Pedagogning professional kompetentligi va mahorati



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/78
tarix27.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#162579
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   78
2.3.Pedagogning

shaxsiy sifati
ning yana bir ko„rinishi 
“uning shaxsiy namunasidir. O„tmish mutafakkirlari “mehnat shaxsni 
shakllantiradi” deb da‟vat etgan edilar. Darhaqiqat, jismoniy tarbiya fani 
o„qituvchisining shaxsiy namunasi o„quvchi uchun hayot darsligi vazifasini 
o„taydi. SHaxsiy namuna o„z ishiga bo„lgan munosabatda, o„quvchilarni, 
tushunish, hurmat qilish, talabning me‟yorda bo„lishida namoyon bo„ladi. Jismoniy 
tarbiya fani o„qituvchisining shaxsiy namunasi har qanday pedagogik jamoadagi 
munosabati bilan, belgilanadi. SHuning uchun jismoniy tarbiya fani o„qituvchisi 
sinchkov, ziyrak, chidamli, sabr-toqatli, o„zini tuta biladigan, xayrixoh, muntazam 
o„z hissiyotini, faoliyati, xulq-atvorini nazorat qila oladigan kishi bo„lishi lozim. 
SHundagina ish ham, tarbiya ham unumli bo„ladi. Tarbiyalanuvchilar o„zlarining 
qilgan ishlari, xulq-atvorlariga qo„yiladigan bahoga ziyraklik bilan kuzatuvchan 
bo„ladilar. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya fani 
o„qituvchisining qay holatlarida haq, qay vaziyatlarda u nohaq ekanligini aniq 
baholaydigan bo„ladilar. Munosabatda xulq-atvorda vazminlik og„ir-bosiqlik, 
talabda ob‟ektivlik hozirgi davr jismoniy tarbiya fani o„qituvchisining muhim 
shaxsiy sifatlaridan biridir. 
Jismoniy tarbiya fani o„qituvchisining 
shaxsiy fazilat
larini uning kasbiy 
xususiyatlari to„ldirsa, u kasbiy mahorat pillapoyalari sari yana ilgari odimlaydi. 
YUqorida qayd qilib o„tganimizdek, jismoniy tarbiya fani o„qituvchisi kasbiy 
mahoratini, uning bilimdonligi pedagogik-psixologik, metodik tayyorgarligi
erudutsiyasi, ijodkorligi, o„quvchilarni o„qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning 
optimal yo„llarini izlab topishi kabi malakalar tashkil etadi. Pedagogik 
mahoratning bu malakalari insonparvarlik, kasbiy bilimlar, pedagogik texnika, 
pedagogik qobiliyat mazmunida tarkib topib boradi. Jismoniy tarbiya fani 
o„qituvchisi pedagogik mahoratining bunday tarkibiy qismlari jismoniy tarbiya 
fani o„qituvchisining g„oyaviy-siyosiy tayyorgarligi, o„quv predmetining ilmiy-
nazariy va amaliy asoslari bilan qurollanish, muntazam mustaqil bilim olishga 
intilishi kabi xususiyatlar bilan to„ldiriladi. 
Komponentlar o„zaro pedagogik mahoratning mazmunini tashkil etadi. 
Izohlab o„tilgan jismoniy tarbiya fani o„qituvchisining shaxsiy va kasbiy sifatlari, 
uzviy bog„liqlikda shakllanib takomillashib boradi. Ular pedagogik faoliyat 
zaminida mustahkamlanar ekan o„quvchilar bilan bo„lgan munosabatlarda, 



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə