Pedagogik qobiliyat, uning kasbiy faoliyatdagi roli


SHaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi



Yüklə 376,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/38
tarix26.04.2022
ölçüsü376,83 Kb.
#86077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Pedagogik qobiliyat, uning kasbiy faoliyatdagi roli. Shaxsning i

SHaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi

 

Odamlarning  o„quv,  mehnat  va  ijodiy  faoliyatidagi  o„ziga  xoslikni 



tushuntirish  uchun  psixologiya  fani  birinchi  navbatda  qobiliyatlar  va  iqtidor 

masalasiga  murojaat  qiladi.  CHunki  qobiliyatli  odamdan  avvalo  jamiyat 

manfaatdor,  qolaversa,  o„sha  insonning  o„zi  ham  qilgan  har  bir  harakatidan  o„zi 

uchun naf ko„radi. 

Qobiliyatlar  muammosi  eng  avvalo  inson  aqlu-zakovatining  sifati,  undagi 

malaka,  ko„nikma  va  bilimlarning  borligi  masalasi  bilan  bog„liq.  Ayniqsa,  biror 

kasbning  egasi  bo„lish  istagidagi  har  bir  yoshning  aqli  va  intellektual  salohiyati 

uning  malakali  mutaxassis  bo„lib  etishishini  kafolatlagani  uchun  ham 

psixologiyada ko„proq qobiliyat tushunchasi aql zakovat tushunchasi bilan bog„lab 

o„rganiladi.  Har  bir  normal  odam  o„zining  aqlli  bo„lishini  xohlaydi,  «Men 

aqlliman»  demasa-da,  qilgan  barcha  ishlari,  gapirgan  gapi,  yuritgan  mulohazasi 

bilan  aynan  shu  sifat  bilan  odamlar  uni  maqtashlarini  xohlaydi.  «Aqlsiz,  nodon» 

degan sifat esa har qanday odamni, hattoki, yosh bolani ham hafa qiladi. YAna shu 

narsa  xarakterliki,  ayniqsa,  bizning  sharq  halqlarida  biror  kimsaga  nisbatan  «o„ta 

aqlli» yoki «o„ta nodon» iboralari ham ishlatilmaydi, biz bu xususiyatlarni o„rtacha 

tasniflar  doirasida  ishlatamiz:  «Falonchining  o„g„li  anchagina  aqlli  bo„libdi, 

narigining  farzandi  esa  biroz  nodon  bo„lib,  ota-onasini  ko„ydirayotgan  emish» 

degan  iboralar  aslida  «aqllilik»  kategoriyasi  insonning  yuragiga  yaqin  eng  nozik 

sifatlariga aloqadorligini  bildiradi. 

Ilm-fandagi an‟analar shundayki, aql va idrok masalasi, odamning intellektiga 

bog„liq  sifatlar  juda  ko„plab  tadqiqotlar  ob‟ekti  bo„lgan.  Olimlar  qobiliyatlarning 

rivojlanish  mexanizmlari,  ularning  psixologik  tarkibi  va  tizimini  aniqlashga, 

ishonchli  metodikalar  yaratib,  har  bir  kishining  aqli  sifatiga  aloqador  bo„lgan 

ko„rsatgichni  o„lchashga  uringanlar.  Ko„pchilik  olimlar  odam  intellektida  uning 

verbal  (ya‟ni  so„zlarda  ifodalanadigan),  mikdoriy  (sonlarda  ifodalanadigan), 

fazoviy  ko„rsatgichlarni  aniqlab,  ularga  yana  mantiq,  xotira  va  hayol  jarayonlari 

bilan bog„liq jihatlarni ham qo„shganlar.  

CH.  Spirmen  faktorial  analiz  metodi  yordamida  yuqorida  sanab  o„tilgan 




ko„rsatgichlar  o„rtasida  bog„liqlik  borligini  isbot  qilib,  aqlning  haqiqatan  ham 

murakkab tuzilmaga ega bo„lgan psixik xususiyat ekanligini ko„rsatdi. Boshqa bir 

olim  Dj.  Gilford esa aqlni bir qator  aqliy  operastiyalar  (analiz,  sintez, taqqoslash, 

mavxumlashtirish,  umumlashtirish,  sistemaga  solish,  klassifikastiya  qilish) 

natijasida  namoyon  bo„ladigan  xususiyat  sifatida  o„rganishni  taklif  etgan.  Bu 

olimlar aql so„zidan ko„ra intellekt so„zini ko„proq ishlatib, bu so„zning o„ziga xos 

talqini  borligiga  e‟tiborni  qaratganlar.  CHunki  ularning  fikricha,  intellektual 

potenstialga  ega  bo„lgan  shaxsnigina  qobiliyatli,  deb  atash  mumkin.  Intellektual 

potenstial  esa  bir  tomondan  hayotdagi  barcha  jarayonlarga,  boshqa  tomondan  - 

shaxsga  bevosita  aloqador  tushuncha  sifatida  qaralgan  va  uning  ahamiyati 

shundaki,  u  borliqni  va  bo„ladigan  hodisalarni  oldindan  bashorat  qilishga  imkon 

beradi.  SHu  o„rinda  «intellekt»  so„zining  lug„aviy  ma‟nosini  tushunib  olaylik. 

Intellekt - lotincha so„z - intellectus - tushunish, bilish va intellectum - aql so„zlari 

negizidan paydo bo„lgan tushuncha bo„lib, u aql-idrokning shunday bo„lagiki, uni 

o„lchab,  o„zgartirib,  rivojlantirib  bo„ladi.  Bu  -  intellekt  va  u  bilan  bog„liq 

qobiliyatlar  ijtimoiy  xarakterga  ega  ekanligidan  darak  beradi.  Darhaqiqat, 

qobiliyatlar  va  intellektga  bevosita  tashqi  muhit,  undagi  insoniy  munosabatlar, 

yashash davri ta‟sir ko„rsatadi. Buni biz bugungi kunimiz misolida ham ko„rib, his 

qilib  turibmiz.  YAngi  avlod vakillari  -  kelajagini  XX1  asr bilan bog„lagan o„g„il-

qizlarning  intellekt  darajasi  ularning  ota  -  bobolarinikidan  ancha  yuqori.  Hozirgi 

bolalar  kompyuter  texnikasidan  tortib,  texnikaning  barcha  turlari  juda  tez 

o„zlashtirib olmoqda, jaxon tillaridan bir nechtasi bilish ko„pchilik uchun muammo 

bo„lmay qoldi, minglab topshiriqlardan iborat testlarni ham yoshlar o„zlashtirishda 

qiynalmayaptilar.  Qolaversa,  oila  muhitining  aql  o„sishiga  ta‟sirini  hamma  bilsa 

kerak.  Agar  bola  oilada  ilk  yoshligidan  ma‟rifiy  muhitda  tarbiyalansa,  uning 

dunyoqarashi  keng,  xoxlagan  soha  predmetlaridan  beriladigan  materiallarni  juda 

tez  va  qiyinchiliksiz  o„zlashtira  oladi.  Hattoki,  bunday  bolaga  oliy  o„quv  yurtida 

beriladigan  ayrim  predmetlar  mazmuni  ham  o„ta  tushunarli,  ular  yanada 

murakkabroq masalalarni echishni xohlaydi. 


Yüklə 376,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə