladi. Estetik mezon - hodisalarni o‘z
qarichi bilan o‘lchashi obraz tabiatiga tashqi tavsif alomatlarini singdirish bilan
bir qatorda millat an’analarining davrga hamohang evrilishlarini ham qamrab
oladi. Tasvirdagi uslubiy-sintaktik parallelizm an’analarning millat hayotiga
ta’siri, ijtimoiy-falsafiy-ma’naviy qirralarini jipslashtiradi. Adib izlanishlarida
16
Rasulov A. Ardoqli adib. - Toshkent: “Sharq”, 2001. -B. 98.
mantiqiy ta’kidlarning tez-tez qo‘llanishi tavsifiy munosabatlarning ma’rifiy
salmog‘i va tarbiyaviy ahamiyati badiiy mezonni belgilaydi.
Ikki asardagi psixologik lavhalar tabiatini umumiy belgilar birlashtirib
tursa-da, zamon ruhining millat an’analariga ta’siri ularning o‘zaro tafovutini
ko‘rsatadi. Moddiy-ma’naviy asos ham urf-odatlarga, ham odamlar ruhiyatiga o‘z
muhrini bosadi. Shu nuqtayi nazardan “Tushda kechgan umrlar” romanidagi
milliy an’ana yangicha odat va ko‘nikmalar, rasm-rusum va udumlar
bilanboyiganligi urg‘ulanadi. An’analarning zamonaviy talqini yosh avlod ongiga
ham ijobiy, ham salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Xususan, nahor oshi, qiz bazmi
singari an’analar bir tomondan, ijtimoiy qatlamlarni uyushtirishga xizmat qilsa,
ikkinchi tomondan, yoshlar tarbiyasiga salbiy aqidaparastlikni singdirishi
mumkin. Buni yaxshi idrok etgan adib milliy ananalarning gumanistik mohiyatini
poetik tahlil markaziga yo‘naltiradi. Obraz va obrazlararo munosabatning
ma’nosini to‘ldiradigan, izohlaydigan hamda tartibga soladigan spetsifik belgilar
xalq sajiyasining umumiy qiyofasini belgilaydi.
O‘.Hoshimov asarlaridagi ko‘pqatlamlilik, eng avvalo, muallifning nutq
tiplaridan foydalanish ichki monologda namoyon bo‘ladi. Uning ijodiy uslubi
adabiyotning bosh mezoni hisoblangan milliy qadriyat va badiiy shartlilikning
o‘zaro munosabatiga asoslangan. Ifoda usulining qudrati yangilik, originallikda
emas, balki voqealar hayotiyligi, tafsilotlarning uyg‘unligi negizida rivojlanadi.
Roman kompozitsion qurilishdagi hissiy-tahliliy uslubning ustuvorligi lirik
hissiyotga moyillik bilan qorishib ketadi. Xususan, adib jamiyat va shaxs
munosabatlaridagi milliy an’analar tasviriga ko‘proq urg‘u beradi. Natijada,
yozuvchi badiiy maqsadlarining tayanch nuqtasini e’tiqod erkinligi tashkil etadi.
Shu ma’noda O‘tkir Hoshimov eng razil, qabih qahramonlarni ham qoralamaydi,
balki ularning hissiy-psixologik holatlarini anglashga va maksimal darajada
ifodalashga intiladi. E’tiqodsizlik, manqurtlik fojiasi va ularning sabab-oqibatlari
muallif talqinida eng ayanchli muammoga aylanadi.
Yozuvchi milliy an’analar ko‘lami yordamida obraz tabiatining ikki
qirrasini
ochadi: bir tomondan, shakllangan e’tiqod, ona timsolining umumiy sajiyasini aks
ettirsa, ikkinchi tomondan, qadriyatlarga munosabat fe’l-atvor o‘zgachaligini
belgilab beradi. Demak, yozuvchi an’anaviylikning yashovchanlik xususiyatlarini
tasvirlash bilan birga sof estetik qadriyatlarning insonlararo munosabatlariga
ta’sirini umumlashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Aslida milliy ma’naviyat va
ma’rifiy, tarbiya ikki taraflama aloqadorlikka tayanadi. Birinchidan, har bir
o‘zbek qonida nasl-nasabi belgilaydigan millat sajiyasi yotadi. Ikkinchidan,
mazkur tabiiy e’tiqod ijtimoiy-siyosiy evrilishlar zamirida yangicha shakl-
shamoyilga ega bo‘ladi. Bu ikki jihat yaxlit holda qahramon ruhiyati va faoliyatini
bog‘lab turadi.
Dostları ilə paylaş: |