|
![](/i/favi32.png) Pedagogning professional kompetentligi va mahoratiPedagogning professional kompetentligi va mahorati2.3.PedagogningPedagogning professional kompetentligi va mahorati
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi
44-
sahifa
Pedagogik texnologiya turlari:
1.
O„rgatish va namoyish qilishga qaratilgan ta‟lim texnologiyasi u maxsus
umumta‟lim fanlarni o„rgatishga doir faoliyat turlari haqida ma‟lumot beradi.
2.
SHaxsga yo„naltirilgan ta‟lim texnologiyasi u shaxsning o„z-o„zini
rivojlantirishga yo„naltirilgan.
3.
Ta‟limni rivojlantirishga qaratilgan texnologiya bo„lib, u ta‟lim
oluvchining shaxsini rivojlantirishga qaratilgan vosita va uslublardan iborat.
Pedagogik texnologiyani boshqa ta‟lim usullaridan ajratib turadigan o„ziga
xos xususiyatlari quyidagilardir.
Birinchidan
, avval ham bir necha bor ta‟kidlaganimizdek, pedagogik texnologiya
sinergetik dunyoqarashdan kelib chiquvchi ob‟ektiv narsa va hodisalarga majmu
yondashuv tamoyili asosida yaratilgan. Avvalgi pedagogik usullar, tuzilishi
jihatidan erkin bo„lib, dars tarkibini belgilash o„qituvchi ixtiyorida bo„lgan.
Ikkinchidan
, pedagogik texnologiyada oldindan belgilangan asosiy maqsadga
erishish kafolatlangan. Boshqa barcha pedagogik usullarda ta‟lim-tarbiya
faoliyatining kafolatlangan natijasi mavjud bo„lmay, stixiyali natijalar bilan
kifoyalanib kelingan.
Uchinchidan
, pedagogik texnologiyada, asosiy maqsadga erishish bosqichma-
bosqich amalga oshirilib, har bir bosqichda oldinga qo„yilgan maqsadlar,
bajarilishi lozim bo„lgan vazifalar va talab qilinadigan vositalar hamda usul va
uslublarning aniq modullari hosil qilinadi. Boshqa pedagogik usullarda ta‟lim-
tarbiya jarayonining yakunida umumiy maqsad qo„yilib, unga erishish yo„llari
o„qituvchining ixtiyoriga havola qilingan.
To„tinchidan
, pedagogik texnologiya universal xususiyatga ega bo„lib, uni har bir
mutaxasis, a‟lo bo„lmasa hamki, yaxshi amalga oshira oladi. Darsning
intensivligiga va samaradorligiga, pedagogning mahorati va shaxsiy sifatlari
deyarli ta‟sir etmaydi.
Tarbiyalanuvchi shaxsiga doimo ijobiy-axloqiy ta‟sir ko„rsata oladigan
kishigina haqiqiy tarbiyachidir. Bunga erishish uchun jismoniy tarbiya fani
o„qituvchisi o„zining axloqiy sifatlarini doimo takomillashtirib borishi zarur.
Ayrim jismoniy tarbiya fani o„qituvchilari kasbiy mahorat sirlarini egallash
uchun, avvalo ta‟lim-tarbiya metodlarini takomillashtirishga intiladilar. Bu tabiiy
hol, chunki aynan metodlar yordamida jismoniy tarbiya fani o„qituvchisi o„z
tarbiyalanuuvchilarini jismoniy tarbiya faoliyatiga jalb qiladi. SHu bilan birga
o„quvchilarni bilim olishga qiziqtirishda jismoniy tarbiya fani o„qituvchisi
tomonidan tanlangan metodlar, usullar va topshiriqlardan boshqa sabablar ham
ta‟sir etadi. Jismoniy tarbiya fani o„qituvchisi faoliyatining muvaffaqiyatli kechishi
uning shaxsi, xarakteri, o„quvchilar bilan muomalasiga ham ko„p jihatdan bog„liq
|
|
|