Pedagogika



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə60/192
tarix31.12.2021
ölçüsü1,48 Mb.
#82084
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   192
O`quv ILHOM uslubiy majmua ijtimoiy

Tarbiyada yordamlashish ijtimoiy pedagog tomonidan, avvalo, ota-onalarga maslahat berish, shuningdek, bola bilan maxsus tarbiyaviy vaziyatlar yaratish orqali amalga oshiriladi.

Ijtimoiy pedagogik yordamning psixologik yo‘nalishi ikki komponentdan iborat: ijtimoiy-psixologik qo‘llab- quvvatlash va korreksiya (to‘g’irlash) qilish.



Ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash oilada qisqa muddatli inqiroz davrida, oila a’zolari turli shakldagi stress holatlarini boshdan kechirayotganlarida amalga oshiriladi. Buning uchun ijtimoiy pedagogning qo‘shimcha psixologik ma’lumoti bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, bu ishni psixolog va psixoterapevtlar ham bajarishlari mumkin. Agar qo‘llab- quvvatlash kompleks tarzida amalga oshirilsa, u nihoyatda samarali bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy pedagog oiladagi shaxslararo munosabatlarni, oilada bolaning tutgan o‘rnini, oilaning jamiyat bilan aloqasini ta>ushl qilish orqali muammoni o‘rganadi, psixolog esa psixologik testlar va boshqa metodlar vositasida oila a’zolarini nizoga opib keluvchi ruhiy hrlatlarni anikdaydi, psixiatr esa davolash bilan shugullanadi.

Shaxslararo mutchosabatlarning pedagogik va psixologik korreksiyam, asosan, oilada bolaga nisbatan ruhiy zo‘rlik bo‘lganda qo‘llaniladi. Ruqiy zo‘rlik bolaning asab-ruhiy va jismoniy holatining buzilishiga olib keladi. Yaqin-yaqingacha bu hodisaga yetarli darajada e’tibor berilmagan. Bunday zo‘rlikka bolani qo‘rqitish, uni haqorat qilish, g‘ururini poymol qilish, ishonchini okdamaslik kabilar kiradi. Ijtimoiy pedagog oiladagi munosabatlarni shunday korreksiyalashi lozimki, bunda oilada tartib va intizomni ta’minlashga qaratilgan barcha choralar "Bola huqukdari to‘g‘risidagi Konvensiya" talablariga asoslanishi lozim. Psixoterapiyadan farkdi o‘laroq, korreksiya oila ichidagi nizolarni ochib ko‘rsatadi. Uning maqsadi oila a’zolariga, ular o‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirishga, muvozanatlashtirishga ko‘maklashishdir.

Ijtimoiy pedagogik yordamning vositachilik yo‘nalishi uch tarkibiy qismdan iborat: tashkil qilishga yordam, tartibga solishga yordam va axborot berishga yordam.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə