Pedagogika



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə54/192
tarix31.12.2021
ölçüsü1,48 Mb.
#82084
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   192
O`quv ILHOM uslubiy majmua ijtimoiy

Psixoterapevtik funksiya. Bu funksiya oklada barcha oila a’zolari o‘zini qulay sezishi lozimligida namoyon bo‘ladi. Psixologlar, sotsiologlar, pedagoglarning kuzatishlariga ko‘ra, inson kuchlari oila sharoitida jadal tiklanar ekan.

O‘zbekistonda ko‘p bodali oilalarning mintaqaviy xususiyatlari.

O‘zbekistonda yuqori tug‘ilish darajasi quyidagi mintaqaviy omillar bilan izohlanadi:



  • inson organizmiga geografik va iqlim sharoitlarining ta’siri, ayollarda homila davrining uzunligi;

  • erta nikohdan o‘tish an’anasi;

  • ijtimoiy omillar;

  • ayolning jamiyat va oiladagi o‘rni.

Hozirgi kungacha, oilaviy tarbiya amaliyotida ko‘p bolalilikning ijobiy va salbiy xususiyatlari borasida bahslar olib borilmoqda. Sababi, muammoning ahamiyatli ekanligiga qaramay, bu masala hali yetarli darajada o‘rganilmagan.

Ko‘p bolali oila kattalar va bolalardan iborat o‘ziga xos jamoadir. Unda shaxsning ijtimoiylashuvi uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Bunday oilada tarbiya jarayonini tashkil etish muammosi bilan shug‘ullanuvchi olimlar ham turli qarashlarga egadir. Ularning ba’zilari ko‘p bolali oilada bola jamoa munosabatlari orqali tajriba to‘playdi, deyishadi, chunki ko‘p bolali oila tarbiya uchun qulay sharoitlar yaratadi va ota-onalarning bolalari haqida qayg‘urishlari teng taqsimlangan bo‘ladi. Boshqa tadqiqotchilar esa, aksincha, ko‘p bolali oklada bola har tomonlama yetarli rivojlanmaydi, deb qisoblashadi.

Agar oilaviy tarbiya bola individualligini aniqlash va uning qobiliyatlarini rivojlantirish kerak, degan qoidadan kelib chiqsak, buning uchun oila nihoyatda rivojlangan bo‘lishi kerakligiga amin bo‘lamiz.

Ko‘p bolali oklada individual yondashuv bo‘ladimi? Bu yerda tarbiya jarayonining ko‘p tamonlamaliligi va standartlashuvi ro‘y bermaydimi?

Individual yondashuv uchun, avvalo, psixologik va pedagogik bilimlar, shuningdek, tarbiya jarayonida bolalarni kuzatish uchun maxsus vaqt va psixologik tahlil o‘tkazish kerak.

Ba’zi tarbiyaviy omillar o‘zbek oilasida, xususan, ko‘p bolali uzbek oilasida uy xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq. Ko‘pchilik uzbek oilalarida uy ishlarini qiz bolalar bajarishadi, o‘g‘il bolalar esa bu vazifalardan deyarli ozod qilinganlar. Bu holat keyinchalik o‘g‘il bola xarakterida oiladagi muomalasiga xalaqit beruvchi odatlarni yuzaga keltirishi mumkin.

Ba’zan bolalar uy yumushlariga hdpdan ortiq vaqg ajratishadi. Bu qam ularning ta’lim olishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ba’zi o‘zbek oilalarida ota-onalar bolaparining o‘qishiga befarq bo‘lishadi, ularga uyga berilgan topshirikdarni bajarishda amaliy yordam berishmaydi. O‘zbek oilalarida bola uy vazifalarini kechqurun barcha oila a’zolari to‘planishganda qilish odat bo‘lgan. Bu vaziyatda ko‘pgina chalg‘ituvchi omillar ham paydo bo‘ladi: televizor ko‘rish, oila a’zolarining o‘zaro suhbatlashishi, uy yumushlarini bajarish va h.k. Ko‘pgina oilalarda bolalarning o‘qishi uchun sharoitlar mavjud, birok, ular dar doim dam yaxshi jihozlangan bo‘lavermaydi. Bu borada aksariyat ota-onalar pedagogik maslahatlarga edgiyoj sezadilar. Shunday hollarda ota-onalarni bolalarga yordam berishning anidusullari bilan tanishtirish lozim.

O’zbek oilalaridagi yigit-diz'larning ijtimoiy moslashuviga halaqit beruvchi omillarga qizlarni ko‘pincha faqat oilaviy hayot uchun, yigitlarni esa mehnat, kasb uchun tayyorlashni kiritishimiz mumkin. Ayol kishidan malakaviy va kasbiy faollikni, erkak kishidan esa o‘z xizmat va oilaviy majburiyatlarni bajarishni talab qiluvchi, dozirgi kunda bu an’analarning sakdanib qolishi zamonaviy ijtimoiy talablarga zid keluvchi dodisadir. Bu dodisa ijtimoiy tarbiya va oilaviy tarbiya o‘rtasida kelishmovchiliklar borligidan dalolat beradi. Bunday salbiy omillarning ta’sirini bartaraf etish oilani shaxe ijtimoiylashuvining asosiy omili sifatida mukammallashtirishni talab qiladi. Bu masalaning muhimligi “Kadrlartayyorlash milliy dasturi”da ilgari surilgan bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayoni talablari bolalar tarbiyasiga nafaqat maktabga, balki oilaga ham o‘z talablarini qo‘yganligi bilan katta ahamiyatga ega bo‘lmokda. Shu bilan birga, bir qator o‘zbek pedagog-olimlari aynan ko‘p bolali oilalarda bolalar tarbiyasi uchun qulay sharoitlar mavjud, deb hisoblashadi. Avvalo, ko‘p bolali oila pedagogic munosabatga kirishish uchun qulay bo‘lgan yosh xususiyatlariga ega. Bir nechta bola mavjud bo‘lganida ota-onalarning g‘amxo‘rligi ham ular orasida teng taqsimlanadi. Katta oilada bola yoshligidanoq jamoaviy munosabatlarga kirishadi. Katta va kichik bolalar o‘rtasida turli o‘zaro munosabatlar shakllanadi. Ko‘pgina ota-onalar ko‘p bolali oilalarda bolalarni tarbiyalash oson, chunki bunda katta farzandlar yordam berishadi, deyishadi. Ko‘p bolali oilalardagi tarbiyaning eng muhim omillari: muomala muhiti, birgalikdagi mehnat, jamoaviy tashabbus, ota-onalarning talabchanligi, bolalar yoshini inobatga olish hisoblanadi. Bunday oilalar farzandlari axloqiy xislatlarining shakllanganligi mehnatsevarligi, mehribonligi, to‘g‘riso‘zligi, mustaqilligi, ishbilarmonligi bilan ajralib turishadi. Katta oilada mustahkam va tabiiy bolalar jamoasi shakllanib, unda bu jamoa a’zolari birgalikda g‘amxo‘rlik ko‘rsatishadi, oilaning boshqa a’zolari oldida mas’uliyatli ekanliklarini his etishadi.

Shunday qilib, o‘zbek oilasining ko‘p bolalilik omili bola tarbiyasiga, umuman olganda, ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə