Pedagogika universiteti a. A. Normatov matematika tarixi


-§. XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida matematika



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə22/33
tarix22.03.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#180549
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
Pedagogika universiteti a. A. Normatov matematika tarixi-fayllar.org

3-§. XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida matematika. 

Matematikaning turli bo’limlarining paydo bo’lishi 
Reja:




67


1. XVIII asr matematikasi: Parij, London, Berlin Fanlar Akademiyalari.
2. Peterburg Fanlar akademiyasi. L.Eyler hayoti va ijodi. Rossiya matematika-
sining rivojidagi roli.
3. Funktsiya tushunchasining rivojlanishi. 
4. XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida matematika.
XVIII asrda Evropada kapitalistik ishlab chiqarish usuli qaror topadi. Jamiyatn-

ing va ekonomikaning rivoji, ya’ni kapitalistik jamiyatning shakllanishi, ideologik


kontseptsiyalarning: sotsial masalalarni, fanni, madaniyatni va boshqa sohalarni 
qayta ko’rib chiqishga olib keladi. Sanoat revolyutsiyasi, jahon bozorining vujudga
kelishi va bular bilan bog’liq bo’lgan dengizda suzish, kemalar qurish, harbiy texni-
ka, issiqlik texnikasi, gidroenergetika va shunga o’xshash boshqa jamiyatning ama-
liy ehtiyojlari uchun zarur bo’lgan fanlar jadal suratlar bilan rivojlana boshladi. Ilmiy 
tekshirishlarni yo’lga qo’yish uchun katta shaharlarda maxsus tashkilotlar – fanlar
akademiyalari tashkil eta boshlandi. 
Davlat qaramog’idagi bu FA lariga qirollar xomiylik qiladilar (eslang! O’rta asr
sharq).

Frantsuzlar: Dalamber, Lagranj, Laplas, Monj, Lejandr, Klero.


Inlglizlar: Teylor, Makloren, Stirling. 
Nemislar: Lambert, o’auss, Leybnits.
Shvetsariyalik (Bazelь): Bernullilar denastiyasi, L.Eyler. 
Asr boshida matematika ahvoli quyidagicha edi:
Matematik analiz – differentsial va integral hisobi rivojlanishi bilan uning yu-
qori bosqichi differentsial tenglamalar nazariyasi va variatsion hisobi shakllana bor-
di. Ќali o’zini tasdig’ini topmagan cheksiz kichiklar analizi metodi bilan echiladigan
masalalar doirasi kengayib boradi. 


Algebra – mukammal harfiy-simvolik apparat yaratilgan bo’lib, algebraik ten-
glamalar nazariyasi va determinantlar nazariyasining yaratilishi. Istalgan darajali 
algebraik tenglamani echishning umumiy usulini yaratish borasidagi urinishlar bilan
bog’liq. 


Arifmetik hisoblashlar metodi – logarifmlar va ular bilan bog’liq ko’plab jad-
vallardan foydalanishlar, hisoblash qurilmalaridan Shikkarda, Paskalь, Leybnits 
arifmometrlari, logarifmik shkala va boshqalarning yaratilishidir. Manfiy sonlar va
o’nli kasrlarning ommaviylashmagani bu boradagi kamchilikdir. 


o’eometriya – elementar qismi va trigonometriya bo’limi bilan bir qatorda hali
yangi bo’lgan analitik geometriyadan foydalanish (Dekart, Ferma). Differentsial hi-
sobining geometrik tadbiqi differentsial geometriyaga asos soldi (Kavalьeri, Vallis,
Leybnits). 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə