Pedagogning professional kompetentligi va mahorati


Pedagogning professional kompetentligi va mahorati



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/78
tarix27.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#162579
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   78
2.3.Pedagogning

Pedagogning professional kompetentligi va mahorati
 
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi 
 
19-
 sahifa
 

ta‟lim oluvchilar ishtirokida sport tadbirlarini, shu jumladan xalq 
ta‟limi tizimining ta‟lim muassasalari o„quvchilari (“Umid nihollari”), o„rta 
maxsus, kasb-hunar ta‟limi muassasalari o„quvchilari (“Barkamol avlod”) hamda 
oliy ta‟lim muassasalari talabalari (“Universiada”) ishtirokida uch bosqichli sport 
musobaqalari tashkil etilishi va o„tkazilishiga ko„maklashish”. 
Jismoniy tarbiya fani o„qituvchisi faoliyatining maqsad va vazifalari
“Jismoniy tarbiya va sport to„g„risida (yangi tahrirda)”gi Qonunning 
3-
modda
sida asosiy tushunchalar sifatida: 
jismoniy tarbiya
– madaniyatning insonni jismoniy tarbiyalash, jismoniy 
rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik orqali jismoniy hamda intellektual jihatdan 
kamol toptirish, uning qobiliyatini va harakat faolligini takomillashtirish, sog„lom 
turmush tarzi ko„nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy moslashtirish maqsadida 
jamiyat tomonidan yaratiladigan hamda foydalaniladigan qadriyatlar, normalar va 
bilimlar yig„indisidan iborat bo„lgan qismi; 
jismoniy tarbiyalash
– yuksak madaniyatga ega bo„lgan har tomonlama 
etuk hamda jismonan sog„lom insonni shakllantirish maqsadida shaxsni 
tarbiyalashga, insonning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga, uning jismoniy 
tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan jarayon; 
jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri tashkilotchisi
– o„z tashabbusi bilan 
jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri o„tkazayotgan va (yoki) bunday tadbirni 
tayyorlash hamda o„tkazishni tashkiliy, moliyaviy va moddiy jihatdan ta‟minlashni 
amalga oshirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs; 
trener
– trenerlik faoliyati bilan shug„ullanish uchun ruxsatnomaga ega 
bo„lgan hamda o„quv-mashq, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini o„tkazishni, 
shuningdek sport natijalariga erishish uchun bellashuv faoliyatiga rahbarlikni 
amalga oshiruvchi jismoniy shaxs” deb ta‟rif berilgan. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə