Pedagogning professional kompetentligi va mahorati


Pedagogik faoliyatning o„ziga xosligi



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/78
tarix27.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#162579
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   78
2.3.Pedagogning

Pedagogik faoliyatning o„ziga xosligi
quyidagilarda namoyon bo„ladi. 
1.
Inson tabiatning jonsiz moddasi emas, balki o„zining alohida 
xususiyatlari, ro„y berayotgan voqealarning idrok qilishi va ularga o„zicha baho 
beradigan takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. Psixologiyada ta‟kidlanganidek, 
har bir shaxs takrorlanmasdir. U pedagogik jarayonning o„z maqsadi, ishtiyoqi va 
shaxsiy xulqqa ega bo„lgan ishtirokchisi hamdir. 
2.
Jismoniy tarbiya fani o„qituvchisi doimo o„sib-o„zgarib boradigan inson 
bilan ishlaydi. Ularga yondoshishda bir xil qolip, shakllanib qolgan xatti-
harakatlardan foydalanish mumkin emas. Bu esa jismoniy tarbiya fani 
o„qituvchisidan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi. 
3.
Tarbiyalanuvchilarga jismoniy tarbiya fani o„qituvchisidan tashqari, atrof 
muhit, ota-ona, umumta‟lim muassasalaridagi tarbiyachilar, ommaviy axborot 
vositalari hamda ijtimoiy hayot ham ta‟sir etadi. SHuning uchun ham jismoniy 
tarbiya fani o„qituvchisi mehnati bir vaqtning o„zida jamiki ta‟sirlarga va 
o„quvchilarning o„zida paydo bo„lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni nazarda 
tutadi. 


Pedagogning professional kompetentligi va mahorati
 
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi 
 
41-
 sahifa
 
Pedagogik texnologiyalar – professional kompetentligini rivojlanishini
nazariy-ilmiy asosi sifatida.
Pedagogikaga oid adabiyotlar tahlili shuni ko„rsatadiki, hozirgi davrda 
pedagogik texnologiya tushunchasi ta‟lim amaliyoti va nazariyasi ilmidan 
mustahkam o„rin egalladi, lekin u pedagogikaning mukammal lug„atlari 
(tezaurus)dagi o„rni hali aniq bo„lmay qolmoqda. Pedagogik texnologiya 
tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida turli qarashlar mavjud 
bo„lgan: u texnik vositalar haqidagi ta‟limot deb hamda o„qitish jarayonini 
loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb talqin qilingan. 
Pedagogik texnologiyalar ta‟riflariga bo„lgan turli yondashuvlar shuni 
ko„rsatadiki, haqiqatdan ham o„qitish texnologiyalari fan va ishlab chiqarish 
hamda o„quv-pedagogik jarayon oralig„idan o„rin oladi. Bu kasbiy didaktik 
tayyorgarlik tizimidagi bilimlarning mustaqil sohasi bo„lib, u o„kitishning 
didaktika nazariyasi va amaliyoti bilan chambarchas bog„langan. U o„quv 
faoliyatini boshqarish jarayonini loyihalash va konstruksiyalash funksiyalarini 
o„zida qamrab oladi. 
O„qitish texnologiyasi tarkibiga o„kuv jarayonini boshqarishning aniq 
usullari, boshqarish va o„qitishning ayni istiqbolli tadbirlari haqidagi ham nazariy, 
ham amaliy bilimlar kiritiladi. O„quv jarayonining borishi sharoitlariga mos 
ravishda ularning izchilligi belgilanadi. 
Ta‟kidlash lozimki, “pedagogik texnologiya” va “pedagogik tizim” aksariyat 
holalarda o„zaro aloqador hodisa. Zero, pedagogik jarayon dinamik tarzda 
rivojlanuvchi, boshqariladigan jarayon sifatida texnologik munosabatlarni tashkil 
etadi. “Texnologiya” so„zi turli aspektlarda ishlatiladi. Masalan, “pedagogik 
texnologiya” tushunasiga bunga bir qancha ta‟riflarni keltirish mumkin: 
“Texnologiya” tushunchasi yunoncha “Texnos” (techne) va “logos” (logos) 
so„zlaridan tashkil topgan bo„lib, “hunar fani”ni o„rganish degan ma‟noni 
anglatadi. 
Bu tushuncha texnik taraqqiyot mazmunini ifodalashga xizmat qiluvchi 
tushuncha sifatida ilk marta 1872 yilda qo„llanilgan. “Texnologiya” tushunchasi 
bugungi kunda mazmun va mohiyatiga ko„ra quyidagi holatlarni ifodalash 
maqsadida qo„llanilmokda: 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə