Pedagogika



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə66/192
tarix31.12.2021
ölçüsü1,48 Mb.
#82084
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   192
O`quv ILHOM uslubiy majmua ijtimoiy

Adaptatsiya tushunchasi. Adaptatsiya — organizmning tashqi muhit bilan adekvat aloqalarning shakllanish xususiyati. Shuningdek, adaptatsiya organizm faoliyatini tashqi muhit ehtiyojlariga qarab o‘zgartirish qobiliyati hamdir.

Barcha tirik mavjudotlar o‘zgaruvchan atrof-muhitga doimiy adaptatsiyani ta’minlovchi mexanizmlarga ega. Bu qobiliyat gomeostaz asosida ro‘y beradi. Biroq atrof-muhitning bunday o‘zgarishlarini oldindan ko‘ra bilish va unga ko‘nika olishi faqat insonga xosdir. Insonningbu yuqori adaptiv qobiliyati tug‘ma bo‘lmay, muhit bilan doimiy aloqasining oqibati sifatida rivojlanib keladi.

Insonning ko‘nikish reaksiyasi shakllari ijtimoiy adaptatsiya sifatida aniqlanishi lozim. Boshqa tirik mavjudotlardan farkdi o‘laroq, inson ijtimoiy muhit o‘zgarishlariga ko‘nika olishi va bu holatlar uchun yurish-turish reaksiyalarini ishlab chiqishilozim.

Insondagi adaptatsion mexanizmlarda hal qiluvchi rolni ijtimoiy omillar o‘ynaydi. Ilmiy-texnikaviy rivojlanish, urbanizatsiyaning tezlashishi, tabiat va kosmosni faol o‘zlashtirish, aloqa vositalarining kengayishi va kompyuterlashtirish, davlatlararo integratsiya jarayonlari insonda o‘zgaruvchan muhit sharoitlariga tez ko‘nika olish qobiliyatini shakllantirish masalasini muhimlashtiradi. Bu qobiliyat shaxs rivojining yanada hal qiluvchi ahamiyatga ega tarkibiy qismiga aylanmoqda.

Insonningtug‘ilishi adaptatsiya borasidagi ilk sinovdir. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda ham ko‘nikish mexanizmlari mavjud bo‘ladi.

Biroq go‘daklik davrida muhit bilan faol o‘zaro munosabatlar natijasida oliy nerv faoliyatida ba’zi murakkab funksiyalar vujudga keladi. Miyada axborot to‘plash va uni qayta ishlash bolaga ijtimoiy muhitning ijtimoiy tajribasini tarbiyaviy ta’sir orqali o‘zlashtirish imkonini beradi.

So‘nggi yillarda go‘daklikdavridagi ijtimoiy adaptatsiyaga qiziqish ancha ortdi. Ta’lim muassasalalarida tarbiyalanayotgan barcha bolalar uchun ijtimoiy adaptatsiya muammosi muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda bolaning ko‘nikish imkoniyatlarini oshirish, uning ijtimoiy aloqalarini kengaytirish bola shaxsining shakllanishi uchun nihoyatda katta ahamiyat kasb etmoqsa.

Bola shaxsining rivojlanishi uning aloqalarining xilma- xilligiga bog‘liq. Demak, bolaning har tomonlama rivojlanishi uning aloqalarining ko‘p tomonlama rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ijtimoiy aloqalarning barvaqt shakllanishi tarbiyaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ijtimoiy adaptatsiya qobiliyati oliy nerv faoliyatining rivojlanishiga bog‘liq ravishda postanal antogenezda shakllanadi. Bu jarayon hayotning ilk uch yilida, ayniqsa, jadal kechadi.

Shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasi uchun yangi ijtimoiy muhitdagi aloqa va me’yorlar haqidagi ma’lumot muhim ahamiyatga ega. Yangi ijtimoiy talablarga ko‘nikish bir qancha ruhiy-hissiy qiyinchiliklarni ham keltirib chiqaradi.

Bola ijtimoiy adaptatsiyani o‘z tajribasi asosida ta’lim- tarbiya jarayonida o‘rganadi. Ijtimoiy adaptatsiya qobiliyatini hosil qilish, o‘z navbatida, ko‘nikish imkoniyatini kengaytiradi. Shu bilan birga, bolaning ko‘nikish imkoniyatlarida inqirozli holatlar ham hosil bo‘lishi mumkin. Bu imkoniyatlar esa bolaning atrofidagilar bilan aloqalarining rivojlanishiga, bola miyasida axborotlarni qayta ishlashiga bog‘liq bo‘ladi.

Bolada aniq bir mikroijtimoiy muhitning shartlari sifatida shakllanadigan yurish-turish shakllari ijtimoiy adaptatsiyaningfiziologik holati hisoblanadi. Bu sharoitlar o‘zgaradi, masalan, bolalar biron-bir muassasaga kirganlarida ulardan yurish-turishining ham o‘zgarishi talab qilinadi. Turli yosh davrlarida bu turli darajadagi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

Bolalarning ta’lim muassasalaridagi adaptatsiyalarining asosiy xususiyati ularning oilalarida shakllanadigan, ota- onasi hamda safdoshlari bilan shakllanadigan munosabatlari orasidagi farkdir.Bolaning bolalar muassasasi jamoasiga ko‘nikishida bola doim uyda, oilasida o‘tkazgan davrlarida shakllangani uning ota-onasi bilan o‘zaro munosabatlarining buzilishi haqida ran ketmaydi. Bunda yaqin insonlari bilan ayrim va oilaviy tavsifga ega bo‘lmagan yangi aloqalarning shakllanishi nazarda tutiladi. Bolaning yangi muhit sharoitlari bilan tanishganidanoq uning oldiga qo‘yilgan talablar, shubhasiz, u yoki budarajadagi qiyin masala hisoblanadi. Murakkablik darajasi bolaning individual hususiyatlariga bog‘liq. Faqatgina ba’zi hollarda murakkablik darajasi bola imkoniyatlaridan yuqori bo‘lishi mumkin. Shunday hollarda bolaga bu murakkabliklarni yengishga yordam beradigan yo‘llarni qidirish lozim, chunki ayni shu paytning o‘zida uning ijtimoiy aloqalarining kengayishi ham sodir bo‘ladi.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə