Pedagogika


Ijtimoiy pedagogikaning maqsadi, vazifalari, obyekti va predmeti



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə4/192
tarix31.12.2021
ölçüsü1,48 Mb.
#82084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192
O`quv ILHOM uslubiy majmua ijtimoiy

Ijtimoiy pedagogikaning maqsadi, vazifalari, obyekti va predmeti.

Ijtimoiy pedagogika o`z nomiga ko`ra sotsium, ya'ni jamiyat bilan shug`ullanadi. Shu bois uni jamiyat tarbiyasi ham deyish mumkin. Jamiyat tarbiyasi deganda “Inson” tizimi ichida olib boriladigan tarbiya tushuniladi. Ya'ni, bevosita insonlararo munosabatlar jarayonidagi tarbiyaviy ta'sir, shuningdek ijtimoiy institutlar faoliyatining (hayriya jamg`armalari, tashkilotlar, jamiyatlar va assotsiatsiyalar) tarbiyaviy ta'siri nazarda tutiladi.

Ijtimoiy “autsayderlar”, ya'ni qariyalar, nogironlar, yolg`iz yashovchilar, iqtisodiy nochor ahvolda yashovchilar va xalqning shu kabi boshqa tabaqalariga kiruvchilarga yordam berish ijtimoiy pedagogikaning maqsadalaridan biridir. Chunki faqat jamiyat va ijtimoiy ta'sir vositasida insonlarda insoniylik, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, mas'uliyatlilik singari fazilatlarni shakllantirish mumkinki, ushbu jarayonda oila, maktab va boshqa o`quv muassasalari yordamchilar sifatida faoliyat ko`rsatadi.

Ijtimoiy pedagogika (lat.socium-jamiyat)ning asosiy vazifasi ijtimoiy tarbiya muammolarini o`rganishdan iborat. Demakki, uning obyekti ijtimoiy hayotiy tarbiyaviy jarayonlardir. Predmet esa, shaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhitning ta'siri qonuniyatlari, jumladan oilaning, birlashmalarning, jamqarmalarning tarbiyaviy ta'siri kabilar hisoblanadi. Demak, ijtimoiy pedagogikaning predmeti -bu shaxsning ijtimoiylashuv jarayonidir.

Ijtimoiy pedagogika, ayniqsa, “og`ir guruq”larga aloqida e'tibor qaratadi. Bu guruqga taqdir taqozasi bilan og`ir vaziyatlarga tushib qolgan shaxslar kiradi. Bular: narkomanlar, ishsizlar, fohishalar, jinoyatchilar, qamoqda o`tirib chiqqan kasallar, jinoiy guruqlarga va man etilgan diniy sektalarga o`zlari bilmagan qolda kirib qolgan shaxslar va h.k kiradi. Shuningdek, ijtimoiy pedagogika katta yoshdagi va qariyalarni; ishlab chiqarish jarayonlaridagi rahbar va xodimlarning o`aro munosabatlari, ayollar tarbiyasi, kasbidan qoniqmaganlik, qolaversa dam olishga, ruhyi kasallangan, ta'lim olishdagi muommalar, tarbiyasi oqir bolalar kabi muammolarni ham nazardan chetga qoldirmaydi.

Ijtimoiy qayotning turli javhalaridagi bu insonlar, albatta, yuqori malakali pedagogik yordamga muxtojdirlar.




Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə