Pedagogning professional kompetentligi va mahorati


Pedagogning professional kompetentligi va mahorati



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/78
tarix27.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#162579
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   78
2.3.Pedagogning

Pedagogning professional kompetentligi va mahorati
 
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi 
 
44-
 sahifa
 
Pedagogik texnologiya turlari: 
1.
O„rgatish va namoyish qilishga qaratilgan ta‟lim texnologiyasi u maxsus 
umumta‟lim fanlarni o„rgatishga doir faoliyat turlari haqida ma‟lumot beradi. 
2.
SHaxsga yo„naltirilgan ta‟lim texnologiyasi u shaxsning o„z-o„zini 
rivojlantirishga yo„naltirilgan. 
3.
Ta‟limni rivojlantirishga qaratilgan texnologiya bo„lib, u ta‟lim 
oluvchining shaxsini rivojlantirishga qaratilgan vosita va uslublardan iborat. 
Pedagogik texnologiyani boshqa ta‟lim usullaridan ajratib turadigan o„ziga 
xos xususiyatlari quyidagilardir. 
Birinchidan
, avval ham bir necha bor ta‟kidlaganimizdek, pedagogik texnologiya 
sinergetik dunyoqarashdan kelib chiquvchi ob‟ektiv narsa va hodisalarga majmu 
yondashuv tamoyili asosida yaratilgan. Avvalgi pedagogik usullar, tuzilishi 
jihatidan erkin bo„lib, dars tarkibini belgilash o„qituvchi ixtiyorida bo„lgan. 
Ikkinchidan
, pedagogik texnologiyada oldindan belgilangan asosiy maqsadga 
erishish kafolatlangan. Boshqa barcha pedagogik usullarda ta‟lim-tarbiya 
faoliyatining kafolatlangan natijasi mavjud bo„lmay, stixiyali natijalar bilan 
kifoyalanib kelingan. 
Uchinchidan
, pedagogik texnologiyada, asosiy maqsadga erishish bosqichma-
bosqich amalga oshirilib, har bir bosqichda oldinga qo„yilgan maqsadlar, 
bajarilishi lozim bo„lgan vazifalar va talab qilinadigan vositalar hamda usul va 
uslublarning aniq modullari hosil qilinadi. Boshqa pedagogik usullarda ta‟lim-
tarbiya jarayonining yakunida umumiy maqsad qo„yilib, unga erishish yo„llari 
o„qituvchining ixtiyoriga havola qilingan. 
To„tinchidan
, pedagogik texnologiya universal xususiyatga ega bo„lib, uni har bir 
mutaxasis, a‟lo bo„lmasa hamki, yaxshi amalga oshira oladi. Darsning 
intensivligiga va samaradorligiga, pedagogning mahorati va shaxsiy sifatlari 
deyarli ta‟sir etmaydi. 
Tarbiyalanuvchi shaxsiga doimo ijobiy-axloqiy ta‟sir ko„rsata oladigan 
kishigina haqiqiy tarbiyachidir. Bunga erishish uchun jismoniy tarbiya fani 
o„qituvchisi o„zining axloqiy sifatlarini doimo takomillashtirib borishi zarur. 
Ayrim jismoniy tarbiya fani o„qituvchilari kasbiy mahorat sirlarini egallash 
uchun, avvalo ta‟lim-tarbiya metodlarini takomillashtirishga intiladilar. Bu tabiiy 
hol, chunki aynan metodlar yordamida jismoniy tarbiya fani o„qituvchisi o„z 
tarbiyalanuuvchilarini jismoniy tarbiya faoliyatiga jalb qiladi. SHu bilan birga 
o„quvchilarni bilim olishga qiziqtirishda jismoniy tarbiya fani o„qituvchisi 
tomonidan tanlangan metodlar, usullar va topshiriqlardan boshqa sabablar ham 
ta‟sir etadi. Jismoniy tarbiya fani o„qituvchisi faoliyatining muvaffaqiyatli kechishi 
uning shaxsi, xarakteri, o„quvchilar bilan muomalasiga ham ko„p jihatdan bog„liq 



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə