Pedagogika fani, uning


-rasm. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari



Yüklə 481,71 Kb.
səhifə11/40
tarix31.12.2021
ölçüsü481,71 Kb.
#82085
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
1-ma`ruza ma`lumoti

2-rasm. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari

Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi.

Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyo-qarashini tarkib toptirish jarayoni.

Ta’lim – o’quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, kompetentlikni tarkib toptirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon.

Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, umumlashmalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.

Ko’nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish layoqati.

Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.

Kompetensiyaegallangan bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik va kasbiy faoliyatda qo’llay olish qobiliyati.

Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.

Shakllantirish – shaxsda barqaror xususiyat va sifatlarni belgilangan talab va me’yorlae asosida tarkib toptirish jarayoni.

Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.


Yüklə 481,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə