Pedagogika


O’quvchi yoshlarda fuqarolik tuyg’ularini tarbiyalashning shakl va vositalari



Yüklə 65,28 Kb.
səhifə5/5
tarix22.12.2022
ölçüsü65,28 Kb.
#97702
1   2   3   4   5
zdgzgz

2.2 O’quvchi yoshlarda fuqarolik tuyg’ularini tarbiyalashning shakl va vositalari
Boshlang’ich ta’lim jarayonida I-IV sinflarda o’qitiladigan «O’zbek tili», «Ona tili», «O’qish», «Odobnoma», «Tabiat», «Musiqa madaniyati», «Tasviriy san’at», «Mehnat», «Jismoniy tarbiya» kabi fanlar asosida Boshlang’ich sinf o’quvchilarida fuqarolik tuyg’usini tarbiyalashning poydevori qo’yiladi. CHunki, ushbu fanlarni o’qitish jarayonida o’quvchilar ongiga fuqarolikni singdirish, inson va jamiyat hamda uning taraqqiyoti haqidagi tushunchalar, bilimlar haqida muayyan tasavvurni hosil qilish, ma’naviy-axloqiy xatti-harakatlarni o’zlashtirish, shaxsning ijtimoiy yo’nalishi haqidagi ko’nikma va malakalar shakllantiriladi. Ya’ni, Boshlang’ich sinf o’quvchilarida fuqarolik tuyg’usini tarbiyalash 1-sinfdan IV sinfgacha bo’lgan davr mobaynida muhim o’zgarishlarga uchraydi. Bu yoshning oxirgi davrlariga kelib fuqarolik tuyg’usi haqidagi bilimlar tasavvurlar va mulohazalar sezilarli darajada boyiydi. Ya’ni, boshlang’ich ta’limning asosiy vazifasi har tomonlama rivojlangan yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalashdan iborat ekanligi tufayli har bir o’qituvchi dars jarayonida bolalarda fuqarolik tuyg’usini tarbiyalash faoliyatni tashkil etish, bu borada samaradorlikka erishish yo’lida beriladigan bilimlar muhim ahamiyatga ega. Boshlang’ich sinf o’quvchilarda fuqarolik tuyg’usini tarbiyalash asosida ularda milliy o’zlikni anglash, vatanparvarlik, o’z vatani uchun iftixor tuyg’usini kamol toptirishda o’qish darslari muhim omil bo’lib xizmat qiladi. CHunki, o’qish darslari o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantiribgina qolmay, balki, ularning umummadaniy tafakkurini, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan fuqarolik tuyg’usini, vatanparvarlikni, insonlarga va atrof - muhitga bo’lgan munosabatini rivojlantiradi. Boshlang’ich ta’lim bosqichining boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun chop etilgan «O’qish kitobi»ning dastlabki matnlari O’zbekiston Respublika-sining Davlat madhiyasi bilan boshlanadi. Madhiyada O’zbekiston xalq qahramoni, shoir Abdulla Oripov davlatimizning xalqimizning insonparvarligini, uning doimo do’stlarga yo’ldosh, mehribon ekanligini g’urur va iftixor bilan yozgan. O’quvchilar madhiyani kuylash jarayonida milliy g’ururni, fuqarolik tuyg’usini his eta boradi. Har bir o’qituvchi o’z o’quvchilariga davlatimiz madhiyasining mohiyati, mazmunini tushuntirish bilan birga uning satrlarida ifodalangan vatanparvarlikka alohida e’tibor berishi maqsadga muvofiqdir. CHunki, Boshlang’ich sinf o’quvchilarida fuqarolik tuyg’usini tarbiyalash jarayonida o’qituvchi quyidagi vazifalarni amalga oshirishlari lozim. 1. O’quvchi yoshlarda odamiylik, do’stlik, to’g’rilik, adolatparvarlik munosabatlarini kamol toptirish; 2. O’quvchi shaxsida ma’naviy - axloqiy fazilatlarni shakllantirish; Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalari bo’lgan - Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq faravrnligi komil inson kabilarni o’quvchilar qalbiga va ongiga singdirish. O’qituvchi o’zining pedagogik faoliyati davomida milliy istiqlol mafkurasi asosida sog’lom avlod shaxsini shakllantirishga alohida e’tibor berishi kerak. Buning uchun u keyingi yillarida chop etilgan adabiyotlar, yurtboshimiz Islom Abdug’anievich Karimovning milliy mafkura, ma’naviyat, ma’rifat haqidagi g’oyalarini chuqur o’rganadi. Buning natijasida ta’lim-tarbiya jarayonida mustaqillik, ma’naviyat, milliy mafkura, Vatan, Vatan tuyg’usi, milliy g’urur va iftixor, o’zlikni anglash, fuqaro, milliy tafakkur, erkinlik, jamiyat va shaxs, odob, xulq - atvor, iffat, iymon - e’tiqod kabi tushunchalarni o’quvchilar ongiga yetkazishga harakat qiladi. Maktabda ma’naviy muhitni va o’quvchilarda insonparvar-likni shakllantirish masalalarini samarali bo’lishiga erishadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatli bo’lish, milliy urf-odatlar, odob ilmiga doir tajribalarni darslarda qo’llash, bayon, yozish kabi ishlarni amalga oshiradi . Boshlang’ich sinf o’quvchilarida fuqarolik tuyg’usini tarbiyalash har bir o’qituvchi uchun o’rnak bo’lishi tabiiydir. CHunki uning asosiy maqsadi milliy va vatanparvarlik asosida komil insonni voyaga yetkazishga qaratilgan. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida fuqarolik tuyg’usini tarbiyalash dastlab o’qish mashg’ulotlarida amalga oshiriladi. vatanparvarlikni shakllantirishning vazifasi va mazmuni boshlang’ich ta’lim bosqichida milliy axloqiy tarbiya berishning asosiy tamoyillari va pedagogik shart - sharoitlariga rioya qilish asosida bajariladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarda fuqarolik tuyg’usini tarbiyalashda xalqimizning ma’naviy me’rosi uning asosiy negizini tashkil etadi. SHuning uchun ham uchinchi sinfda «Sohibqiron Temur bobo» haqida ma’lumot, Amir Temurning «Kuch adolatda» hikmatli so’zining mohiyatini o’rganish uchun ikki soat ajratilgan. Lekin darslikda berilgan Amir Temur haqidagi ma’lumotlar va uning «Kuch adolatda» o’giti uchun ajratilgan materiallar nihoyatda qisqa. Biz shuning uchun ham uning mazmunini yanada boyitish va Boshlang’ich sinf o’qituvchilariga metodik yordam berish maqsadida «Kuch adolatda» mavzusining mazmunini quyidagicha ishlab chiqdik. Aziz bolalar! Buyuk sohibqiron Amir Temurning «Kuch adolatda» degan hikmati necha asrlar davomida xalqimiz hayotidan keng o’rin egallab kelmoqda. Ushbu hikmatda fuqarolik tuyg’usining asosi bo’lgan do’stlik, birodarlik, hamji-hatlik, ahillik, vatanparvarlik, mardlik, odamiylik kabi o’zbek xalqiga xos bo’lgan fazilatlar mujassam etilgan. Bobomiz: «Kuch - adolatda», - deb uqtiradilar. Amir Temurning adolat haqidagi bu so’zlari bugungi kunda ham yuksak ahamiyatga ega bo’lib, O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlashga, uni himoya qilishga, yurtimiz sha’ni shavkatini yuksalti-rishga, insof va diyonat hukmron bo’lgan erkin jamiyatni qurishga qaratilgandir. Darhaqiqat, Amir Temur haqiqat va haqiqat tarafdorlarini sevadigan, yolg’on va yolg’onchilarga nafrat bilan qaraydigan adolatni jahongir bo’lgan. Har bir insonni adolatli bo’lishga chorlagan. SHuning uchun ham u bir kunlik adolatniyuz kunlik toat-ibodatdan afzal ko’rgan. Amir Temur o’zining «Zafar yuli» kitobida ham «... o’z qudratimni saqlash uchun men bir qo’limda adolat shamini va ikkinchi qo’limga beg’arazlik shamini tutib, har ikki shom bilan butun umr bo’yi o’z yo’limni yoritib yurdim. Barcha qilmishlarimda ana shunday adolat qoidalariga rioya qildim» - deb yozadi. Darhaqiqat, Amir Temur o’z hayoti va faoliyatida har bir mojaro va muommali ishlarni diqqat bilan tekshirardi. Ularni mumkin qadar to’g’ri hal qilishga harakat qilardi. Barcha ishlarida haqqoniyat va adolat bilan ish tutadi. O’z fuqarolariga rahm - shafqatli bo’lgandi. Kambag’allarga kup xayru - ehson qilgan. Gunohkorlarning gunohini kechgan. Buning natijasida uning qudrati oshib borardi. U o’ziga adolatli va rahmdil to’rt vazirni tayinladi. Ulardan ikkitasiga doimo uni kuzatib turishlarini va agar adolatsizlik qiladigan bo’lsa, darhol to’xatishlarini, kimningdir yolg’on so’zlariga ishonsa yoki begona kimsani mulkiga xiyonat qiladurg’on bo’lsa darhol ogohlantirishlarini ta’kidlab qo’ydi. Amir Temur hayotining mazmunini adolat bilan birga, insof - iymon tuyg’usi, diyonat mezoni tashkil etgan. U olamning teng yarmiga jahongirlik qilgan bo’lsa ham kuch - qudrat zo’rlik, zo’rovonlikda emas, aksincha adolatda ekanini muhim bilgan. Bugungi kunda ham Amir Temurning adolat haqidagi hikmatlari, uning insonparvarligi xalqimiz hayotidan chuqur o’rin egallamoqda. Ayniqsa, Toshkent shahrining markazida bunyod etilgan Amir Temur haykali, uning yonidagi muzey xalqimizga faxr va g’urur baxsh etmoqda. Amir Temur bobomiz haykalida ramziy ma’no mavjud. Unda Amir Temur go’yoki, jahongir tulporining jilovini tortib turibdi. qilichsiz qo’lini oldinga cho’zib jahon xalqlariga omonlik tilamoqda. «Kuch adolatdadir!»- demoqda. O’zbekiston mustaqilligi tufayli Amir Temurning hikmatlariga amal qilgan o’zbek xalqi adolat mash’alasini baland ko’tarib, uning nuridan bahra topib, Vatan bog’ini obod qilib, tinch va osayishta hayot kechirmoqda. Mamlakatda huquqiy, adolatparvar fuqarolik jamiyati qurmoqdalar. Adolatparvarlik, insonparvarlik fuqarolik tuyg’ulari bilan uzviydir. CHunki insonparvar kishi xaqiqiy fuqarolik tuyg’usi shakllangan inson bo’ladi. Ma’naviy - axloqiy va ruhiy kechinma jamiyat bilan aholi o’rtasidagi munosabatlarni adolatga tayangan va uyg’unlashib ketgan holda bir butun, yaxlit holatda amalga oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi. Adolat so’zining mazmunida poklik, to’g’rilik, haqiqat mujassamdir. Insoniyat yaralgandan beri adolatni qadrlab yashagan. Adolat bo’lgan joy gullab yashnagan, xalq erkin bo’lgan. Adolat oyoq osti qilingan joylarda esa, razolat hukm surib, jamiyat tubanlikka yuz tutgan. O’zbek xalqi qadim - qadimdan adolatli bo’lishni eng kerakli xislatlardan deb bilgan. Adolatli odam kishilarga doimo yaxshilik qiladi. qarindoshlariga g’amxo’r va mehribon bo’ladi. Adolatli odam o’tkir aqlga ega bo’ladi. To’g’ri va tiniq mulohaza yuritadi. Toza ko’ngil bo’lib, olijanob va mard ekanini ko’rsatadi. Adolatli bo’lish-so’zida turish demakdir. Adolatli bo’lgan insongina elim - yurtim, - deb yashaydi, birovlarga himmat - muruvvat qilishni yordamga muhtoj kishilarga ko’makberish va to’g’ri yo’l ko’rsatishni o’zi uchun baxt deb biladi. Adolatli bo’lgan insonlar birovlar orqasidan ginaxonlik qilmaydilar. Gap tashimaydilar. Turli tuhmat va g’iybatlarga nisbatan murosasiz bo’ladilar. Guruhbozlikka, mahalliychilikka qarshi kurashadilar. O’zaro do’stlik va birdamlik rishtalarini bog’lash yo’lida fidoyilik qiladilar. Adolatli inson ikki qarama - qarshi xususiyat - ezgulik va yomonlikni to’g’ri tushunadi. Kishilarni yaxshilikka, ezgulikka, insonni qadrlashga chorlaydi. U faqat odamlarga yaxshilik qilish bilan chegaralanmasdan, balki u o’g’il va qizlarida ana shu fazilatlarni shakllantirishga erishadi. Amir Temur o’z vatani va xalqini sevgan, butun hayoti davomida ozod, baxtli hayotni orzu qilgan ulkan davlat arbobi edi. U odamlarga doimo razillik, ikkiyuzlamachilik, adolatsizlik, laganbardorlik inson uchun yomon xislat ekanligini uqtirdi. U odamlarni mehnat qilishga, haqiqat yo’lida kurashganlarga yordam berishga undab, bu xislatlar insoniy go’zal xislat ekanini aytdi. Amir Temur insoniy go’zallik haqida gapirar ekan, insonlarni doimo adolatparvar bo’lishga da’vat etdi. Ushbu mashg’ulotlarda o’qituvchi bolalarga Amir Temur adolatparvar, insonparvar buyuk davlat arbobi ekanligi haqidagi bilimlarni shakllantirish bilan birga, ularda insonparvarlarcha munosabatda bo’lish, ochiq ko’ngillik ishonch, g’amxo’rlik kabi fazilatlarni rivojlantiradi. Uchinchi va to’rtinchi sinflar uchun yuqorida tavsiya etilgan Amir Temurning «Kuch adolatda» hikmatlariga oid mavzularining mazmunini Boshlang’ich snif o’quvchilarga o’zbek xalqining tarixi, qadriyatlari, ilm-fan, madaniyat durdonalarini o’rganish, ular haqida ma’lumotga ega bo’lish, fuqarolik tuyg’ularini shakllanish imkoniyatini beradi. Eng asosiysi fuqarolik, adolat, insonpravarlik haqidagi tushunchalarni, uning mohiyatini har bir o’qituvchi o’z mashg’ulotlarida, axloqiy-tarbiyaviy tadbirlarida amalga oshirishi maqsadga muvofiqdir.

Xulosa
O’quvchi yoshlarlarda fuqarolik tuyg’ularini tarbiyalash boshlang’ich ta’lim mazmun-mohiyati bilan katta imkoniyatlarga ega. O’quvchi yoshlarlarda fuqarolik tuyg’ularini tarbiyalash asosida o’quvchilarda Vatanga muhabbat, milliy g’urur, yurt tinchligi, yuksak axloqiy fazilatlar, vatanparvarlik tuyg’ulari muhim mezonlardan bo’lib hisoblanadi. O’quvchi yoshlarlarda fuqarolik tuyg’ularini tarbiyalash ta’lim-tarbiya jarayoniga yaxlit va tizimli yondoshuvni talab etadi. Bu borada ta’lim-tizimiga texnologik yondoshuv, yangi pedagogik texnologiyalardan, boshlang’ich ta’limning eng ilg’or tajribalaridan o’rinli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim-tarbiyaga yaxlit jarayon sifatida yondoshib, sinfdan tashqari ishlarni ta’lim jarayoni bilan uzviy aloqada tashkil etish orqali uning samaradorligini oshirish maqsadga muvofiq. Olib borilgan kuzatishlarimiz natijalariga asoslanib quyidagi tavsiyalarni taqdim etish mumkin: - haqiqiy fuqarolik tuyg’usi tarbiyalangan, bor imkoniyatini yurt tinchligi, xalq faravonligi yo’lida xizmat qilishdan ayamaydigan ma’naviy barkamol insonni shakllantirishga doir metodik majmualar, axborot-ko’rgazmali materiallar yaratish; - boshlang’ich ta’lim fanlari mazmuniga fuqarolik tuyg’usini singdirish; - o’quvchilarda fuqarolik tuyg’usi tarbiyalashgaga qaratilgan ilg’or pedagogik texnologiyalarning zamonaviy metod va usullarini izlab topish va amaliyotga joriy etish; - o’quvchilarda fuqarolik tuyg’usini shakllanganlik darajalari hamda ma’naviy shakllanib borish monitoringini yaratish. O’qituvchilar tomonidan berilayotgan bilimning o’quvchilar tomonidan qay darajada o’zlashtirilayotganligini doimiy nazorat qilib borish; - boshlang’ich ta’lim jarayonida o’quvchi shaxsi ma’naviyatini shakllantirishda uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash; O’quvchilarning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda fuqarolik tuyg’usini tarbiyalashga qaratilgan mashg’ulotlar uyushtirish; Boshlang’ich sinf o’quvchilarida fuqarolik tuyg’usini tarbiyalash jarayonida mehnatsevarlik fazilatini shakllantirish, ayniqsa, o’zlari ta’lim olayotgan maktabda mehnat qilishga o’rgatish; Boshlang’ich ta’lim jarayonida O’zbekiston mustaqilligi tufayli umuminsoniy, milliy ma’naviy qadriyatlardan keng foydalanish; O’quvchi yoshlarda fuqarolik tuyg’usini shakllantirishda o’zbek xalqining milliy urf - odatlaridan foydalanish; O’quvchilarning fuqarolik tuyg’usini tarbiyalashga qaratilgan tashviqot targ’ibotchilik faoliyatini takomillashtirishga alohida ahamiyat berish;



Foydalanilgan adabiyotlar
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
2. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni.
3. Mirziyoyev.Sh.M Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutq
4. Mirziyoyev.Sh.M - Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan quraylik
5. Mirziyoyev.Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlirini ta’minlash -yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi
6. Mirziyoyev.Sh.M -Niyati ulug’ xalqning ishi ham ulug’, hayoti yorug’ va kelajagi farovon bo’ladi
7. Abdulhakim Shar’iy Juzjoniy. Tasavvuf va inson T., “Adolat”. 2001. 234 bet
8. B. Ochilova. Milliy-ma’naviy yuksalishda meros, qadriyatlar va vorisiylik. T., “Istiqlol”, 2009. 237 bet
9. Bo’riyev O ‘Oila va yangi an‘analar’. T, ‘O’qituvchi’ 2005 yil 127 bet
10. Berdiev G ―O‘quvchilarda shaxslararo munosabatlarning o‘ziga hos hususiyatlari // Xalq ta‘limi j. - T.: 2008. № 6. 256 bet
11. Jo’raev A.J ‘Tarbiyaviy darslarni o’tish’. T., ‘O’qituvchi’ 2004 yil 176 bet
12. Uzoqov , G’oziev E, Tojiev A ‘Oila etikasi va psixologi-yasi. T.: O’qituvchi 2009 yil 245 bet
13. Zaripov K. ―Ta‘lim muassasalarida shaxslararo munosabatlarni tashkil qilishda rahbar shaxsi va uslubining o‘rni // Xalq talimi j. – T. 2011 342 bet
14. Inomova K.M. ‘Oilada bolalarning ma‘naviy-axloqiy tarbiyasi’ –Toshkent: Fan, 2009, – 151 b.
15. Imomova. M ‘Farzand nihol, ota-ona - bog’bon’. T., ‘O’qituvchi’ 2007y 234 bet
16. Yo’ldoshev J ‘Ta‘limimiz istiqloli yo’lida’. T., ‘Sharq’ 2006 yil 174 bet
17. Yo’ldoshev J, S.Xasanov. Avestoda ahloqiy - ta‘limiy qarashlar’. T., ‘O’qituvchi’ 2010 yil 186 bet
18. Komilova F ―Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish Toshkent – 2010. 239 bet
19. Munavvarov. A.K ‘Oila pedagogikasi’ T., ‘O’qituvchi’. 2001 yil 231 bet
20. Musurmonova O. ‘Oila ma‘naviyat-milliy g’urur’. – Toshkent: O’qituvchi. 2001 y . 234 bet
21. Xaydarov M ‘Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning tarbiyasida xalq an‘analaridan foydalanish’. (yangi taxrirda) T., ‘Yozuvchi’ 2004 yil 256 bet
22. Hidirova. F ―Oila pedagogikasi T., ―O‘qituvchi . 2011y. 123 bet
23. ‘Odob - ahloqga oid hadis namunalari’. T., ‘Fan’ 2004 yil 342 bet
24. ‘Oila etikasi va psixologiyasi’ (T.Maqsudov tahriri ostida)T., ‘O’qituvchi’ 2010y. 276 bet
25.Ochilova M. Ochilova N. ‘O’qituvchi odobi’. – Toshkent: O’qituvchi, 1997. 189 bet
26. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1- qism. M. To‘htaho‘jaeva umumiy tahriri ostida. – T.: Iqtisod-moliya, 2010. 197 bet
27. Halimova M. ―Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni psixologiyasi . ―Andijon 2011y. 234 bet



Yüklə 65,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə