Pedagogik mahorat – pedagogik kategoriya sifatida. «Ta’lim to‘g`risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»



Yüklə 37,78 Kb.
səhifə5/6
tarix18.05.2022
ölçüsü37,78 Kb.
#87286
1   2   3   4   5   6
Документ Microsoft Word

Pedagogik takt tushunchasi. Takt ahloqiy tushuncha bo‘lib, u insonlarning o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirish, tartibga solish, insonparvarlik g’oyalariga asoslangan bo‘lib, andishali hulq, har qanday ziddiyatli vaziyatlarda ham inson hurmati saqlanib qolishini talab qiladi. Har bir insondan, ayniqsa o‘qituvchidan andishali bo‘lish talab qilinadi.
Boshqacha qilib aytganda, pedagogik takt bu o‘qituvchining ta’lim oluvchilar oldida o‘zini tutishni bilishi, ta’lim oluvchining holatini, intilishlari, qiziqishlarini tushuna olishi va eng samarali ta’sir yo‘lini topa olishidir.
Pedagogik takt – o‘qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo‘lib, o‘quv­chilarga barcha demokratik talablar asosida pedagogik ta’sir o‘tkazish, muloqotni insonparvarlik tuyg’ulari asosida o‘rnatish o‘lchovi, o‘quv­chilarda mustaqil fikr yuritishni hamda ongli intizomni tarkib toptirish ko‘nikmalarini hosil qilish shaklidir. Pedagogikada o‘qi­tuvchining o‘quv­chilar bilan munosabati ularning yosh xususiyatlariga qarab belgi­lanishi va bu qonuniyatga amal qilinishi qat’iy talab qilinadi. Shunday ekan, o‘qituvchi ta’lim–tarbiya jarayonida hali to‘liq shakllanmagan, ta’s­irlarga va ruhiy kechinmalarga tez beriluvchi, ota–onasining sevimli farzandi bo‘lgan murg’ak qalb egalari bilan muloqot qilayotganligini aslo unutmasligi kerak.
O‘quvchilar bilan muloqotda pedagogik taktga zid bo‘lgan qo‘pollik, adolatsizlik, qo‘rqitish, haqorat, mensimaslik, pedagogikaga zid bo‘lgan jazolash usullarini qo‘llash va boshqa ular shaxsiga salbiy ta’sir qiladigan turli jargon so‘zlar ishlatish o‘quvchilar qalbini umuman tuzalmaydigan darajada jarohatlab qo‘yishi, yoki o‘qituvchining obro‘siga putur etka­zishi mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi bunday qarama-qarshi­liklar, ko‘pincha, dars va darsdan tashqari jarayonlarda sodir bo‘ladi. Bunda ayniqsa yosh o‘qituvchilarning pedagogik takt sirlarini bilmasligi, tajribasizligi pand beradi.
O‘qituvchining taktik mahorati birdaniga shakllanib qolmaydi, u yillar davomida pedagogik faoliyatda, ustozlar tajribasini o‘rganishda, dars jarayonida, sinfdan tashqari faoliyatda va tarbiyaviy soatlarda o‘quv­chilar bilan muloqotda takomillashib boradi. Dars jarayonida peda­gogik mahoratning asosi bo‘lmish pedagogik taktga ega bo‘lish o‘qi­tuvchi uchun juda zarurdir.
Shunday qilib, pedagogik takt bu o‘qituvchining ta’lim oluvchilarga nisbatan amalga oshiradigan ta’sirining mezonidir.



Yüklə 37,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə