Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi


Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə70/72
tarix28.04.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#107515
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi

Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
• O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani predmeti, maqsad va vazifalari; tarix kursining davrlashtirish prinsiplari; jahon sivilizatsiyalari va ularning xususiyatlari bilishi kеrak;
• davlat uyushmalari, shahar-davlat va davlat birlashmalari; turli tarixiy davr va bosqichlarda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy ahvoli; davlatlarning ichki va tashqi siyosati xalqaro munosabatlar ijtimoiy xarakatlar to‘grisida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi; tarixiy jarayonlar tasnifi bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kеrak.
ijtimoiy xodisalani taqqoslash va ilmiy xulosa chiqarish; tarixiy vokealarga xol isona baxo berishni bilishi buyicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; tarixiy voqealikni tadqiq etish; ijtimoiy jarayonlarni dialektik o‘rganish malakalariga ega bo‘lishi kеrak.
Ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi komptensiyar mavjud bo‘lishi lozim
Modul ma’ruzalar va amaliy auditoriya mashg‘ulotlari hamda talabalarning mustaqil ta’lim faoliyati orqali tashkil etiladi. Ma’ruzalarda matematik analiz kursi mavzularini tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan nazariy ma’lumotlar beriladi. Amaliy auditoriya mashg‘ulotlarida matematik analiz kursi muammolari (misol va masalalari) taqdim etiladi va talabalarga ularni hal qilish uchun zarur matematik usullar va metodlarni qo‘llash bo‘yicha mashq qilish imkoniyati beriladi. Mustaqil ta’lim faoliyatida talabalar mavzularni chuqur o‘rganib, adabiyotlar va ilmiy jurnallar hamda manbaalardan foydalangan holda mavzularni tahlil qilishi lozim. Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan tavsiya etilgan mavzularga slayd tayyorlash, mavzuga oid adabiyotni mustaqil o‘qish va uning taqdimot tarzda topshirish.

3.

V. Ta’lim natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
- mustamlakachilik davrida O‘zbekistonning turli sohalardagi rivojlanishiga qarshi siyosat va ularning oqibatlari, mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni, ularning sabab va oqibatlarini, O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi, hukukiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi, rivojlanishi, yangilanish va modernizastiya jarayonlarini, O‘zbekiston eng yangi tarixining asosiy bosqichlari va voqealari. o‘rganilayotgan davrning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy tizimining xususiyatlari, uni o‘zgartirishning yo‘nalishlari va mexanizmlari; zamonaviy O‘zbekistonning siyosiy jarayonidagi muhim jihatlari va tendenstiyalarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan O‘zbekistonning yangi siyosiy modernizastiyam asosiy yo‘nalishlarini, O‘zbekistonning siiyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy siyosatidagi asosiy jarayonlar mazmuni va muhim yo‘nalishlari, zamonaviy O‘zbekistonning etakchi infratuzilma loyihalari tarkibi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishi bilan birga ushbu loyihalarning O‘zbekiston uchun strategik ehtiyojlarini, O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy maqsad va vazifalari, zamonaviy jarayonlarda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rni haqida tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan tasavvur va bilimga ega bo‘lishi kerak.
- O‘zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini o‘rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik g’oyasini qo‘llay bilish, jarayonlarga o‘z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyokarashi rivojida tarix fanining o‘rnini anglash, bugungi kunda sodir bo‘layotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bog‘liqdigini bilish - Vatanimiz tarixi bo‘yicha o‘z tarixiy tafakkurini boyitib borish, tarixiy haqiqat tamoyillari asosida tarixiy jarayonlarni tahlil qila bilish, O‘zbekistonning jahon stivilizastiyasi o‘choqlaridan biri ekanligini teran his qila olish, ajdodlarimizning ibratli hayoti va faoliyati bilan faxrlanish va vatanparvarlikni namoyon eta olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
- tarixiy voqea-hodisalar natijalarini qiyosiy taqqoslash orqali ulardan xulosalar chiqarish, jamiyat taraqqiyotida o‘zining tutgan o‘rnini anglay bilish, amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorligini his etishi, O‘zbekistonning eng yangi tarixini chuqur bilish, milliy - ma’naviy va umuminsoniy masalalar bo‘yicha o‘z qarashlarini ilmiy asoslashi va ifodalash, milliy mustaqillik g’oyalariga amal qiladigan faol xayotiy dunyoqarash, tarixiy voqealar va hodisalarga nisbatan o‘z nuqtai nazariga, mustaqil fikriga va munosabat bildira olish malakasiga ega bo‘lishi kerak.




Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə