Pedagogning professional kompetentligi va mahorati


Pedagogning professional kompetentligi va mahorati



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/78
tarix27.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#162579
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   78
2.3.Pedagogning

Pedagogning professional kompetentligi va mahorati
 
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi 
 
22-
 sahifa
 
vatanparvar va mehribon, bag„rikenglik va xayrixohlik xislatlariga ega bo„lgan, 
bilganlarini boshqalarga o„rgatishga va metodik yordamga muhtojlarga yordamini 
ayamaydigan shaxslar haqida gapirilganda “U mahoratli va mehribon” degan 
so„zdan foydalaniladi.
Mahorat
“mahorat” – mohirlik, ustalik, epchillik) – bir ish yoki faoliyatni 
yuksak darajada, hech bir qiyinchiliksiz, o„ta mohirlik bilan bajarish..
Mahorat
– shaxsning tajriba orqali orttirilgan xususiyati. Biror sohadagi 
moslashuvchan ko„nikma va ijodkorlik asosida hosil bo„lgan kasbiy 
ko„nikmalarning yuqori darajasi, kasbiy mohirlik. Biror faoliyat sohasidagi yuqori 
darajada egallangan bilim, ko„nikma va malakalarni amaliyotda yuqori sifat va 
samaradorlik bilan qo„llash. 
Pedagogning mahorati
– bu bolalar bilan ishlashni seva oladigan, har bir 
pedagog uchun zarur bo„lgan bilim berish va tarbiyalash san‟atining 
takomillashgan va yuqori cho„qqisi. O„z ishining ustasi bo„lgan pedagog – bu 
yuqori madaniyatli mutaxassis, o„z o„quv fanini chuqur biladigan, fan yangiliklari 
bilan tanishadigan, bolalar psixologiyasini amaliy biladigan, ta‟lim-tarbiya 
metodikasini yuqori darajada egallab olgan shaxs.
Jismoniy tarbiya fani o„qituvchilari esa pedagogik mahorat sirlarini 
o„rganishi va yuksak natijalarga erishishi uchun, avvalo o„quvchilarni o„rgatish, 
ma‟lumotli qilish va tarbiyalashning eng qulay, oson, ko„p natija beradigan 
yo„llarini izlab topish va qo„llashga harakat qilmog„i, ta‟lim va tarbiyasining, 
shakl, usul va vositalaridan unumli foydalanish kerak.
Bolalarni seva olish, ularga o„z ota-onalaridek mehribonlik ko„rsata bilish 
mohir jismoniy tarbiya fani o„qituvchisining muhim shaxsiy fazilatlaridan biridir. 
Jismoniy tarbiya fani o„qituvchilari har doim, hamma vaqt o„quvchilarga 
mehribonlik ko„rsata olishi lozim. O„z o„quvchisi to„g„risida shoshma-shosharlik 
bilan xulosa chiqarmaslik, ular haqida salbiy yoki ijobiy fikrga kelmaslik kerak. 
Tarbiyalanuvchilar orasida uning “sevimli” yoki “yomon” ko„radigan bolalarni 
bo„lishi bolada jismoniy tarbiya fani o„qituvchisiga bo„lgan hurmatni so„ndiradi. 
Har qanday bo„sh va past o„zlashtiradigan, “tarbiyasi qiyin” o„quvchi bilan 
ishlaganda jismoniy tarbiya fani o„qituvchisining vazifasi shundan iboratki
o„quvchidagi ana shu bilinar bilinmas lekin eng muhim ijobiy fazilatni topa olish 
va shu fazilatga tayanib bola xotirasidagi, o„tmishidagi salbiy xususiyatlarni 
tugatishga intilmog„i lozim. Jismoniy tarbiya fani o„qituvchilari shaxsiy fazilatlari 
tizimida pedagogik faoliyatga bo„lgan ehtiyoj nomli muhim kasbiy yo„nalish 
mavjudki, u pedagogik mahoratni egallash uchun katta rol‟ o„ynaydi.
Bunday 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə