Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari



Yüklə 52,5 Kb.
səhifə3/4
tarix15.09.2023
ölçüsü52,5 Kb.
#122013
1   2   3   4
Podsho Rossiyasi tomonidan O

«ixtiyori va hohishi bilan» rus davlati fuqaroligiga o‘tganligini jahonga namoyish qilishga urindi. Buxoro amiri Muzaffar Turkiya, Afg‘oniston va Turkmanlardan yordam suradi. O‘z vaqtida bu yordamlar berilmadi. Fon Kaufman Samarqand xalqiga aldov murojatnomasi yo‘llaydi. xalq shaharxokimi Sherali Inoq zulmidan ezilayotgan edi va ular bu hoqimni almashtirishni so‘rab amirga murojaat ham qilgan edilar. Ammo amir uni almashtirish o‘rniga, Sherali Inoqga yana ham ishonch bildira boshladi. Bundan g‘azablangan shahar oqsoqollari achchik ustiga rus gubernatoriga maktub yo‘llab, ularni o‘z panohiga olishni suraydi. Bu esa Kaufmanga juda kul keladi. U Turkiston harbiy okrugi qo‘shinlariga «Samarqand va Buxoro qo‘shin to‘plab guyo ruslar bunyod etgan tinchlikni buzmokda» degan mazmundagi soxta murojaatnoma yo‘llaydi. Fon Kaufman urush boshlab, Yangiqo‘rg‘onni eg‘allagach, 1868 yil 1 may kuni Cho‘ponota tepaligida Samarqand uchun hal kiluvchi jang bo‘ladi. 2 may kuni shaharning ayrim sotqinlari kuzatuvida Kaufman shaharga kirib boradi. Buxoro amiri uchun Samarqandning qo‘ldan ketishi og‘ir musibat edi. U qo‘shin tuplab Zirabuloqda ruslar bilan yana jang qiladi. Bu jangda ham ruslar xiyonat tufayli g‘alaba qiladi. (bu jangda amir qo‘shinidagi Usmon tuksabo xoinlik qilgan edi).
Bir oydan so‘ng rus qo‘shinlari Kattaqo‘rg‘onga yurish boshladi. 31 maydan 1 iyunga o‘tar kechasida Samarqandda ko‘zg‘olon ko‘tarildi. Bu xabar Kaufmanga yetgach, Zirabuloq yaqinida Buxoro amirligi qo‘shinlarini yengib, tezlik bilan Samarqandga qaytdi. 6 iyunda Samarqandni o‘qqa tutishga buyruq berdi. Qirg‘in 3 kun davom etdi. bo‘lib o‘tgan voqealarni o‘z ko‘zi bilan kurgan rassom V. Vereshchagin shunday deb yozgan edi. «Zobitlar qurshovida safar o‘rindig‘iga yastanib olgan janobi oliylari Konstantin Petrovich to‘xtovsiz papiros chekar va mutlaqo shavqatsiz oxangda: «Otib tashlansin, otib tashlansin, otib tashlansin, otib tashlansin» deb takrorlardi holos. Uchiga chiqqan maishatboz polkovnik Nazarov begunoh kishilarni qirish, ko‘hna machitlarni, noyob obidalarni yondirishda jonbozlik ko‘rsatib, o‘lja olingan bayroqni askarlariga paytava qilib ulashadi. V. Vereshchagin bu manzaralarni «xolisona» tasvirlab: «Qayerdan o‘tgan bo‘lsak, orkamizdan qora tutun burqsib ko‘tarilardi». «mashhur rassom», «Men osilgan, endi tanasi chiriy boshlagan jasadlarni chizganman» deydi. «Men bir mullavachchani minoradan uloktirganman», deb maqtanadi rassom. Samarqandda ko‘rsatgan «mardligi va jasurligi uchun» o‘z zamonasining eng oliy ordenlaridan biri 
Yüklə 52,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə