Pedagogika universiteti a. A. Normatov matematika tarixi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə23/33
tarix22.03.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#180549
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33
Pedagogika universiteti a. A. Normatov matematika tarixi-fayllar.org

Ehtimollar nazariyasi – Paskalь, Ferma, Ya.Bernulli ishlari natijasida tasodifiy
hodisalar ichida ma’lum miqdoriy qonuniyatlarning ko’rinishini ochilishi, katta son-
lar qonunining kashf etilishi bo’ldi. Kombinatorika qonuniyatlarini ochilishi. Konkret




68


masalalarning kamligi (qimor o’yinlari, ba’zi jadvallar va kuzatish natijalari) va me-
todning elementarligi bu sohani rivoji uchun to’siq bo’lib turadi. 
Bulardan shu narsa ko’rinadiki, XVIII asrga kelib matematika etarli faktlarni
to’pladi. Shu boisdan bundan keyingi taraqqiyotni ta’minlash uchun FA lari, univer-
sitetlar va bular qoshida davriy nashriyotlar zarurati kuchaydi. Shu bilan birga ma-
tematik bilimlar sistemalashuvi dolzarb davrga kirdi. 1661 yil – Vyurtsburgda K. 
Shottning “Matematika kursi yoki barcha matematik fanlarning to’liq entsiklope-
diyasi” ko’ptomligi, 1674 yili Lionda De Shalning “Matematika dunyosi yoki kursi” 
uchtomligi, 1693 yili Parijda Ozanamning “Matematika kursi” beshtomligi chiqdi.
Matematikaning bundan keyingi rivojini ta’min etuvchi bu ishlar hozirda ham da-
vom etib kelmoqda.
XVIII asrga kelib Rossiyada uyg’onish boshlandi. Bunga sabab Pyotr I ning re-
formasidir. U davlat apparatini, armiya va flotni, ishlab chiqarishni tashkil etishni,
zarur mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etishni va shu kabilarni ilgari suradi. Nati-
jada 1701 yili yirik shaharlarda maktablar, 1715 yili dengiz akademiyasi tashkil etila-
di. 1725 yili Peterburg akademiyasi va uning qoshida gimnaziya va universitet tash-
kil etiladi. Ilmiy ishlarni yo’lga qo’yish va mahalliy kadrlarni tayyorlash uchun chet
eldan ko’plab olimlarni taklif etadi. Bulardan, matematiklar: I.Bernullining o’g’illari 
Daniil va Nikolay Bernullilar, Ya.Bernullining shogirdi Ya.o’erman, keyinroq esa
L.Eyler va boshqalar. 1726 yili “Piterburg FA sharxlari” (1728 yili chiqadi) jurnali 
tashkil etiladi. 1783 yili FA tugatiladi.
1755 yil esa Lomonosov tomonidan Moskva universiteti tashkil etiladi. 
Rossiyada matematikaning rivoji bevosita L.Eyler bilan bog’liqdir.
Leonard Eyler 1707 yilda Bazelь shahrida tug’iladi. Ya.Bernulli boshchiligida 
matematikani o’rganib I.Bernulli boshchiligida matematika bilan shug’ullana bosh-
laydi. Universitetni magistr darajasida tugatgan Eyler ishsiz qoladi. D. va 
N.Bernullilar tavsiyasi bilan 1727 yili Peterburgga kelib 14 yil (1741 gacha) ishlaydi.
Bu davrda u 50 dan ortiq ilmiy ishni e’lon qiladi va 80 tasini tayyorlaydi. Bular ma-
tematik analiz, sonlar nazariyasi, differentsial tenglamalar va astronomiyaga oiddir.
Bundan tashqari 1736 yili 2 tomlik “Mexanika” va 1738 yili Rossiyaning geografik xa-
ritasini e’lon qiladi. Shu bilan birga Kotelьnikov, Rumovskiy, Fuss, o’olovin, Safro-
nov kabi shogirdlarni tayyorlaydi. 
1741 yildan to 1766 yilgacha Berlin akademiyasida ishlaydi. Bu davrda u 300
dan ortiq ilmiy asar, shu jumladan: 1744 yili variatsion hisobga doir, 1748 yilda 
“Cheksiz kichiklar analiziga kirish”, 1755 yilda “Differentsial hisobi”, 1765 yilda
“Mexanika” (davomi) nomli kitoblarni nashr ettiradi. 
1766 yili Piterburgga qaytib keladi va umrining oxirigacha (1783) shu erda ish-
laydi. Bu davrga kelib butunlay ko’r bo’lib qolgan Eyler 416 ta kitob va maqola “yo-
zadi”. Bulardan dioptrikaga oid uch tomlik “Oy orbitasini hisoblashning yangi naza-
riyasi” (1772 y), kema qurilishi va dengizda suzish nazariyasi (1778 y) va boshqalar. 
Umuman Eyler hayoti davomida 530 ta asar e’lon qiladi, o’limidan so’ng qol-
ganlari e’lon qilinib, jami 886 ta bo’ladi. Bulardan 40 dan ortig’i kitoblar. 



69



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə