Pozitivizm nima?



Yüklə 20,33 Kb.
səhifə4/5
tarix31.12.2021
ölçüsü20,33 Kb.
#82320
1   2   3   4   5
Pozitivizm turlari

Positivizm va postpozitivizm kabi tushunchalar o'rtasidagi munosabatlar kuzatiladi. Ikkinchisi mantiqiy pozitivizmga tanqidiy javob sifatida paydo bo'ldi. Uning izdoshlari ilmiy ma'lumotlarning rivojlanishini o'rganish bilan shug'ullanadi va uning nisbiyligi mantiqiy. Comte'nin pozitivist izdoshlari K. Popper va T. Kuhndir. Ular nazariya haqiqati va uning tasdiqlanishi mutlaqo bir-biriga bog'liq emasligini va fanning ma'nosi uning tiliga zid emasligiga ishonishdi. Ushbu tendentsiyaning pozitivist izdoshi falsafaning metafizik va ilmiy bo'lmagan qismlarini istisno qilmaydi.



Psixologizm (sotsiologiyada) — sotsiologiyaning ayrim yoʻnalishlariga (G. Tard, Ch. Kuli, J. Mid, neofreydizm, strukturaviy-funksional maktab va boshqalarga) xos metodologiya usuli. P. ijtimoiy munosabatlarni va struk-turalarni psixologik maʼlumotlar, inson psixikasi xususiyatlari, odamlarning bevosita oʻzaro harakatlarini taxlil qilish asosida tushuntiradi. P. boʻyicha, psixologiya umuman butun falsafaning , uning barcha sohalari, xususan, mantiqning (V. Vundt va boshqa fikriga koʻra) asosi hisoblanadi. P. tarafdorlari birdan bir fan psixologiyadir, deb biladilar. Chunki, deb uktirishadi ular, barcha fanlarning obʼyekti fakat maʼlum usullar orqali bilingan sezgilar-dir. Bunday qarashni birinchi galda empiriokrititsizm va pozitivizm vakillari ilgari suradilar.

Neopozitivizm (neo... va pozitivizm) — 20-asr falsafasidagi asosiy yoʻnalishlardan biri. Pozitivizmning hozirgizamon shakli neopozitivizmga Vena toʻgaragi qatnashchilari M. Shlik, R. Karnap, O. Neyrat asos solgan. Neopozitivizmning Angliyada tarqalishida B. Rassel, L. Vitgenshteyn va boshqa katta oʻrin tutgan. Neopozitivizmning asosiy gʻoyalari empirizm va fenomenalizmta (J. Berkli, D.Yum) borib taqaladi.

Falsafaning dunyoqarash masalalarini nazariy bilish vositasi sifatidagi imkoniyatlarini rad etib, fanni falsafaga qarshi qoʻyadi. Bilimni (yoki ilmiy, falsafiy, ogʻzaki tilni) mantiqiy yoki lingvistik tahlil qilish uslubini ishlab chiqishni maqsad qilib olgan. Neopozitivizmning gʻoyalari Vena toʻgaragi faoliyatida oʻz ifodasini topdi, uning asosida mantiqiy pozitivizm vujudga keldi. Neopozitivizmni fan falsafasi (Ch. Morris, P. Brijmen), Shvepiyadagi Upsala maktabi va boshqa yoʻnalishlarning vakillari qoʻllabquvvatladilar. 1950-yillarda lingvistik falsafa katta nufuzga ega buldi. Fanning uslubiy ma-salalarini ishlab chiqishni daʼvo qilib, amalda ularni hal eta olmadi. Neopozitivizm namoyandalari hozirgi formal mantiq, semiotika va fan mantigʻi rivojida muayyan rol oʻynadi.



Empirizm bilim faqat shaxsiy tajriba ortidan olinishi mumkinligini uqtiruvchi epistemologiya yoʻnalishidir. Ratsionalizmdan farqli oʻlaroq kuchli subyektivizmga suyanadi.

Empirizm (yun. yetreta — tajriba) — falsafiy oqim; hissiy tajribani bilishning birdanbir manbai deb hisoblaydi. Ratsionalizmga qaramaqarshi turadi. Tajribani, hissiy bilishni mutlaqlashtirish, ratsional bilish (tushunchalar, nazariyalar) ahamiyatini pasaytirish empirizmga xos jihatlardir. Epirizm yaxlit gnoseologik konsepsiya sifatida 17—18-asrlarda shakllandi (F.Bekon, T.Gobbs, J.Lokk, J.Berkli, D.Yum); Empirizmning ayrim belgilarini pozitivizm, neopozitivizm (mantiqiy empirizm)da koʻrish mumkin. 19-asrda empirizmning asosiy vakili sifatida ingliz faydasufi E.S.Milltanildi. Hozirgi zamon fizikasi empirizmning mantiqiy yoʻnalishiga tayanadi.


Yüklə 20,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə