Pedagogning professional kompetentligi va mahorati


Pedagogning professional kompetentligi va mahorati



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/78
tarix27.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#162579
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   78
2.3.Pedagogning

Pedagogning professional kompetentligi va mahorati
 
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi 
 
21-
 sahifa
 
8.
Mashg„ulot uchun ajratilgan soat va daqiqalarni tejash va unumli 
foydalanish darkor. 
9.
Dars jarayonida murabbiy va o„quvchi o„zaro faol munosabatda bo„lishi 
lozim. 
10.
Mashg„ulotlar butun guruh bilan va har bir o„quvchi bilan, ularning 
shaxsiy xususiyatlari e‟tiborga olingan holda olib borilish kerak. 
11.
Mashg„ulotning mazmuni va xarakteriga qarab xalqimizning boy 
ma‟naviy merosidan va ma‟naviy qadriyatlaridan samarali foydalanish. 
1.2. PEDAGOGNING TA‟LIM-TARBIYA JARAYONI TASHKIL ETISH 
VA BOSHQARISH MAHORATI 
“Pedagogik mahorat”
tushunchasi o„tgan asrning 80-90-yillarida ilmiy-
pedagogik jihatdan asoslanib, OTMda mustaqil fan sifatida o„qitila boshlagan. 
Jismoniy tarbiya va sport bo„yicha mutaxassislarini qayta tayyorlash va 
ularning malakasini oshirish tizimida “Pedagogning professional kompetentligi va 
mahorati” moduli negizida tinglovchilarni pedagogik mahorat asoslar bilan 
tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Zero, tinglovchilar tomonidan pedagogik 
mahoratning tarkibiy elementlari bilan tanishtirish, ularda pedagogik texnika, nutq 
madaniyati, pedagogik deontologiya, kommunikativ qobiliyat, pedagogik nizo
shuningdek, zamonaviy pedagogning imidji to„g„risidagi ma‟lumotlarning 
o„zlashtirilishi va mazkur bilimlar negizida zarur malakalarning o„zlashtirilishi 
sport ta‟lim muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik jarayon sifatini 
yaxshilash, samaradorligini ta‟minlashni kafolatlaydi.
Mazkur modul bo„yicha tinglovchilarni pedagogik mahorat va uning tarkibiy 
elementlari bilan tanishtirish jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinadi: 
- tinglovchilarni pedagogik mahoratning tarkibiy qismlariga doir nazariy 
bilimlar bilan qurollantirish; 
- tinglovchilarda pedagogik faoliyatni oqilona tashkil etish, pedagogik 
jarayonni samarali yo„lga qo„yish ko„nikma va malakalarini rivojlantirish; 
- tinglovchilarning pedagogik va nutq texnikasiga ega bo„lishlarini 
ta‟minlash; 
- tinglovchilarda pedagogik deontologiya va pedagogik madaniyat sifatlarini 
tarkib toptirish, pedagogik qobiliyatni rivojlantirish; 
- tinglovchilar tomonidan pedagogik muloqot, pedagogik nazorat (takt) va 
pedagogik ta‟sir ko„rsatish malakalarini etarli darajada o„zlashtirilishini ta‟minlash; 
- tinglovchilarda pedagogik madaniyat sifatlarini shakllantirish.
Umumta‟lim maktablari jismoniy tarbiya fani o„qituvchilarining kasbiy 
mahoratlari haqida so„z yuritishdan avval “mahorat” va “pedagogik mahorat” 
tushunchalarining mohiyati bilan tanishib olish maqsadga muvofiqdir. 
O„z kasbining sirlarini chuqur biladigan, o„z kasbining ustasi bo„lgan, 
dunyoviy va diniy bilimlarga ega, olimkor va tadbirkor, tashkilotchi va fidoiy, 



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə