Pedagogika



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə63/192
tarix31.12.2021
ölçüsü1,48 Mb.
#82084
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   192
O`quv ILHOM uslubiy majmua ijtimoiy

Muammoli model ham qisqa muddatli ish shakliga tegishli bo‘lib, uning muddati to‘rt oydan oshmaydi. Muammoli model oiladagi amaliy vazifalarni yechishga qaratilgan bo‘lib, model markazida yordam ko‘rsatuvchi ijtimoiy pedagog yordam ko‘rsatilayotgan shaxslardan o‘z qarakatlarini oiladagi muammssharni yechishga yo‘naltirishlarini talab qiladi. Bu model muayyan holatlarda aksariyat muammolarni oila a’zolarining o‘zlari xal qilishlariga asoslanadi. Bu yerda ijtimoiy pedagogning asosiy vazifasi aynan shunday holatlarni yaratish. muammoli modelning yetakchi metodi esa yordam ko‘rsatuvchi ijtimoiy pedagog va oila o‘rtasida shartnoma tuzishdir. Shartnomaning asosini oilaning oldida turgan maqsad va vazifalarini anikdash tashkil qiladi. Ijtimoiy pedagog maqsad va vazifalarning amalga oshishi uchuy yetarli bo‘lgan muddatni belgilaydiL

Shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy pedagog va oila o‘rtasidagi shartnoma biznes yoki nikoh shartnomasiga o‘xshamaydi. Bu holatda tomonlar moddiy emas, balki axloqiy majburiyatlarga ega bo‘lishadi va bu rasmiy hujjat bilan tasdikdanadi. Shartnoma bo‘yicha hamkorlik oilani shartnoma talablarini ishlab chiqishda va qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etishni ta’minlaydi. O‘smirlar va o‘spirinlar bilan ishlashda shartnomaning tuzilishi ularning mutaxassis bilan munosabatlariga jiddiy tue berishi bilan ijobiy jihatlarga ega.

Asosan, xorij amaliyotida qo‘llaniladigan uzok, muddatli ish shakllari ijgimoiy-psixologik yondashuvga asoslanadi va to‘rt oydan ortik, vakdni talab qiladi. Ijgimoiy-psixologik yondashuvning asosiy vazifalari: biror bir vazifani bajarishga odatlantirish orqali oilaviy tizimni o‘zgartirish hamda oilaga ta’sir qiluvchi boshqa ijtimoiy tizimlardagi holatlarni anikdashdan iborat.

Ijtimoiy-pedagogik yordam sharoitida patronajning qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.




Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə