Pedagogik qobiliyat, uning kasbiy faoliyatdagi roli


Qobiliyatlar va qiziqishlar diagnostikasi



Yüklə 376,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/38
tarix26.04.2022
ölçüsü376,83 Kb.
#86077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
Pedagogik qobiliyat, uning kasbiy faoliyatdagi roli. Shaxsning i

 

Qobiliyatlar va qiziqishlar diagnostikasi 

Amaliy psixologiyaning bugungi kundagi eng muhim va dolzarb vazifalaridan 

biri  layoqat  kurtaklarini  ilk  yoshlikdan  aniqlash,  intellekt  darajasiga  ko„ra  shaxs 

qobiliyatlari  yo„nalishini  ochib  berishdir.  SHuning  uchun  ham  hozirda  ko„plab 

intellekt testlari va qobiliyatlarni diagnostika qilish usullari ishlab chiqilgan va ular 

muvaffaqiyatli tarzda amaliyotda qo„llanmoqda.            

Qobiliyatlarni o„lchash muammosi X1X asrning oxiri - XX asrning boshlariga 

kelib izchil hal qilina boshlandi. Xorijda bunday ishlar Spirmen, Bine, Ayzenk va 

boshqalar  tomonidan  o„rganildi.  Ular  qobiliyatlar  va  iqtidorni  o„rganish  uchun 

maxsus testlardan foydalandilar. Bu testlarning umumiy mohiyati shundaki, ularda 

topshiriqlar  tizimi    tobora  qiyinlashib  boruvchi  testlar-topshiriqlar  batareyasidan 

iborat  bo„ladi.  Masalan,  Ayzenkning  mashxur  intellekt  testi  40  ta  topshiriqdan 

iborat  bo„lib,  u  intellektual  jarayonlarning  kechishi  tezligini  o„lchaydi.  Bu  erda 

vaqt  mezoni  muhim  hisoblanadi.  Boshqa  mualliflar  sekin  ishlash  -  qobiliyatsizlik 

belgisi  emas  deb,  boshqacharok  usullarni  o„ylab  topganlar.  Ko„pchilik  olimlar 

uchun, masalan, rus olimlari uchun qobiliyatni o„lchashning ishonchli mezoni - bu 

shaxs  yutuqlarini  va  uning  qobiliyatidagi  o„zgarishlarni  bevosita  faoliyat 

jarayonida qayd etishdir. Rus olimi E.A.  Klimov yoshlar iqtidorining yo„nalishini 




aniqlash  maqsadida  faoliyat  va  kasb  -  xunar  sohalarini  asos  qilib  olib,  metodika 

yaratdi va uning «Professional - diagnostik so„rovnoma» deb atadi. SHunday qilib, 

u barcha kasblarni ularning yo„naltirilgan sohasiga ko„ra 5 toifaga bo„ldi:  

P(T) - tabiat (usimlik, hayvonlar, mikroogranizmlar);  

T - texnika (mashina, materiallar, energiyaning turlari) ;    

CH(O)- odam (odamlar guruhi, jamoalar); 

Z (B)- belgilar (turli ma‟lumotlar, belgili simvollar); 

X (I)- badiiy, ijodiy obrazlar (tasviriy san‟at, musiqa). 




Yüklə 376,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə