Pedagogika va Psixologiya fakulteti Pedagogika va psixologiya yo’nalishi



Yüklə 79,2 Kb.
səhifə4/11
tarix24.12.2023
ölçüsü79,2 Kb.
#159851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
FRANSIYADA TA

Matematika bo’yicha


Boshlang’ich maktabning uch bosqichi davomida o’quvchi sodda misol va masalalarni tahlil etish, ulardan paydo bo’ladigan xosilalarni aniq tasavvur hosil qilishi, taklif qilingan hisoblash yo’llaridan boshqacha yo’llarni qidirib topish, javoblarning to’g’riligini aniqlovchi bir qator isbotlarni bilishi, sonlarni taqqoslash, joylashtirishni amalga oshirishni, 1000 gacha adashmay sanashni bilishi, sonlar, qavslar, kasr chiziqlarini qo’llash, mantiqiy fikrlash, arifmetikadagi uch amalni puxta egallash, oddiy diagramma, shakl, sxema, grafika, jadvallarni chizish, geometriyadan dastlabki malakaga ega bo’lmoqlari lozim.
Boshlang’ich maktabning uch bosqichli o’quv jarayonida tarix, geografiya bo’yicha ham jiddiy talablar asosida bilim beriladi. Chunonchi, tarix bo’yicha qadimiy va zamonaviy voqea va hodisalar aniq xronologik ketma-ketlilik bilan o’rganib olishni, vatan tarixini bilishini, barcha tarixiy terminlarni yod olishni talab etilsa, geografiyadan orientirlash, kartani o’qish, qit’alarni, okeanlar, dengizlarni, tog’larni, daryo va ko’llarni ajrata olishni, Frantsiyaning geografik o’rni, iqtisodiyoti, qazilma boyliklari bilan tanishadilar, karta, globus, atlas, geografik lug’at va entsiklopediyalardan foydalanishni o’rganadilar.
Frantsiya maktablarining boshlang’ich sinflarida grajdanlik ta’limi predmeti ham o’qitiladi. Bu predmet ta’limi bizning ta’lim tizimimizdagidek mustaqil bo’lmay ayrim yoidosh predmetlar tarkibiga kiritilgan. Shu tufayli «Grajdanlik ta’limi» predmetiga batafsilroq tuxtalib o’tishni joiz deb hisobladik.



O’quvchilar oila, maktab, sinf oldida ma’lum bir mas’uliyat sezmoqlari lozim. Ularni yoshligidanoq o’z do’stlarini, sinfdoshlarini, oila a’zolarini hurmatlash, ular mehnatini qadrlash, jamoatchilik ichida o’zini tutish kabi insoniy xislatlarni singdirishdan tashqari, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotni boshqarish ishlari tizimi, shahar meri, shahar kengashi ularning vazifalari, saylov tizimlari, saylov oldi kompaniyasining qo’yilishi, mohiyati va boshqalar o’rgatiladi.
Grajdanlik ta’limi predmeti kurslari tarkibiga yana ma’muriy muassasalar, ularning vazifalari, fuqarolarning, o’quvchilarning huquqlari va burchlari ham o’rgatiladi. Bundan tashqari o’quvchilar o’z mamlakatining siyosiy hayotini anglab etishlari, u haqda elementar fikr berishni bilishlari lozim.



Yüklə 79,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə