“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif: 995


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 492,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix27.03.2023
ölçüsü492,56 Kb.
#103305
1   2   3
172-174

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-24, Issue-3, December - 2022
 
173
Taʼlim sohasida respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy 
maqsadi hozirgi ilmiy texnika vaqtida ijtimoiy munosabatlarga kirisha oladigan, faol 
maʼnaviy yetuk har tomonlama bilimdon komil insonni tarbiyalashdan iborat. 
Natijalar: 
Biologiya tabiiy fanlarning bir tarmogʻi hisoblanib, insoniyatni borliq, jonli tabiat 
bilan tanishtiradi. Oʻquvchilarni tabiatni sevishi, tabiiy borliqni tushunib yetishi
tabiatdan oʻrinli foydalanib uni eʼzozlashga tabiiy boyliklarni muhofaza qilishga 
oʻrgatadigan fanlardan biridir. Biologiya darslarida virtual va vizual laboratoriya 
mashgʻulotlarini oʻtkazishda multimedia vositalaridan foydalanish oʻquvchilarda 
tayanch kompetensiyalarni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega. 
Biologiyani oʻqitishda oʻquvchilarning bilish faoliyatini shakllantirish maqsadida 
darslarda oʻyinlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Metodlar yordamida 
jarayonlarni oʻrganish faoliyatini intensivlashtiruvchi va rivojlantiruvchi usullardan 
biri sanaladi. Metodlar oʻquvchilarning erkin fikrlash, mustaqil xulosa chiqarish
muammoli vaziyatlardan chiqa olish qobiliyatini, oʻrtoqlari bilan muloqotga kirisha 
olish xususiyatlarini oshiradi, tez javob topish koʻnikmasini oshiradi.
Muhokama: 
Metodlarni qoʻllash mobaynida oʻquvchilarda paydo boʻladigan ijobiy his 
hayajon tuygʻusi ularni charchashdan asraydi. Metodli darslari oʻqitishning faol 
shakllaridan boʻlib bunday darslar oʻqituvchi va oʻquvchilarning ijodiy 
yondashuvlarini hamda oʻquvchilarning faol bilish jarayonida bilim, koʻnikma, 
malakalarni oʻzlashtirishlarini nazarda tutadi. 
Biologiya - darslarini hayotga bogʻlash, ularni qiziqarli va ijodiy tashkil etish bosh 
maqsaddir. Bunda asosiy rolni biologik oʻyinlar egallaydi. Biologik oʻyinlar nihoyatda 
turli xil boʻlib, darsda va darsdan tashqari mashgʻulotlarni qiziqarli boʻlishida 
oʻquvchilarning fanga boʻlgan qiziqishlarini oshirishda qulay va samarali vositalardan 
biri hisoblanadi. Biologiya darslarida ana shunday zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarga asoslangan interfaol metodlarni qoʻllash natijasida oʻquvchilarning 
fanga boʻlgan qiziqishlari ortadi, mustaqil oʻqib oʻrganish, jamoa boʻlib ish olib borish 
sifatlari ortadi.
Xulosa: 
Xulosa oʻrnida shuni aytish joizki, oʻqituvchilarning biologiya darslarda 
qoʻshimcha manbalardan foydalanishi va ularning amalda samarali qoʻllay olishi 
boʻyicha tayyorgarliklarini zamonaviy talablar darajasida muntazam oshirib borishdan 
iborat. Innovatsion texnologiyalardan foydalanib oʻtilgan darsda oʻquvchilar oʻz 
qobiliyatlari va imkoniyatlarini namoyish qilishga erishadilar, jamoa bilan ishlash 
malakasiga ega boʻladilar, oʻzgalar fikrini hurmat qilishni oʻrganadilar. Bu esa, 
darsning samaradorligini oshirib, taʼlim sifatini kafolatlashga xizmat qiladi. 

Yüklə 492,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə