Pedagogika va Psixologiya fakulteti Pedagogika va psixologiya yo’nalishi



Yüklə 79,2 Kb.
səhifə2/11
tarix24.12.2023
ölçüsü79,2 Kb.
#159851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
FRANSIYADA TA

Ta’lim tizimlari

Frantsiya ta’lim tizimining dastlabka bosqichini maktabgacha tarbiya tashkil etadi. Bu bosqichni «Onalar maktabi» deb ham yuritiladi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad, bolalarning maktabdagi sharoitini uy sharoiti bilan yaqinlashtirish, ularga oiladagidek iliq munosabatni shakllantirishdan iborat. Ular mustaqil holda ham, maktablarning boshlang’ich sinflari bazasida ham tashkil etilgan. Frantsiya ta’limida bolalarning go’daklik chog’idanoq maktabda o’qitish uchun tayyor holda olib kelish g’oyat muhim masala hisoblanadi. “Onalar maktablari” bazasida tashkil etilgan maktabgacha tarbiya shahobchalarida tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan:



  • kichik guruh 2 yoshdan 4 yoshgacha;

  • o’rta guruh 4 yoshdan 5 yoshgacha; – katta guruh 5 yoshdan 6 yoshgacha.

5-6 yoshlilar maktabga tayyorlov guruhi bo’lib, ularga Frantsiyada 100 foiz shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud.



Boshlang’ich ta’lim


Frantsiyada boshlang’ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo’lgan bolalar jalb qilinadilar. Boshlang’ich maktablar fuqarolarning qanday millatga, mamlakat fuqaroligiga mansub bo’lishidan qat’iy nazar, majburiy va bepuldir.
Boshlang’ich maktab bosqichiga qo’yilgan asosiy talab o’quvchilarga ifodali o’qish, yozish, hisoblash malakasini berishdan iboratdir.
Frantsiya ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan chet el fuqaroligiga mansub kishilarning farzandlariga ularning tabiatini, xalqi, tarixi, tili va adabiyotini o’rganish uchun fakultativ kurslar tashkil etish ham ko’zda tutilgan.



Boshlang’ich sinflarda o’qish muddati 5 yil bo’lib, shu muddat ichidagi o’qish asosan 3 bosqichga bo’linadi:


— Tayyorlov bosqichi – 1 yilga mo’ljallangan. Bunda bolalar hisoblashga, o’qish va yozishga, kuylashga, o’ylashga, tabiat manzaralarini tomosha qilishga va undan bahra olishga, jismoniy mashqlar bilai mashg’ul bo’lishga, maktabning turli sport tadbirlarida ishtirok etishga, musiqa, mehnat qilishga o’rgatiladilar.


O’quv mashg’ulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha, hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. Maktabda ovqatlanish pullik, lekin ovqatlar juda arzonlashtirilgan narxlardadir.

Navbatdagi bosqich – elementar kurs bo’lib, bu bosqich


2 yil davom etadi. Bunda o’quvchilarning tayyorlov tsiklida predmetlar bo’yicha olgan bilimlari yanada takomillashtiriladi. Tayyorlov bosqichida bir o’qituvchi ishlasa, elementar bosqichda ikki o’qituvchi (har biri 1 yildan) ishlaydi.
Boshlang’ich maktabning 3 bosqichi – chuqurlashtirish bosqichidir. Bunda o’quvchilarning tayyorlov va elementar bosqichdagi bilimlari yanada chuqurlashtiriladi.
Dasturlarda o’quv predmetlarining barchasiga uch bosqich bo’yicha aniq, alohidaalohida talablar qo’yiladi. Masalan:



Yüklə 79,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə