Pirimqul Qodirov Yulduzli tunlar 480. indd


HINDIKUSH, KOBUL O‘LIM BILAN YUZMA-YUZ



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/39
tarix17.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#110873
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
yulduzli tunlar 0

HINDIKUSH, KOBUL O‘LIM BILAN YUZMA-YUZ
Xirotdan uzoqlashganlari sari go‘zallik va nafosat nuriga 
yo‘g‘rilgan iliq tuyg‘ular o‘rnini Hindikush tog‘ining bahaybat qoya-
toshlari va uning sovuq muzlariga o‘xshaydigan xavotirliklar egal-
lay boshladi. Boburning Kobuldan chiqib kelganiga uch oydan os-
hyapti, lekin u yerdagi ishonchli odamlardan xabar kelmayapti. Ora 
uzoq – otda bir oy-qirq kunlikyo‘l. Karvon bilan Kobuldan kelgan 
savdogarlar noxush ovozalar eshitibdi. Go‘yo Bobur mirzo Hirot 
tojdorlari bilan yovlashib qolganmish, uni Ixtiyoriddin qal’asiga 
qamab qo‘yganmishlar.
Hisorda Xisravshohdan ajralib kelib, Bobur xizmatiga kirgan 
yigirma ming mo‘g‘ul sipohilari bu xabarga asoslanib, Kobulda o‘z 
hokimiyatlarini o‘rnatish harakatiga tushganmish. Mo‘g‘ullarning 
dug‘lat qavmidan bo‘lgan Muhammad Husayn (avvalgi O‘ratepa 
hokimi) fitnachilarga bosh bo‘lmoqda emish. Ammo Kobul dorug‘asi 
Mulla Bobo Boburga sadoqat saqlab, qo‘rg‘on darvozalarini berkitib 
olganmish. Agar shu gaplar rost bo‘lsa, qo‘rg‘on qamalda qoladi. 
Ammo tashqaridan yigirma ming qo‘shin hujum qilsa, qo‘rg‘onni 
egallashi hech gap emas. Unda Bobur Samarqand tufayli Andijon-
dan ayrilgani kabi, Hirot sababli Kobuldan ham ajralib, yana ora 
yo‘lda muallaq qolishi mumkin. Bu xatarning oldini olish uchun 
Bobur Kobulga tezroq yetib borish harakatiga tushdi. Aksiga olib, 
qish erta boshlandi. Qavs oyidayoq tog‘ etaklariga yoqqan qalin 
qor otlarning tizzasiga yetib bordi. Chaxcharon degan joyda Bobur 
beklarni mashvaratga to‘pladi.

Dovonlar bekilgandir, – dedi Xo‘ja Kalonbek.– Qandahor orqali 
borsak, yo‘l tekis. Hindikushni aylanib o‘tgaymiz.

Aylanib o‘tganingizgacha qirq-ellik kun vaqt ketgay! – e’tiroz 
qildi Qosimbek. – Ungacha mo‘g‘ullar Kobul qo‘rg‘onini egallab olsa, 
keyin ne qilgaymiz?

Xudo ko‘rsatmasin! – dedi Bobur. – Ilohim bu mishmish yolg‘on 
chiqsin!

Ammo shamol bo‘lmasa terakning uchi qimirlamagay, amir-
zodam! Kobulga tezroq yetib bormog‘imiz shart! To‘g‘ridagi Ko‘tali 
Zarrindan oshsak Qandahor yo‘liga nisbatan masofa ikki barobar 
qisqargay. Bir oy vaqt yutgaymiz!


281

Unday bo‘lsa, mayli, janob Qosimbekning taklifini qabul qilay
-
lik. Faqat dovon yo‘lini yaxshi biladigan yo‘lboshchi topish kerak.

Bunisi menga tan! – dedi Qosimbek.
Ertasi kuni yana qor yog‘a boshladi. Bobur qo‘riqchi yigitlari bi-
lan otlanib chiqayotganda
Qosimbek af-g‘onlarning pashoyi qabilasi yashaydigan qishlo-
qdan Sulton degan bir yo‘l ko‘rsatuvchini topib keldi.
Olachipor salla o‘ragan, baland bo‘yli, burni uzun, jingalak soqo-
liga oq oralagan bu
odamning yuzi Boburga allanechuk tund ko‘rindi. Bobur u bilan 
ot ustida turib dariy tilida so‘zlashdi:

Qishda Ko‘tali Zarrindan o‘tish mumkinmi yo‘qmi?

O‘tganlar bor, – dedi Sulton. – Ammo bu yil qor juda ko‘p. Ko‘chki 
bosib qolishidan qo‘rqmasangiz...

Siz qo‘rqmasangiz biz nechun qo‘rqaylik?..

Men qishda o‘tsam, bir o‘limni zimmamga olib o‘taman. Ketish-
da uydagilardan rozi- rizolik so‘rab yo‘lga chiqaman. Qaytib kelma-
sligim mumkin.
Bobur Qosimbek tomonga o‘girilib turkiy tilda so‘radi:

Nafasi muncha sovuq? Boshqasi yo‘qmidi?

Boshqalari unamadi. «Dovon bekilgan, jon kerak!» deyishdi.

Bizga jon kerak emasmi?

E, bular shunaqa vahima qilib, qadrini oshirgay! Mana shu Sul-
ton qishda ham Ko‘tali Zarrindan o‘tgan ekan. Kadxudosi aytdi!
Sulton pashoyi soqoliga ingan qor zarralarini kafti bilan sidi-
rib tashlar ekan, istehzoli kulimsirab qo‘ydi. Bobur uning turki-
ychani tushunishini sezdi, ammo is-tehzosini yoqtirmadi. Sulton-
ning dilida ortiqcha g‘ururmi, kuduratmi, sovuq bir narsa bordek
tuyuldi.

Janob Qosimbek, odamlarimizni ortiqcha xatarlarga giriftor qil-
maylik. Hali ham bo‘lsa Qandahor yo‘liga qaytaylik!

Ammo vaqtni boy bersak, Kobul ilikdan ketgay, amirzodam! Siz 
bilan biz qancha xatarli dovonlardan oshganmiz! Hisor tog‘laridan 
qor bo‘ronlari tagida dahshatli uchmalar, sekirtmalardan o‘tib, 
Iskandarko‘l-ga tushganimiz yodingizdami? Xudo asraymen desa
hech gap emas!

Xayr, bu gal ham xudo o‘zi asrasin! – deb Bobur Sultonning yo‘l 
ko‘rsatuvchi bo‘lishiga rozilik berdi.


282
Sulton uyiga borib, chindan ham onasidan, xotini va bo‘y yetgan 
farzandlaridan rozi-rizolik so‘rab chiqdi. Uning o‘ziga to‘q, badavlat 
oilasi bor, sayisxonasidagi sakkizta otiga maxsus otboqar qaraydi. 
Bu gal qishda yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lishdan maqsadi faqat pul ishlash 
emas. Yoshlikdan unga tinchlik bermay kelayotgan alam va intiqom 
tuyg‘usi uning shu ishga bosh qo‘shishiga sabab bo‘ldi.
U Qosimbekka rozilik berishdan oldin, dovondan o‘tmoqchi 
bo‘layotganlarning kimligini surishtirib bildi. Bobur – temuriylardan 
ekani, Abusaid mirzo uning bobosi bo‘lgani Sultonning o‘n yosharlik 
paytida boshdan kechirgan fojealarni esiga soldi.
Sultonning ota-bobolari Shohruh mirzo bilan yaxshi hamkorlik 
qilgan badavlat odamlar edi. Shohruhning o‘limidan keyin bosh-
langan alg‘ov-dalg‘ovlarda Turondan Abusaid mirzo o‘g‘li Mahmud 
mirzo bilan Xurosonga bostirib keldilar. Sultonning otasi Shohruh 
mirzodan ko‘p yaxshilik ko‘rgani uchun uning nevaralariga yon 
bosdi.
Lekin Abusaid mirzo g‘olib kelib, Shohruhning ko‘pchilik ne-
varalarini qilichdan o‘tkazdirdi. Sultonning otasi va akasini ham 
shohruhiylar tomonida turgani uchun boshlarini kesdirdi. Hovlilar-
ida bor mol-hollarini, onasining bo‘qchalaridagi narsalarigacha talab 
ketishdi. Bu ham ozlik qilganday, Sultonning o‘n besh yoshlik chiroyli 
opasini asira qilib olib ketdilar. Keyin eshitsalar, uni Abusaid mirzo 
haramiga bir necha kunlikjoriya qilib beribdilar...
Ustma-ust kelgan bu baxtsizliklardan Sultonning onasi kasal 
bo‘lib yotib qoldi. Lekin ularning badavlat qarindoshlari bor edi. Og‘ir 
paytda ular yordam qo‘lini cho‘zdilar.
Sulton yigit yoshiga yetguncha zamonlar ham bir qadar tin-
chidi, karvonlar ko‘p qatnaydigan bo‘ldi. Sulton karvonlarga yo‘l 
ko‘rsatuvchilik qildi, savdo-sotiqdan ham yaxshi daromadlar olib
ro‘zg‘orini butlab oldi.
Hozir qahraton qish kunida uyida oilasi bilan tinchgina o‘ltirishi 
mumkin. Lekin Bobur ham bu yerlarga bobosi Abusaid mirzoning 
izidan kelganligi Sultonning dilidagi qasoskor tuyg‘ularni uyg‘otib 
yubordi. Nohaq o‘ldirilgan otasi va akasi, nomusi toptalgan opasi 
uchun mana bu temuriyzodadan xun talab qilib qasd olishga haqqi 
yo‘qmi? Bu ham o‘sha kelgindi fotihlarning biriku. Turondan kelib bu 
yerlarda xo‘jayin bo‘lib yuribdi. Qani, Hindikush tog‘iga ham xo‘jayin 
bo‘lib ko‘rsin-chi?! Sulton o‘z xundor dushmanini eng mashaqqatli 


283
yo‘llardan boshlab boradi, uning azob tortganlarini ko‘rib bir alam-
dan chiqadi. Ilojini topsa, dovon yo‘llarida qor bo‘ronlariga ko‘mib 
qaytadi. Shu bilan otasi va akasining ruhlari oldidagi qiyomatlik bur-
chini bajargan bo‘lmaydimi?
Sulton shu o‘y bilan sayisxonaga kirdi. Tog‘larda yaxshi yura-
digan eng baqquvvat qora qashqa otini egarladi. Jun xurjunga ikki 
haftaga yetadigan qilib qovurdoq go‘sht, yog‘liq patir va boshqa 
yeguliklar soldirdi. O‘zi qalin po‘stin kiyib, yana ikkita jun chak-
mon, issiq quloqchin, «jo‘rab» deb ataladigan qalin paypoqlar oldi. 
Otlarga yem-xashakni ham unutmadi. Po‘stin tagidan beliga xanjar 
taqib oldi. Hamma yuklarini qizg‘ish rangli miqti otga orttirdi-da, 
uni yetovga oldi.
Bobur va Qosimbek boshliq beku navkarlar uch yuz kishidan or-
tiq. Ko‘pchiligining yetovda oti bor. Tuyalarga turli yuklar, chodir va 
yig‘ma o‘tovlar ortilgan. Qish kuni bularning hammasini oziq-ovqat 
va yem-xashak bilan ta’minlash oson emas.
Avvalgi hokimlarning odatini yaxshi biladigan Sulton: «Bular 
ham aholining mol-holini zo‘ravonlik bilan tortib olib zaxira yig‘sa 
kerak», deb o‘yladi.
Ammo Bobur xazinachiga buyurib, hamma zaxiralar uchun oltin-
kumush tanga to‘latdi.
Hatto yem-xashakni va qor kuraydigan yog‘och kuraklarni ham 
tangaga sotib olishdi.
Ko‘z ilg‘agan hamma joy oppoq qorga burkangan. Sulton qora 
qashqa otda oldinda yo‘l boshlab boradi. Bobur va Qosimbeklar un-
ing ketidan otliq kelishmoqda. Orqada yuzlab beku navkarlar yetovd-
agi otlar va yuk ortilgan tuyalari bilan turnaqator bo‘lib tizilib yo‘l 
yuradi.
Bir haftadan beri har kuni qor yog‘adi. Goho qalin bulutlar 
yirtig‘idan oftob xiragina bo‘lib ko‘rinadi-da, ko‘p o‘tmay yo‘q bo‘lib 
ketadi.
Oppoq toza qor ko‘zni oladi. So‘ng yana maydalab qor yog‘ishga 
tushadi.
Yo‘llar qor tagida ko‘rinmay ketgan. Sulton bolalikdan yaxshi bi-
ladigan tepaliklar, jilg‘alar va qoyatoshlarga qarab tusmol bilan yo‘l 
boshlab boradi. Tog‘ etaklarida ularga bironta qo‘y suruvi, bironta 
qoramol uchramaydi– chorva yeydigan o‘t-o‘lanlar qor tagida qolib 
ketgan. Hatto kakliklar ham bu qorda don topolmay pastliklarga 


284
tushib kelgan. Ular qalin qorda durust ucholmay qolarkan, qanotlar-
ini yozib, qorga tiqilib qolgan kakliklardan besh-o‘ntasini yigitlaryo‘l 
bo‘yidan tutib oldilar:
– Kechqurun tunashga to‘xtaganda kabob qilgaymiz!– deyishib, 
xurjunlariga joyladilar. Tog‘ oraliqlariga kirganlarida qor otning 
tizzasidan balandga chiqdi. Qish chillasi qahrli, sovuqning qat-
tiqligidan oyoq taglarida g‘archillagan qorning tovushi tog‘ yon-
laridan aks- sado bo‘lib qaytadi. Yuqoriga ko‘tarilganlari sari yurish 
qiyinlashadi, ot-ulovlar burunlaridan hovur chiqarib og‘ir-og‘ir na-
fas olishadi, horg‘in pishqirishadi. Beku navkarlarning og‘izlaridan 
chiqqan hovur yog‘ayotgan qorga qo‘shilib, soqol- mo‘ylovlarga 
oppoq qirov bo‘lib yopishadi va hammani mo‘ysafidga o‘xshatib 
ko‘rsatadi. Qish kuni qisqa, dovonga yetib borolmadilar. Kech kir-
ganda nina bargli bolut daraxtlari o‘sib yotgan o‘rmonda to‘xtadilar. 
Tekisroq joylar topib, qorini kurab tashladilarda, o‘rmondan o‘tin 
kesib kelib, gulxanlar yoqdilar. Gulxan atroflarini erigan qor
-
lardan tozalab, Bobur, Qosimbekva boshqa e’tiborli a’yonlar uchun 
chodirlar tikdilar. Yigit- yalanglar qori kuralgan yerlarga qalin ki-
gizlar to‘shab o‘ltirdilar. Yuklar orasida qozon- tovoqlar ham bor 
ekan. Kunduz kuni tutilgan kakliklardan qilingan kabobning oldi 
Bobur va Qosimbekka suzildi. Gulxan olovida qovurdoqlar ham
tayyorlandi.
Sulton mayxo‘rlik ham bo‘lishini kutgan edi. Lekin u hamroh 
bo‘lib borayotgan beku navkarlarning o‘zaro gap-so‘zlaridan shu-
ni bildiki, yigirma besh yoshlik Bobur hali umrida may ichmagan 
namozxon yigit. Uning shunday qor sovuqlarida ham tahorat olib 
namoz o‘qiganini safar paytida bir necha marta ko‘rgan Sulton o‘zicha 
taajjublanib qo‘ydi.
Ertasi kuni yana dovon tomonga ko‘tarilib borayotganlarida 
qorning qalinligi otning o‘mrovigacha chiqdi. Otlar sal ilgarilaganlari-
dan so‘ng oyoqlari yerga tegmay, qorga botib to‘xtab qolishdi.
Qosimbek yigitlarga kurak bilan yo‘l ochishni buyurdi. Besh-olti 
kishi kurak olib oldinga o‘tdi. Ammo qalinligi odamning ko‘kragiga 
chiqadigan qorni kurak bilan uddalab bo‘lmas, ikki-uch qadam yo‘l 
ochguncha bir dunyo vaqt ketardi.
– E, bu bo‘lmas ekan, – dedi Bobur. – Bir kunda ikki chaqirim yo‘l 
bossak qachon yetgaymiz?
Sulton oldinga o‘tdi-da, qorni tepa-tepa shibbalab, birpasda to‘rt-
besh qadam yo‘l qildi.


285
– Buni biz tajribada ko‘rganmiz, – dedi Sulton Boburga. – Yigit-
laringizga buyuring, mana shunday qor tepib yo‘l ochsinlar. Boshqa 
iloj yo‘q!
Qosimbek «Qandahor orqali tekis yo‘l bilan boraylik!» degan 
taklifga ko‘nmagani va dovon yo‘lidan yurishga sababchi bo‘lgani 
uchun Boburdan xijolat chekmoqda edi. Shu sababli o‘g‘illari Tan-
giberdi va Qambaralini ikki yoniga olib, hammadan oldin o‘zi qor 
tepishga kirishdi. Orqadan yana Tohir boshliq to‘rt-besh yigit old-
inga o‘tib, qorni g‘archillatib shibbalashga tushdilar.
Birpasda yuz qadamcha so‘qmoq yo‘l hosil bo‘ldi. Undan otlarni 
yetaklab o‘tishga to‘g‘ri kelardi. Qor tepayotgan Qosimbek hansirab 
dedi:
– Otni zo‘r jonivor derdik, bunday qorga odam otdan ham zo‘r 
bo‘larkan!
Orqada yo‘l ochilishini kutib otliq turgan beku navkarlar 
ko‘pchilik edi. Bu qattiq sovuqda ularning otdan tushgilari kelm-
asdi, chunki otning badanidan ozgina bo‘lsa ham issiqlik chiqib, su-
voriyga iliq tapti urib turar, pastdagi odam bo‘yi qor esa kafanday 
sovuq tuyulardi. Juda sekinlik bilan ilgarilab borishar, bu ketishda 
bir kunlikyo‘l bir haftaga cho‘zilishi muqarrar edi. Ishboshi bo‘lib 
turgan Sulton har zamonda Bobur tomonga ko‘z tashlab qo‘yardi. 
«Qor qamalida qolayotgan bu temuriyzoda endi ne qilarkin?» deb 
uni zimdan kuzatardi.
Sulton Boburning sovqotib asabiylashishini, yo‘l juda sekinlab 
qolganidan tajang bo‘lishini, odamlariga baqirib-so‘kinib ish buy-
urishini, aytganini qilmaganlar bo‘lsa qamchi bilan savalashini kut-
moqda edi. Otasi va akasini o‘limga buyurgan hukmdorlar qiyofasida 
Sulton ana shunaqa zolimlarni ko‘rgan, bugun esa ulardan birining 
talvasaga tushishiga guvoh bo‘lib, bir alamdan chiqqisi kelar edi.
Biroq Boburjim. U oldinda qor tepayotgan keksa Qosimbekning 
hansirab, holdan ketib qolayotganini ko‘rdida, indamay otidan tush-
di. Oldinga o‘tib, Qosimbekning yoniga bordi:
– Bas, siz endi nafasni roslang! – dedi, so‘ng uning o‘rniga qor 
tepib yo‘l ocha boshladi. Orqada yo‘l ochilishini kutib, otdan tush-
may o‘ltirgan beku navkarlar endi bunga loqayd qarab turolmadilar. 
Boburning indamay ko‘p qatori ishga tushib ketgani orqadagilarga 
zug‘um qilib buyruq bergandan ko‘ra kuchliroq ta’sir qildi. Yigit-
lardan yigirma-o‘ttiztasi apil-tapil otlaridan tushib, Bobur tomonga 
shoshildilar.


286
Balandga ko‘tarilganlari sari havo siyraklashib, nafas olish qi-
yinlashar, qirchillama sovuq buning ustiga qo‘shilar, eng baquv-
vat yigitlar ham yigirma-o‘ttiz qadam yo‘l ochguncha charchab, 
hansirab chetga chiqardi. Ikki-uch marta bu ishni qilib chiqqan 
odam-larning ko‘pi to‘rtinchi-beshinchi daf’a qor tepishga yaramay
qolardi.
Ammo Bobur eng pahlavon yigitlar qatori qayta-qayta oldinga 
o‘tib, bir hafta davomida odamlariga yo‘l ochib borgani Sultonni lol 
qoldirdi. Beku navkarlar o‘zaro gaplashganda:

Amirzodamga ko‘z tegmasin, alplarday pahlavonligi bor! – deb 
qo‘yishardi.

Sarkardang bo‘lsa shunday bo‘lsin!
Sulton ham ichida: «Xudo bu yigitga kuch-quvvatni ham, him-
matni ham ayamay berganga o‘xshaydi», deb qo‘ydi. Kech kirganda 
baland bir yalanglikka ko‘tarildilar.
Bundan narida dovon boshlanishi kerak edi. Lekin bu balandlik-
da qor bo‘roni boshlandi.
Qattiq shamol qor uchqunlarini yuz-ko‘zga keltirib ura boshladi. 
Sovuqning shiddati bir necha barobar oshib ketdi.
Havoli Kutiy deb ataladigan bu baland joyda shamol-pana tog‘ 
kamarlari borligini Sulton bilardi. U kichikroq bir kamarga Qosim-
bekni boshlab kirdi.
Ammo bu kamarga to‘rt-beshta odam zo‘rg‘a sig‘ardi. Qosimbek 
Boburni ham ichkariga taklif qildi.
Yuzlab odam tashqarida qor bo‘roni ostida diydirab turibdi. 
Suyak-suyaklargacha yetib borayotgan achchiq sovuqning zahriga 
dahshatli qor bo‘ronining zarbi qo‘shilyapti.
Agar odamlar shu ochiq joyda tunashga majbur bo‘lsa, ularning 
ko‘pi muzlab qolishi muqarrar. O‘lim xavfini sezgan navkarlardan 
biri:

E-voh, jasadimiz qor tagida qolsa, bizni kim topib dafn etgay? 
– dedi.

Qordan kafan kiygaymizmi-a? – dedi ikkinchi navkar.

Hindikush deb bejiz aytmas ekanlar! Bu tog‘ odamkush toqqa 
o‘xshaydir! Bobur bu navkarlarni ovozidan tanib, ularning oldiga 
keldi.

Mirzoquli, niyatni yaxshi qilinglar! Xudo xohlasa, bu qor qamal-
idan eson-omon chiqib ketgaymiz. Mamatbek, kuraklaring bormi?


287

Bor! – deb Tohirning samarqandlik do‘sti Mamat otining egari-
ga tang‘ib bog‘langan kurakni Boburga olib berdi.
Bobur eniga va bo‘yiga uch-to‘rt qadam keladigan joyning qorini 
kuray boshladi. Mamat podshohga qor kuratib, o‘zi qarab turishga 
uyaldi, kurakni Boburning qo‘lidan oldi:

Bu yerda ne qilmoqchisiz, amirzodam?

Qordan ihota yasamoqchimen. Yerto‘la qaziydilar-ku. Biz 
qorto‘la qazisak bo‘lmasmikan?

Qani, ko‘raylik... E, yo‘q, qor hali juda yumshoq ekan, uvalib 
tushdi...

Yerga yetguncha qaziylik-chi! – dedi Bobur.
Qorni ko‘kraklari barobar qazisalar ham, kurak yerga tegmadi:

Ob-bo, qor bo‘roni bu yerga qorni uyib tashlagan bo‘lsa kerak! – 
dedi Mamat umidsizlanib.

Mayli, bas, – dedi Bobur va Tohir qo‘rchibegini chaqirdi: – Bitta 
kigiz bilan joynamoz keltiring!
Ko‘krak bo‘yi keladigan qor devori shamolning shiddatini bir 
oz pasaytirganday bo‘ldi. Ammo tepada yana qor quyun bo‘lib 
yog‘ilmoqda edi. Tohir keltirgan kigizni oyoq ostiga to‘shadilar. Yosh-
likdan sovuq suvlarda yuvinib chiniqqan, hatto muzni teshib g‘usl qil-
ishga o‘rgangan Bobur hozir qor bilan ramziy tahorat olgan bo‘ldi-da:
– Tayammum! – deb qo‘ydi.
Tohir esa Mirzoquli va boshqa yigitlarga murojaat qildi:
– Beharakat turaversak, sovuqda to‘ng‘ib tamom bo‘lurmiz! 
Undan ko‘ra amirzodamga o‘xshab qorni qazib, shamolpana joy-
lar yasaylik. Harakatlanib tursak, sovuq urmagay! Bu gaplarga 
zimdan quloq solib turgan Sulton: «Ko‘raylik-chi, qani bu temuri-
yzodaning chidami qanchaga yetarkin?» dedi o‘zicha. Bobur esa so-
hibqiron bobokalonidan olgan saboqlariga binoan hayot-mamoti 
hal bo‘ladigan paytlarda ikki rakat namoz o‘qib, xudodan najot
tilardi.
Hozir kigiz ustiga joynamoz to‘shab namoz o‘qir ekan, egnidagi 
po‘stinining yelkalari, gardishli qunduz telpagi bo‘ralab yog‘ayotgan 
qordan oppoq bo‘lib qoldi. Sulton buni ko‘rdi-yu, Bobur panalab 
o‘tirgan joyni bo‘ron tuni bilan qorga ko‘mib tashlashini o‘zicha 
tasavvur etdi. Dilida tugun bo‘lib turgan intiqom tuyg‘usi: «Qo‘yib 
ber, – dedi, – shahid bo‘lgan otam bilan akamning oldiga bu temuri-
yzoda ham borsin! Qor tepib charchagan odam sovuqdan karaxt 


288
bo‘lib, uyqusi eltsa, keyin qaytib uyg‘onmay ertalabgacha narigi du-
nyoga ketadi!..»
Lekin Boburning shunday mushkul ahvolda ham o‘zini 
yo‘qotmay, odamlarga dalda berayotgani, keksa Qosimbekni 
kamarga joylab, o‘zi ko‘pchilik navkarlar qatori ochiq yalanglikda 
qor bo‘roni tagida o‘ltirgani Sultonning insof va diyonat tuyg‘usini 
uyg‘ota boshladi. Ayniqsa, Boburning namoz o‘qiyotganini ko‘rganda 
va sajdaga bosh qo‘yib parvardigordan najot so‘raganini eshitganda 
ichki bir ovoz «Xudodan qo‘rqmaysanmi, Sulton? – deb so‘raganday 
bo‘ldi. – Axir xudo oldida har bir odam o‘z gunohi uchun o‘zi javob 
beradi-ku. Yomon temuriyzodalar qilgan gunohlar uchun nechun 
Bobur javob berishi kerak? Axir buning o‘zi senga yomonlik qil-
gani yo‘q-ku. Bir hafta qor tepib senga ham yo‘l ochib kelmadi-mi? 
Yaxshilikka javoban yomonlik qilsang, keyin qasosi o‘zingga qayt-
maydimi?» Bobur namozini tugatgandan so‘ng Sulton uning oldiga
keldi:

Hazrat shoh, tuni bilan qor bo‘roni ichida muzlab qolishdan 
qo‘rqmaysizmi?

Nachora? Siz bizni ogohlantirgan edingiz. Dovon yo‘li chindan 
xatarli ekan...

Qosimbek o‘ltirgan kamarga siz nechun kirmaysiz? Axir shohlar 
doim to‘rda o‘ltirishi kerak-ku!

Hayot-mamot oldida shohu gado barobar, janob Sulton. Qo-
simbek keksa odam, menga otadek aziz. Men tashqarida qolgan bu 
yigitlarim bilan hayotning barcha achchiq- chuchuklarini birga tatib 
kelmoqdamen. Qancha xavfu xatarlarni birga boshdan kechirganmiz. 
Bugun ham biz o‘lim bilan yuzma-yuz turibmiz. Shunday paytda men 
eng qadrdon odamlarimni tashqaridagi xatar ichiga tashlab, o‘zim 
qaysi yuz bilan ichkarida jon saqlagaymen?

Hazrat, men sizni faqat podshoh deb o‘ylagan edim. Lekin sizda 
darvishlik ham bor ekan. Bu so‘zimni ko‘nglingizga olmaysizmi?

Nechun ko‘ngilga olay? Shohlardan ko‘ra darvishlarda adolat 
ko‘proq... Axir siz ham musulmonsiz-ku.

Alhamdulilloh muslimman. Barcha muslimlar bir-birlariga bi-
rodardirlar. Yuring, men sizga hamma odamlaringiz sig‘adigan ulkan 
hovalni ko‘rsatay!
Bobur quvonib, tez o‘rnidan turdi-da, Tohir bilan Mamatni cha-
qirdi.


289
– Qani, janob Sulton bilan boringlar-chi, boshqa kamarlar bor em-
ish! Chindan ham orqasi ulkan g‘orga tutashib ketgan ikkita kamar 
bor ekan. Ularga tashqarida qolgan hamma odamlar kirib, tuni bilan 
shamolpana, quruq joyda gulxanlar yoqib isinishdi.
Ertasi kuni qor bo‘roni to‘xtab, havo ochilib ketdi. Kechagi kuchli 
shamol qorlarni uchirib, hamma o‘ngir va jarlarni qorga to‘ldirgan 
va tekislab ketgan edi. Bo‘ron va sovuqning shiddatidan bu qorlar 
shibbalanib, qalin qatqaloq hosil bo‘lgan edi. Ana shu qatqaloqdan 
va o‘ydim-chuqurlarni to‘ldirib tekislagan qorning qalinligidan Sul-
ton ustalik bilan foydalandi, Boburni barcha odamlari bilan tog‘ning 
narigi tomoniga boshlab ketdi. Yana kuni bo‘yi yo‘l yurib, kerak 
bo‘lganda qor tepib, kechki payt Yakkao‘lang* degan qishloqqa yetib 
bordilar. Bu turkiyzabon qishloq odamlari:
– Osmondan tushdilaringizmi? – deb hayron qolishdi: – Umrimiz 
bino bo‘lib qish chillasida bu dovondan tirik o‘tib kelgan shuncha ko‘p 
odamni ko‘rmagan edik! Yakkao‘langliklar Bobur va Qosimbekning 
oyog‘i tagiga qo‘ylar so‘yib, katta ziyofatlar berishdi.
Bir kecha dam olganlaridan so‘ng Sulton qaytib ketishga ruxsat 
so‘radi.

Bir o‘zingiz tog‘dan qanday o‘tasiz? – dedi Bobur.

Kelgan yo‘limiz hali bekilmagandir. Otlarim bor-ku.

Balki biz bilan qolursiz? Mamlakatning to‘rt tomoni tog‘. Bizga 
sizdekyo‘l ko‘rsatuvchi doim kerak.

Taklifingiz uchun tashakkur, hazrat shoh. Men sizdek mard 
podshohni umrimda birinchi ko‘rishim. Uyga qaytib, barcha pashoy-
ilarga sizning to‘g‘ringizda so‘zlab bermoqchiman. Xizmatingizga kel-
sam ham, yuz-ikki yuzta yigitlarni boshlab kelamen. Xudo hofiz!
Bobur xazinachiga buyurib, Sultonga kutganidan ham ortiq mu-
kofotlar berib jo‘natdi.
Kobulda ularni boshqa xavf-xatarlar kutmoqda edi. Fitnachi-
lar Boburni «Hirotda qatl 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə