Pedagogika va Psixologiya fakulteti Pedagogika va psixologiya yo’nalishi



Yüklə 79,2 Kb.
səhifə6/11
tarix24.12.2023
ölçüsü79,2 Kb.
#159851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
FRANSIYADA TA

O’rta ta’lim

O’quvchilar 11 yoshda boshlang’ich maktabni tugallab o’rta maktabga o’tadilar. O’rta ta’lim esa kollejlar va litseylarda amalga oshiriladi.O’rta ta’lim ikki bosqichda beriladi. Birinchi bosqich (11 yoshdan 15 yoshgacha) 4 yil bo’lib, eng kichik sinf 6-sinf, 5, 4 o’rta, 3-sinf esa katta sinf hisoblanadi. Demak, sinflarni raqamlash yuqoridan pastga qarab amalga oshiriladi.


Birinchi bosqichda quyidagi predmetlar o’rgatiladi: frantsuz tili va adabiyoti, chet tili (ingliz, nemis, ispan, italyan tillari), tarix, frantsiya geografiyasi, matematika, tabiiy fanlar.



Shunday qilib 6-5-sinflar umumiy o’rta ta’lim beradi: 4-3-sinflarda o’quvchilarga qobiliyati va moyilligiga qarab bilim beriladi.
Birinchi bosqich yakunlangach, o’quvchilar kasbiy yo’nalishlari bo’yicha guvohnoma oladilar.
Shundan keyin o’quvning ikkinchi bosqichi boshlanadi. Bu bosqichda o’quvchilar 15 yoshdan 18 yoshgacha ta’lim oladilar. O’qish 3 yil davom etib 2-sinf kichik, 1-sinf o’rta va yakunlovchi sinflarga bo’linadi.
O’quvchilar umumiy ta’lim va texnik litseylarni tugatganlaridan so’ng bakalavr unvoni va diplomi uchun imtihon topshiradilar. Ana shunday diplomga ega bo’lganlargina oliy o’quv yurtlariga kirish huquqini qo’lga kiritadilar.
Umumiy ta’lim yo’nalishidagi uch yillik ta’lim litseylarida quyidagi fanlar o’qitiladi: adabiyot tarixi, ona tili va adabiyoti, lotin tili, chet tili (ingliz, nemis, ispan, italyan tillari bo’lishi mumkin), tarix, geografiya, frantsmya ekonomikasi.
Xuddi shu 3 yillik bosqichli texnik litseylarda uning yo’nalishlariga qarab matematika, fizika, ximiya hamda boshqa tabiiy fanlar o’qitiladi. Shunisi diqqatga sazovorki, o’quvchining bu bosqichda chet tillarni o’rganishiga katta e’tibor beriladi. Talab, o’qishni tugatgach, o’quvchilar kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari kerak.
Yuqorida bayon etganimizdek, o’quvning bu bosqichini guvohnoma bilan tugallagan o’quvchilar oliy maktab sanalmish institutlar va universitetlarga imtihonsiz kirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Lekin hamma institut va universitetlarga ham imtihonsiz kirib bo’lmaydi. Talabalar oliy pedagogika instituti, politexnika instituti, oliy ma’muriy maktablarga kirish imtihonlari bilan qabul qilinadilar, ularning shu kasbga moyilligi ham alohida sinab ko’riladi.

Yüklə 79,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə