Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi


VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə71/72
tarix28.04.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#107515
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi

4.

VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
• ma’ruzalar;
interfaol keys-stadilar;
• seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
guruhlarda ishlash;
• taqdimotlarni qilish;
individual loyihalar;
• jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar

5.

VII. Kreditlarni olish uchun talablar:
1. Baholash (Kunduzgi va kechki ta’lim shakli uchun)
1) Birinchi oraliq nazorat – 30 ballni, o‘z ichiga:
− amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarida faol ishtiroki;
− kollokvium - savollar orqali tegishli mavzular bo‘yicha og‘zaki savol-javob. Savollar tahliliy xarakterda bo‘ladi, birlamchi va boshqa turdagi manbalardan foydalanish mumkin.
– yozma topshiriqlar - kazus echish, jadval, sxema, glossariy tuzish, hujjat loyihasini tayyorlash.
1) Ikkinchi oraliq nazorat – 40 ballni (20 ball auditoriya mashg‘ulotlari, 20 ball mustaqil ta’lim), o‘z ichiga:
− fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan auditoriya mashg‘ulotlaridagi fan mavzularidan tuzilgan savollar;
− fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan mustaqil ta’lim mashg‘ulotlaridagi mavzulardan tuzilgan savollar;
– yozma topshiriqlar.
2) Yakuniy nazorat (yozma javob berish) – 30 ball. Modul davomida olingan bilim va ko‘nikmalarni darajasini baholash uchun yakuniy nazorat 80 daqiqa davom etadigan yozma imtihon shaklida bo‘lib o‘tadi. Biletlarda asosida nazariy savollar va echish uchun amaliy topshiriqlar beriladi. Yakuniy nazorat savollari auditoriya (kontaktli) va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlaridan olinadi. Savollar tahliliy yondashuvni, chuqur bilim va nazariy tushunishni, hujjatlarning asosiy qoidalari va huquqiy amaliyotda muayyan vaziyatga baho berish ko‘nikmalarini talab etadi.
Oraliq nazorat:
– Modul o‘qituvchisi (instruktor) bilan kelishilgan holda fikrlar almashuvi yozma yoki og‘zaki shaklda;
– Oraliq nazorat shakllari: munozaralar, shuningdek muhokama qilingan asosiy masalalarni tushunishlarni tekshirish uchun testlar, yozma ishlar va amaliy bajarish shaklida.
Yakuniy nazorat:
– Imtihon – modul davomida olingan bilim va ko‘nikmalarni baholash; yozma savollarni yoki o‘quv dasturi (syllabus) materiallari bo‘yicha yozma, xususan nazariy va amaliy jihatlarni o‘z ichiga oladi.
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish joriy va oraliq nazorat shakllarida mustaqil ta’lim uchun belgilangan vazifa va topshiriqlarni bajarish uchun yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish lozim.

Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomga 


ILOVA


Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə