Pedagogning professional kompetentligi va mahorati


Mashg„ulot qat‟iy jadval bo„yicha belgilangan aniq muddatda olib  borilishi kerak.  2



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/78
tarix27.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#162579
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   78
2.3.Pedagogning

1.
Mashg„ulot qat‟iy jadval bo„yicha belgilangan aniq muddatda olib 
borilishi kerak. 
2.
Mashg„ulot jismoniy tarbiya fani o„qituvchisi rahbarligida butun guruh 
(kichik, o„rta, katta, tayyorlov) bilan va alohida o„quvchilar bilan ishlash shaklida 
olib boriladi. 
3.
Mashg„ulot o„quv dasturi mazmuniga qarab turli metod va vositalarda olib 
boriladi va ta‟lim tizimining bir qismi sifatida tugallangan bilim va ko„nikma beradi 
va navbatdagi bilim va ko„nikmalarni o„zlashtirmoq uchun zamin yaratadi. 
Mashg„ulot
– ta‟limning asosiy shakli ekan, u ilmiy, tizimli, tushunarli, 
ongli va faol bo„lishi, bilimlar mustahkam o„zlashtirilishi va amaliy ko„nikmalar 
shakllanishi o„quvchining shaxsiy xususiyatlari e‟tiborga olingan holda tashkil 
etilishi mashg„ulot oldiga qator didaktik talablarni qo„yadi.
Jumladan

1.
Har 
bir mashg„ulot aniq maqsadni ko„zlagan holda puxta 
rejalashtirilmog„i lozim. Bu jarayonda murabbiy mashg„ulotning ta‟limiy, 
tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadini belgilaydi.
2.
Mashg„ulot bosqichlarini to„g„ri taqsimlay olish lozim. YA‟ni 
mashg„ulotni qanday boshlash, uni o„tkazish va qanday tamomlash oldindan hal 
qilib olinishi kerak. 
3.
Mashg„ulot o„tiladigan joy sanitar-gigienik talablarga javob berishi 
kerak. 
4.
Har bir o„quvchi texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirilishi shart. 
5.
Har bir mashg„ulot mavzuga mos ravishda o„quvchilar soni va yoshiga 
mos ravishda kerakli vositalar bilan jihozlanmog„i lozim. 
6.
Har bir mashg„ulot aniq g„oyaviy, mafkuraviy izlanishga ega bo„lishi 
lozim. Murabbiy esa ulardan tarbiyaviy maqsadda tarbiya metodlaridan samarali 
foydalanmog„i lozim.
7.
Har bir mashg„ulot xarakteriga mos usul, shakl va vositalardan samarali 
foydalanilgan holda tashkil etilishi lozim. 



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə