Pedagogika



Yüklə 65,28 Kb.
səhifə2/5
tarix22.12.2022
ölçüsü65,28 Kb.
#97702
1   2   3   4   5
zdgzgz

Kurs ishining maqsadi - O’quvchi yoshlarda fuqarolik tuyg’ularini tarbiyalashda sinf rahbarining o’rnini aniqlash.
Kurs ishining obyekti – O’quvchi yoshlarda fuqarolik tuyg’ularini tarbiyalashda sinf rahbarining o’rnini aniqlash. jarayoni.
Kurs ishining predmeti - O’quvchi yoshlarda fuqarolik tuyg’ularini tarbiyalashda sinf rahbarining o’rni.

Kurs ishining vazifalari:
1. O’quvchi yoshlarda fuqarolik tuyg’ularini tarbiyalash– pedagogik muammo ekanligini nazariy jihatdan asoslash.
2. O’quvchi yoshlarda fuqarolik tuyg’ularini tarbiyalashning pedagogik xususiyatlarini ishlab chiqish.
3. O’quvchi yoshlarda fuqarolik tuyg’ularini tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash.
4. O’quvchi yoshlarda fuqarolik tuyg’ularini tarbiyalashni ta’minlaydigan shakl va metodlar, vositalar tizimini ishlab chiqish, ilmiy asoslash va tajribada tekshirish.

Kurs ishining tuzilishi: Kirish , 2 ta bob , xulosa, foydalangan adabiyotlar



I BOB. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini fuqarolik madaniyatida tarbiyalash pedagogik muammo sifatida

    1. Sinf rahbari ish faoliyatini tashkil etishning shart-sharoitlari.

Sinf rahbari maktab o’qituvchilar jamoasi va pedagogika kengashining a’zosidir. Sinf rahbari va tashkilotchining burchi juda keng va ko’p tomonlamadir. Sinf rahbari ishining asosiy qismi o’quvchilarni o’rganish, o’quvchilar bilim sifatini oshirish hamda ularning tartib intizomini mustahkamlash. Darsdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va ularni o’tkazish. O’quvchilarning ota-onalari bilan olib boriladigan ishlar ham maktab tashkilotchisi va sinf rahbarining asosiy vazifalaridan biridir. O’quvchilar jamoasi – sinf rahbarining tayanchi. O’quvchilarni tarbiyalashda sinf jamoasidagi barcha o’quvchilarning bir-birlariga ta’sirlari katta ahamiyatga ega. Ularni bir-biriga ko’rsatadigan o’rnaklari intizomni yaxshilash va mustahkamlashga, ularni xulq madaniyatini, odatini, ko’nikmasini hosil qiladi. Alisher Navoiy «Mahbub-ul-qulub» asarida ta’lim-tarbiya jarayonlarini, vositalarini, ahloq-odob talablarini ko’rsatadi. O’z davridagi musulmon maktablarining yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi. O’qituvchi odobi va muallimlik kasbi, mudarrislar, maktabdorlar va ta’lim berayotgan fanini va tarbiya jaaryonini sevishi kerak deydi. O’ziga xos o’quvchi jamiyatda obro’li va hurmatga loyiq insondir, deb hisoblaydi. SHogirdlar muallimni hurmat qilishlari, e’zozlashlari zarurligini uqtiradi. Navoiyning fikricha, ba’zan bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga ojizlik qiladi, muallim esa bir nechta bola-sinf jamoasini tashkil etadi va ilmu-adab o’rgatadi. Bu jarayonda sinf rahbari ko’p mashaqqatlarga duch keladi. SHuning uchun shogirdlar ustoz oldida umrbod qarzdor ekanliklarini his etishlari lozim. SHogird podsholik martabasiga erishsa ham muallimga qulluq qilsa arziydi. Xaq yo’lida senga bir harf o’qitmish ranj ila, Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila. Sinf rahbari o’quvchilarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalar ekan, u o’z faoliyatida quyidagi talablarga rioya qilishi kerak: - sinf rahbari o’quvchi ota-onasining mansabi, boyligiga qarab bolaga muomala qilmasligi lozim. - sinf rahbari bolalarga ahloqiy normalarni o’rgatishi kerak. - gerdayishi, manmanlik, ta’magirlik, nodonlik kabi illatlar o’qituvchi ahloqiga yod sifatlardir. - xalq nazarida olim hisoblanadigan o’qituvchilar yomon ishlardan, fiskufasoddan o’zlarini tiya bilishlari zarur. Sinf rahbarining ota-onalar bilan to’g’ri muomila qila olishi murakkab, nozik ish. CHunki hozirgi ota-onalarning ko’pchiligi o’rta yoki oliy ma’lumotli kishilar, ular vaqtli matbuot, televidinie, radio orqali ko’pgina pedagogik axborotlarni bilib oladilar. SHunday vaziyatlar ham bo’ladiki, o’g’il yoki qiz bola maktabda o’zboshimchalik qiladi, lekin oilada hushyor va gapga quloq soladi, yoki aksincha. Oilada muomalasi qo’pol, o’zboshimcha, maktabda esa o’zini xushmuamola, intizomli tutadi. Buning sababi nimada? Bunday holatlarning hammasi uchun bir xil sabab va to’g’ri javobni topish amri mahol. Chunki har bir holatda uning sabablari turlicha bo’lishi mumkin. Demak, sinf rahbari va ota-onalarning maqsadlari bir xil bo’lsa ham, ularning hamkorligi, bir-birini tushunishi, muomala munosabatlari qarama-qarshiliklarsiz bo’lmaydi. Sinf rahbarining faoliyati kamol topayotgan kishi shaxsini tarkib toptirishga qaratilgandir. Bu faoliyatning natijalari tarbiyalanuvchining qiyofasida, uning shaxsidagi xususiyatlarida, xarakter va xulq-atvorida o’z aksini topadi. Agar tarbiyachi pedagog nimaga intilayotganini ravshan va aniq tushunilmagan joyda tarbiyalanuvchilar shaxsini takomillashtirishga astoydil intilish bo’lmaydi, balki tarbiyada o’tkaziladigan ish tasodifiy tusga ega bo’lib, buning uchun ajratilgan vaqtni to’ldirish uchungina olib boriladi. Tarbiya faoliyatining maqsadlarini aniq bilmagan va bu maqsadlarni hisobga olmagan holda to’la qimmatli tarbiya yo’q va bo’lishi ham mumkin emas. Ma’naviy-ahloqiy tarbiyaning maqsadi jamiyat talablariga bog’liq bo’lib, bu talablar o’z navbatida ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi va jamiyatda yoshlarni o’qitish va tarbiyalash ishlarining hammasi yosh avlodda ma’naviy ahloq va e’tiqodni shakllantirishga, ularni Vatanga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi lozim. Yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishda boshlang’ich maktab muhim o’rin egallaydi. Ma’naviy ahloqiy tarbiya-ma’naviy ongni bir maqsadni ko’zlab tarkib toptirish, ahloqiy tuyg’ularni rivojlantirish hamda xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini hosil qilishdan iborat. Sinf rahbari o’quvchilarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning quyidagi vazifalarini hal etishi kerak.
1) Tug’ilib o’sgan joyiga, O’zbekiston Respublikasiga yuksak muhabbat tuyg’ularini, uning tabiati va kishilar haqida, Vatanning himoyachilari va mehnat qahramonlari to’g’risida, ota-bobolarimiz, ularni dunyo tsivilizitsiyasiga qo’shgan hissalari to’g’risida ko’proq bilishga intilishni tarbiyalash.
2) O’quvchilarda Vatanimizning boy tarixi, shuningdek boshqa mamlakatlar to’g’risida, tinchlik uchun kurash haqida chet ellardagi bolalar tashkilotlari haqida dastlabki tasavvurlarni hosil qilish.
3) Bolalarda o’rtoqlik tuyg’usini, boshqalarga yordam ko’rsatish ishtiyoqini, umumiy foyda yo’lida birgalikda faoliyat ko’rsatishga intilishni tarkib toptirish. Bolalar o’rtasida, o’g’il va qiz bolalar o’rtasida do’stona munosabatlarni rag’batlantirish, sohta o’rtoqlik ko’rinishlariga qarshi kurash olib borish lozim.
4) O’z so’zi va va’dasi uchun, o’qituvchi va kollektiv topshiriqlarining bajarilishi uchun ma’suliyat tuyg’usini tarbiyalash.
5) Bolalarda kishilarga to’g’ri munosabatni, keksalar, bemorlar, invalidlarga nisbatan e’tibor va g’amhurlikni, xushfe’l va betartib, kamtar va haqgo’y bulishini tarbiyalash.
O’quvchilarni barcha kishilarning yaxshi va yomon xatti-harakatlarini farqlay olishga, o’z xatti-harakatlariga va o’rtoqlarining xatti-harakatiga adolatli baho berishga o’rgatishi hamda o’z kuch g’ayratini o’quvchilarda nopoklik, adolatsizlik, kishilarga raxm-shafqatsiz bo’lishga nisbatan salbiy munosabatni tarkib topshtirishga qaratishi kerak. O’quvchilarni tarbiyalash o’qitishga qaraganda ancha qiyin degan fikrni o’qituvchilar orasida tez-tez eshitish mumkin. Ma’naviy-ahloqiy tarbiya ta’lim berish bilan mustahkam aloqada bo’lgani holda, o’zining xususiyatlariga ega. Ma’naviy-ahloqiy tarbiya o’sib kelayotgan avlodni tarbiyalashni barcha protsesslarini bilim berish va o’rgatish bilan birga qamrab oladi. Bunday ikkita o’zaro bog’langan tomon: hayotni bilish va unga bo’lgan munosabatni tarkib toptirish protsesslari ajralib turadi. Hayotni bilish ma’lumot olishning asosiy funktsiyasi, unga bo’lgan munosabatni tarkib toptirish tarbiyaning asosi, vazifasini tashkil etadi. Sinf rahbari faqat ta’lim-tarbiyaning birligini emas, balki ularning xususiyatlarini ham ko’ra bilishi muhimdir. Maktabdagi tarbiya inson shaxsini tarkib toptirish yuzasidan olib boriladigan ulkan ishining bir qismi xolos, u bolaning ilgarigi tajribalarini hisobga olgan holda tashkil etiladi, undagi barcha yaxshi sifatlarni o’stirib, noto’g’ri tasavvurlar, odatlarni tuzatib borishi va bo’lajak sifatga zamin tayyorlashi kerak. Ma’naviy-ahloqiy tarbiya o’quvchi maktabni tamomlagandan keyin ham to’gallanmaydi, u butun umr bo’yi davom etadi. Ma’naviy-ahloqiy tarbiya-ta’lim berish bilan bog’liq bo’lgani holda, o’z xususiyatlariga, o’ziga xos vazifalari, uni tashkil etishning forma va metodlariga ega bo’lib, maxsus ravishda o’rganilishi lozim. O’quvchilarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning muhim sharti sifatida ularning o’quv va o’qishdan tashqi xilma-xil faoliyatlarining birligi to’g’risidagi tushunchalar bilan bog’liqdir. O’quv va ma’naviy-ahloqiy tarbiya faoliyati bir-birlarini to’ldirish lozim: Sinf rahbari tomonidan tarbiyaviy bosqichga rahbarlik qilingan taqdirdagina tarbiyada biror maqsadga qaratilganlik, ma’lum bir sistemaning bo’lishi mumkin. Ma’naviyahloqiy tarbiyalash avvalo tarbiyalanuvchi shaxsining tarkib topish protsessiga rahbarlik qilishni taqozo etadi. Biror maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonda tarbiyalanuvchilarning jismoniy hamda ma’naviy-ahloqiy yetukligi o’sib borishiga qarab ularning mustaqilligi va ijodiy faolligi ortib boradi. O’quvchilar jamoasining ongliligi ortib borishi bilan tarbiyachining vazifalari o’zgaradi. Tarbiya davomida tarbiyalanuvchining qarashlari, hayotiy nuqtai nazari asta-sekin tarkib topadi. Hozirgi davrida maktab va uydagi o’quv-tarbiya ishlarini amalga oshirayotgan pedagogik jamoa oldiga juda katta vazifalar qo’ymoqda. Maktab yosh avlodni dunyoqarashini tarkib toptirish, g’oyaviy, siyosiy jihatdan chiniqtirish, yuksak axloqiy fazilatlarga ega qilish, mehnatiga va ongli kasb tanlashga tayyorlash lozim. Bu vazifalarni hal qilishda sinf rahbari va tashkilotchi muhim rol o’ynaydi. CHunki, u bir sinf sharoitida tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi va boshqaradi. Sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. O’ziga yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani bajarayotganda u yolg’iz emas, shu sinfda dars berayotgan turli fan o’qituvchilari bilan hamkorlikda va ularga suyangan holda o’kuvchilarda milliy dunyoqarash asoslarini shakllantiradi, axloqiy tarbiyasini rivojlantiradi. O’quvchilarni darsdan tashqari tadbirlarni tashkil etadi va sinf jamoasini mustahkamlaydi. 2. O’quvchilarning bilimga bo’lgan qiziqish va qobilyatini o’stirish har bir o’quvchining indivudial-psixik xususiyatlarini hisobga olgan holda kasbga yo’naltirish va hayotiy maqsadlarini shakllantirish sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda har bir o’quvchining sog’ligini mustahkamlashga ham e’tibor beradi. 3. Sinf rahbarining diqqat markazida o’quvchilarning yuqori darsda o’zlashtirishini ta’minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir o’quvchining kundalik o’zlashtirishidan voqif bo’lib turadi. Orqada qolayotganlarga o’z vaqtida, kechiktirmay yordam uyushtiradi. 4. Sinfdagi o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish ishlarini yo’naltiradi, ular ishtirokida sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini ta’min etadi, maktab miqiyosida uyushtirilayotgan muhim tadbirlarda o’z sinfining faol qatnashishini ta’minlaydi.
5. Sinf o’quvchilarining ota-onalari, kuni uzaytirilgan guruhlarining tarbiyachilari, korxonalar va muassasalardagi, turar joylardagi otaliqqa oluvchilar bilan yaqin aloqaga o’rnatadi.
6. Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan o’qituvchilari o’rtasida o’quvchilarga nisbatan yagona talablar o’rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilimlar tarqatib, oila bilan maktab o’rtasidagi aloqani mustahkamlaydi. 7. Sinf rahbari o’z sinfidagi turli hujjatlarini; sinf jurnali, o’quvchilarning kundaliklari, tabellar, shaxsiy ma’lumotlari, turli xil reja va hisobotlarni yuritadi. Ko’rinib turibdiki, sinf rahbarining vazifalari keng va murakkab, ularni muvaffaqiyatli hal qilish sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga ham bog’liqdir. Sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga qo’yiladigan talablar o’qituvchiga qo’yiladigan talablardan farq qilmaydi. Lekin, sinf rahbari asosiy tarbiyachi, bolalar ma’naviy jihatdan andoza oladigan shaxs bo’lganligi uchun ham, bu talablar uning shaxsiy fazilatiga aylanib ketishi bilan tarbiyada alohida rol o’ynaydi. O’quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllantirish, o’zlashtirish va bilim sifatini oshirish ko’p jihatdan kuni uzaytirilgan guruhlarining samarali ishlashiga bog’liqdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o’quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatini to’ldiradi. Ularning dunyoqarashi, to’g’ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarish bilan bog’lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko’p qirralidir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish.
2. O’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko’p qirrali ishlarni o’quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo’lga qo’yish.
3. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o’qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalari, sinf faollariga uslubiy yordam ko’rsatish. 4. Umummaktab va maktablararo o’tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish.
5. O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini ko’rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma’muriy. Bular ko’pincha o’zaro uzviy bog’langan holda namoyon bo’ladi. Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator kishilarni kiritish mumkin:
1. Tarbiyaviy ishlar sohasida erishgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish.
2. Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash.
3. Tarbiyaviy, ommaviy, siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmunini, shakl va usullarini aniqlash.
4. Sinfdan, maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish, guruhlashtirish va ularning mazmunini, shakl va usullarini aniqlash, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash.
O’quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o’z mazmuniga ko’ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. Chunki sinfdan tashqari ishlarda olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi. Shu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi. O’quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib turli kishilar bilan muayan munosabatga kirishadilar. Turli vaziyatga duch keladilar. SHuning uchun ham o’quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, ularning munosabatlari shunchalik munosabat doirasi keng va ma’naviy o’sishi samarali bo’ladi. Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o’quvchilar jamoadagi ishlarni o’rganadilar. Ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar. Ishlab chiqarish mehnatiga qo’shiladilar. Jamoatchilik fikriga bo’ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga otlanadilar. Maktabdan tashqari faoliyatga quyidagilar kiradi:
1. Og’zaki ish usullari: majlislar, yig’inlar, ma’ruzalar, kutubxonalar, konferentsiyalar, munozaralar, uchrashuvlar, gazetalar, radio va jurnallar.
2. Amaliy ish olib borish usullari turli joylarga sayyohatlarga, sport musobaqalari, tabiatshunoslar to’garaklari, shanbaliklar, yangi kitoblar ko’rgazmalari.
Tarbiyaviy ish pedagogikadan butun qobiliyatlarni ishga solishga taqozo etadi. Sinf rahbarligi kursi bilan maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar metodikasi kursi bir-biriga bog’liq va uning davomiyligidir. Yuqoridagi qayd etilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida o’quvchilar turli qo’llanmalar, asboblar, apparatlar, didaktik materiallardan foydalanishni o’rganadilar, o’z-o’zini tekshirish uchun turli ma’lumot va tayanch materiallarini jalb etish ko’nikmalarini egallaydilar. Sinfdan va maktabdan tashqari ishni rejalashtirish bolalarning yosh xususiyatlariga, maktabning joylashgan shart-sharoitlariga, ijodiy birlashmalariga, ilmiy markazlar bilan o’zaro aloqasi kabi ishlarni inobatga oladi. Direktor o’rinbosarining faoliyati, o’z ifodasini topgan xujjatlar ro’yxati, xalq ta’limi tomonidan doimiy ravishda berilib boriladi. Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining g’oyaviy ishonchiga va siyosiyligining darajasiga bog’liq. Buning uchun sinf rahbari fan yangiliklarini muntazam, egallab borishi bilan o’zining bilimini, ongini oshiradi. Sinf rahbarining axloqiy obro’si g’oyat darajada yuqori bo’lishi ham bu o’rinda muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishga ega bo’ladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy qiyofasi o’quvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Sinf rahbari uchun malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishni o’zi yetarli emas. U o’z tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi insonparvarlik fazilatlari, o’z ishiga sadoqati, intizomi, odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta’sir o’gkazadi. CHunki, tarbiyachilik qobilyati juda ko’p sifatlarni: chuqur bilim, keng fikrlilik, ishga jon dildan ko’ngil qo’yish, bolalarga bo’lgan cheksiz, muhabbat muomala nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq temperament, oqil va adolatlilik namunasi, alohida nazokat sipolik va vazminlik kabi fazilatlarning bo’lishini taqozo qiladi. Bunga yana tarbiyachilik texnikasi qo’shimcha ishda muvaffaqiyat ta’minlanishi tabiiydir. Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir. Sinf rahbarlaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilish, har bir bola shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo’lish, o’z muomolasini tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy yondashish talab qilinadi. Muhimi shundaki, sinf rahbarining o’zi bolalarni tarbiyalamoqchi bo’lgan g’oyaviy-axloqiy barkamollikka mos bo’lishi kerak. Tarbiyadagi xatolarning ko’pchiligiga asosiy sabab, bolaning oldiga qo’yilayotgan talablar tarbiyachi harakterida hamisha ham namoyon bo’lavermasligidadir. Sinf rahbarining faol jamoatchi sifatida hamisha namuna ko’rsatishi muhim ahamiyatga ega. Ayni vaqta u kommunikativ qobilyatga ega bo’lishi, ro’y berayotgan voqea va hodisalarni faqat pedagogik qoidalarga bog’lab baholashgina emas, balki ro’y berishni sababiga qarab hukm ham chiqarishni, ijod qilish qobilyatiga ega bo’lishi kerak.; Sinf rahbari maktabdagi eng yetuk pedagog hisoblanib, u bajaradigan mehnatining o’lchovi, chegarasi yo’q. Uning bilmagan ishi uddasidan chiqa olmaydigan sohasi bo’lmaydi. Shu bilan bir qatorda, u beg’araz, xolis shaxs bo’lib, jamoatchilik asosida ishlaydp. Sinf rahbari pedagoglar, ota onalar va o’quvchilarni o’zaro bog’lovchi shaxs sifatida barcha tomonlarining nuqtai nazarini hisobga olishi, harakatlarni bir markazga birlashtirish, o’zaro aloqalarning to’g’ri bo’lishiga ta’sir o’tkazish va ayni vaqtda o’zining o’rnini aniq ta’minlay olishi kerak. Mana shu fazilatlar sinf rahbarining tarbiyaviy ishlari samarasini oshirishga va uning muvaffaqiyatini ta’minlashga garov bo’ladi. Sinf rahbari o’quvchilarga puxta bilim berishga, ularni fikrlash qobilyatini faollashtirishga hamisha g’amxo’rlik qilib boradi. Hatto o’zlashtirish yuqori bo’lgan sinflarda ham bolalarda ilmga bo’lgan qiziqish va muhabbatni o’stirishga, ta’lim sifatini oshirishga harakat qilish zarur. Ayrim maktablarda yuqori o’zlashtirishga erishishga o’quv, didaktik masala sifatida maktabda ta’lim-tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yishga bog’liq bo’ladi. O’qish jarayonida bolalarda mehnatsevarlik, diqqatni, matonat kabi sifatlarni tarbiyalash bilimni muvaffaqiyatli o’zlashtirishga yordam beradi. Maktabda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar sistemasi to’g’ri va bevosita sinfda o’zlashtirishni ko’tarishga ta’sir etadi. Sinf rahbari o’qituvchilar bilan hamkorlikda bolalarni o’qishga ongli munosabatda bo’lishga o’rgatadi. O’quvchilarning o’qishlarini nazorat qiladi, darslarga kiradi, kuzatadi va o’z sinfidagi o’quvchilar bilan birgalikda sinfda o’quv ishlarining sifatini oshirish chora-tadbirlarini belgilaydi. Yuqori sinflarda yuqori o’zlashtirish uchun ko’rish susaymaydi, aksincha u yana ko’proq ahamiyat kasb etib boradi.
1. O’quv mehnatiga ongli munosabatda va unga ma’lumot bilan yondashish hissini tarbiyalash bilimning sifatli bo’lishi bolaning o’qishga bo’lgan intilishiga qiziqishiga ularning harakatchanligiga, diqaqatiga faoliyatiga tashabbuskorligiga, mustaqilligiga bog’liqdir. Bunday sifatlarni o’quvchilarda shakllantirish ularga o’quv mehnatining ijodiy ahamiyatini tushuntirish va o’quv mashg’ulotlariga mas’uliyat bilan yondashishni o’quvchilardan talab etish sinf rahbarining faoliyatida muhim o’rin egallaydi. Sinf rahbari o’quv jarayonini ijtimoiy foydali mehnat bilan bog’lash o’qish bilan hayot o’rtasidagi, mehnat faoliyati o’rtasidagi aloqani ko’rsatish, vatanni himoya qilish hissini tarbiyalash orqali erishiladi.
2. Har narsani bilishga qiziqish va bilimga muhabbat uyg’otish. Bola bilimga qiziqmay turib, o’qishga intilmay turib, muvaffaqiyatli o’qiy olmaydi. Birinchi navbatda qiyinchilik bilan o’zlashtirilgan fanlariga nisbatan bolaning qiziqishini uyg’otish kerak. Boladagi o’qish, mehnatga nisbatan havas va qiziqish o’qishidagi qiyinchiliklarni yengishga, bilim faoliyatini oshirishga qiziquvchanlik va mustaqilligini kamol topishiga olib keladi.
3. O’quv mehnati madaniyatini oshirish. O’zlashtirishning past bo’lishi aksariyat, o’quv jarayonini sistemali va rejali olib borish iqtidorli bolalarni shakllaniga olib keladi. Sinf rahbarining va o’qituvchining asosiy vazifasi har bir o’quvchining fikrlashga o’rgatishdan iboratdir. Ayniqsa bolalarda o’qish qiyinchiliklarini yengish, tushunib o’qish va kitob bilan mustaqil ishlash uy vazifalarini bajarishda rioya qilishni olgan bilimlarini, amalda qo’llash kabi bilim olish uchun zarur bo’lgan sifatlarini shakllantirish katta ahamiyatga egadir. O’quvchilarning aqliy va jismoniy o’sishiga madaniyatli bo’lib harakat qilish va hamisha bu haqda g’amxo’rlik qilish lozim.
4. O’quvchilarni o’quv mehnatida muayyan rejaga itoat etishga o’rgatish. O’quv mehnati bilan dam olishni to’g’ri tashkil etish, tashkiliy ravishda uy vazifalarini bajarish ta’lim samaradorligini oshiradi. O’quvchilar rejimga itoat etishlarini o’qituvchi, sinf rahbari va ota-onalar muntazam ravishda nazorat qilib borishlari kerak. SHu yo’l bilan ularni muvaffaqiyatli o’qishga, o’quv mehnatida saramjonlikka o’rgatish mumkin.
5. O’qish jarayonida o’rtoqlariga yordam berishni uyushtirish. O’rtoqlariga o’zaro yordam, sinfda ulgurmovchilikni, maktabni tashlab ketish hollarining oldini olishga yordam beradi. SHu bilan birga sinfda o’rtoqlik do’stlik va bir jamoa bo’lib shakllanishiga olib keladi.
6. Sinf o’quvchilari bilan alohida bo’lishi va yaxshi hamkorlik. Sinf rahbari ta’lim-tarbiyaviy ishlarni yakka o’zi emas, balki shu sinflarda dars beruvchi boshqa o’quvchilar bilan hamkorlikda hal etadi. O’quv ishlarida sinf rahbarining va shu sinfda ishlaydigan boshqa o’qituvchilarning bir yoqadan bosh chiqarib ishlashi, o’quvchilarga nisbatan yagona talabni amalga oshirish va o’quvchilarning bir-biriga o’zaro yordamlari ta’lim-tarbiya sifatini oshiradi. Tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati ko’p qirrali va sermazmundir. Sinf rahbari rahbarlik qilayotgan sinf o’quvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda o’quv yili yoki chorak davomida nimalar qilish kerakligi bolalar hayotini nima bilan band qilish va tanlangan ish turini qanday amalga oshirishni bexato aniqlash kabi ancha murakkab muammoni yechadi. Bu borada sinf rahbariga turli xil manbalar yordam beradi. O’quvchilarning ayrim hattiharakatlariga bu hatti-harakatlar namoyon bo’lishini tashkil etishi tajribalarini o’rganish va tahlil qilish asosida o’quvchilarni o’rganishda amal qilishi lozim bo’lgan talablarni shunday ifodalamoq mumkin. Bolalarni o’rganish ularga tarbiya va ta’lim berish sifatini oshirish lozim. O’quvchilarni muntazam tarzda o’rganish asosida boshlang’ich jamoaga hamda alohida o’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishining yanada samarali usul va metodlarini tanlab olishga ijodiy yondashish mumkin bo’ladi. O’quvchilarning individual xususiyatlari, mayllari hamda qiziqishlarini qayd qilib borish bilangina cheklanib qolish noto’g’ri bo’ladi. Bu o’rganish asosida o’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, bular bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni tashkil etish muhimdir. O’z o’quvchilarini yaxshi o’rganish demak, tashqi tomoniga emas, balki ular hulq-atvor sabablarini o’rganishga e’tibor bermoq darkor. O’quvchilarni tabiiy hayot va o’quv faoliyati sharoitida o’rganish. O’quvchi ta’lim jarayonida ijtimoiy foydali maslahatga va jamoat ishiga o’rganishi lozim.O’qituvchilarning o’qituvchi va o’quvchilar jamoasi bilan, otaonalar va tevarak atrofidagi kishilar bilan kirishadigan munosabatlarini o’rgatish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu munosabatlar jarayonida shaxsning yanada to’la ochiladi. O’quvchilarni tibbiy ish va kundalik hatti-harakat jarayonida o’rganish o’quvchiga haqiqiy baho berishga yordam beradi. Yuqori sinflarda yuqori o’zlashtirish susaymaydi, aksincha u yana ko’proq ahamiyat kasb etib boradi.
1. O’quv mehnatiga ongli munosabatda va unga ma’lumot bilan yondashish hissini tarbiyalash bilimning sifatli bo’lishi bolaning o’qishga bo’lgan intilishi, qiziqishiga ularning harakatchangligiga, diqaqatiga faoliyatiga tashabbuskorligiga, mustaqilligiga bog’liqdir. Bunday sifatlarni o’quvchilarda shakllantirish, ularga o’quv mehnatining ijodiy ahamiyati tushuntirish va o’quv mashgulotlariga mas’uliyat bilan yondashishni o’quvchilardan talab etish sinf rahbarining faoliyatida muhim o’rin egallaydi. Bunga esa ularning o’qishdagi har bir yutig’ini ijtimoiy foydali mehnat bilan bog’lanish o’qish bilan hayot o’rtasidagi mehnat faoliyati o’rtasidagi aloqalini ko’rsatishi, vatanni himoya qilish hissasini tarbiyalash orqali erishiladi.
2. Har narsani bilishga qiziqish va bilimga muhabbat uyg’otish. Bola bilimga qiziqmay turib, o’qishga intilmay turib, muvaffaqiyatli o’qiy olmaydi. Birinchi navbatda qiyinchilik bilan o’zlashtirilgan fanlariga nisbatan bolaning qiziqishini uyg’otish kerak. Boladagi o’qish mehnatiga nisbatan, mehnatga nisbatan havas va qiziqish o’qishidagi qiyinchiliklarni yengishga, bilim faoliyatini oshirishga qiziquvchanlik va mustaqilligini kamol topishiga olib keladi.
3. O’quv mehnati madaniyatini oshirish. O’zlashtirishning past bo’lishi aksariyat, o’quv mehnatini sistemali va rejali olib borish iqtidorli bolalarda iqtidorini shakllanishiga olib keladi. Sinf rahbarining va o’qituvchining asosiy vazifasi har bir o’quvchining fikrlashga o’rgatishdan iboratdir. Ayniqsa bolalarda o’qish qiyinchiliklarini yengish, tushunib o’qish va kitob bilan mustaqil ishlash uy vazifalarini bajarishda rioya qilishni olgan bilimlarini, amalda qo’llash kabi bilim olish uchun zarur bo’lgan sifatlarini shakllantirish katta ahamiyatga egadir. O’quvchilarniyag aqliy va jismoniy taraqqiy etishga madaniyatli bo’lib harakat qilish va hamisha bu haqda g’amxo’rlik qilish lozim.
4. O’quvchilarni o’quv mehnatida muayyan rejaga itoat etishga o’rgatish. O’quv mehnati bilan dam olishni to’g’ri almashtirib borish, tashkiliy ravishda uy vazifalarini bajarish ta’lim samaradorligini oshiradi. O’quvchilar rejimga itoat etishlarini o’qituvchi, sinf rahbari va ota-onalar muntazam ravishda nazorat qilib borishlari kerak. Shu yo’l bilan ularni muvaffaqiyatli o’qishga, o’quv mehnatada saramjonlikka o’rgatish mumkin.
5. Sinfda o’qish jarayonida o’rtoqlarga yordam uyushtirish. O’rtoqlarga o’zaro yordam, sinfda ulgurmovchilikni, ikki yillikni va maktabni tashlab ketish hollarining oldini olishga yordam beradi. Shu bilan birga sinfda o’rtoqlik do’stlik va bir jamoa bo’lib shakllanishiga olib keladi.
6. Sinf o’quvchilari bilan alohida bo’lishi va yaxshi hamkorlik. Sinf rahbari ta’lim-tarbiyaviy ishlarni yakka o’zi emas, balki shu sinflarda dars beruvchi boshqa o’qituvchilar bilan hamkorlikda hal etadi. O’quv ishlarida sinf rahbarining va shu sinfda ishlaydigan boshqa o’qituvchilarning bir yoqadan bosh chiqarib ishlashi, o’quvchilarga nisbatan yagona talabni amalga oshirish va o’quvchilarning bir-biriga o’zaro yordamlari ta’lim -tarbiya sifatini oshiradi.



    1. Yüklə 65,28 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə